Navoiy viloyat DSENM
/ / DSENM vazifalari
/ / DSENM vazifalari

    DSENM vazifalari


     

     

    Viloyat DSENM oldiga quyilgan burchlariga asosan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

    Navoiy viloyat DSENM shahar va tuman DSENMlari faoliyati ustidan tashkiliy-uslubiy markaz hisoblanadi. Davlat sanitariya nazorati olib borishda yuzaga kelgan ayrim muammo va kelishmovchiliklarini arbitraj yoli bilan yuridik qonun va hujjatlarga tayanib hal qiladi.

    Idoralar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar qaysi idoraga boysunishdan qatiy nazar va alohida shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari va gigienik meyorlarga rioya etishlari ustidan ogohlantirunchi va joriy davlat sanitariya nazorati olib boradi.

    Sanitariya-gigienik, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarini otkazilishi ustidan davlat sanitariya nazoratini olib boradi.

    Toksiko-gigienik ekspertizalarni sanitariya, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya, radiologiya laboratoriyalari va tajriba tekshirishlari yordamida otkazadi.

    Viloyat epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasiga, viloyat hokimligi sogliqni saqlash boshqarmasi hayat yigilishiga va sanitariya epidemiologiya kengashlariga muhokama qilish uchun malumotlarini tayyorlaydi va qabul qilingan qarorlarni bajarilishi ustidan nazorat qiladi.

    Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini olib borish jarayonida yangi usul, ish tajribalarini (jumladan, chet Davlatlar ish tajribalarini) umumlashtiradi va amalga tadbiq etadi.

    Aholini sanitariya-epidemiologik barqarorligini taminlashda DSENM labortoriyalarida metrologiya va standartizatsiya talablariga rioya qilishi ustidan nazorat olib borish uslublari va shakllarini takomillashtirib boradi. Laboratoriya kompleksini attestatsiyadan otkazadi va akkreditatsiyaga tayyorlaydi.

    Viloyat hududiga olib kelinayotgan va olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni tekshirib, gigienik xulosa beradi.

    Sanitariya-epidemiologiya muassasalarini moddiy-texnika taminoti darajasini mustahkamlash yuzasidan ish olib boradi, hamda amaliy yordam beradi.

    Dermografik korsatkichlar, ota muhim ommaviy, yuqumli, parazitar va kasb kasalliklari korsatkichlari, ovqatdan zaharlanish holatlari, viloyatning sanitariya epidemiologik holati, hamda radiatsiya vaziyati boyicha monitoring asosida ish tashkil etadi, aholi salomatligi holatini va tashqi muhitning xavfli antropogen tasirlarini baholaydi, sogliqni saqlash vazirligi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshkarmasini, Respublika DSENMni, viloyat hokimligi va viloyat sogliqni saqlash boshqarmasini viloyatdagi vaziyatlar togrisidagi axborot bilan taminlaydi.

    Xalq xojaligi obektlarida aholi salomatligiga xavf soluvchi noqulay texnogen omillarni oldini olish, bartaraf etish (kamaytirish)ga qaratilgan sanitariya-profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning otkazilishini nazorat qiladi.

    Tabiiy ofat va avariyalar sodir bolganda ishlab chiqarish korxonalarida, temir yul, havo, avtomobil transportlari va xalq xojaligining boshqa sohalarida aholi salomatligining muhofazasi boyicha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil qiladi va otkazilishida ishtirok etadi.

    Sanitariya-profilaktika muassasalari xodimlarining ish joylarida, orta va oliy oquv yurtlarida hamda ilmiy markazlarda uzluksiz malaka oshirishini hamda ixtisoslik olishini taminlaydi.

    Viloyatdagi DSENMlarni va boshqa tibbiyot muasasalarini zarur bolgan jihozlar, labortoriya apparatlari, idishlari, asbob-uskunalari, hamda vaksinalar, bakteriologik va virusologik preparatlar, diagnostikumlar, ozuqa muhitlari bilan taminlanishini muvofiklashtirib turadi.

    Viloyat boyicha virusologik va bakteriologik preparatlarga bolgan ehtiyojini organadi va budjet hisobiga olish uchun buyurtma tuzilishini taminlaydi.

    Tabiiy ofatlar, avariyalar va h.k. natijasida sodir bolishi mumkin bolgan noxush epidemiologik holatlarni oldini olish uchun diagnostikumlar, virusli va bakteriologik preparatlar, kimyoviy reaktivlarning jamgarilgan zahirasini bolishini taminlaydi.

    Sanitariya-epidemiologiya masalalari boyicha aholidan kelayotgan xat, shikoyat, ariza va takliflarni oz vakolati doirasida belgilangan tartibda korib chiqadi, ularning kelib chiqish sabablarini organadi va bartaraf etish tadbirlarini amalga oshiradi.

    Sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni otkazish, atrof-muhitni soglomlashtirish, aholini gigienik saviyasini oshirish, yuqumli va umumiy kasalliklarni kamaytirishda atrof muhit omillarini inson salomatligiga tasirini organish, aholi orasida imunoprofilaktika ishlarini olib borish va ularning samaradorligini organish, xalq istemol mollarini ishlab chiqarish hamda istemol qilishda inson salomatligiga xavfsizligini taminlash uchun tegishli xulosalar beradi.

    Quyidagi hollarda ogohlantirunchi davlat sanitariya nazorati otkazadi:

    a) Qurilish uchun yer maydonlari ajratishda, xalq xojaligi obektlarini loyihalash, qurish va ularni qayta qurib, hamda qayta jihozlash davrida amaldagi qonuniy va meyoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish uchun;

    b) Yangi qurilgan, qayta qurilgan va qayta jixozlangan korxonalarni foydalanishga topshirishda amaldagi qonuniy va meyoriy hujjatlarga amal qilinganligi ustidan nazorat qilish uchun;

    v) Oziq-ovqat mahsulotlari xom ashyosi, kimyoviy polimer materiallardan ishlab chiqarilgan asbob-uskunalarni, uy rozgor buyumlarini shaxsiy gigiena va sanitariya-texnika uskunalarini, kiyim va shunga oxshash aholi ehtiyoji uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati ustidan nazorat kilishda ogohlantiruvchi davlat sanitariya nazorati otkazadi.
     

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79) 2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: navdsenm@exat.uz; nv.vil.dsenm@ssv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 2203016

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish