Navoiy viloyat DSENM
/ / Vabo kasalligining tarifi, tarixi, geografik tarqalishi, etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisi, qiyosiy tashxisi, davolash usullari, profilaktikasi va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar
/ / Vabo kasalligining tarifi, tarixi, geografik tarqalishi, etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisi, qiyosiy tashxisi, davolash usullari, profilaktikasi va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar

    Vabo kasalligining tarifi, tarixi, geografik tarqalishi, etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisi, qiyosiy tashxisi, davolash usullari, profilaktikasi va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar


    Vabo kasalligining tarifi, tarixi, geografik tarqalishi, etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisi, qiyosiy tashxisi, davolash usullari, profilaktikasi va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar

    Tarifi. Vabo diareya, demineralizatsiya, degidratatsiya, metabolik atsidoz, gipovolemik karaxtlik, intoksikatsiya belgilari bilan kechadigan antroponoz otkir, ota xavfli yuqumli kasallik.
         Tarixi va geografik tarqalishi
    Gippokrat (460-377 yy. m.o.) va Galen (129-216 yy. m.o.) vabo kasalligiga oxshash kasallik togrisida yozib qoldirishgan.
    Vabo pandemiyalarining xronologik jadvali
    Pandemiya    
    yillar
        Qisqacha tavsifi
    I     1817-1829     Vabo ilk bor ozining tarixiy ochogi boshqa xududlarga tarqaldi. Vaboning tarqalishiga Angliyaning Orta SHarqdagi urushlari sabab boldi. Kasallik Arabiston, TSeylon, Yaponiya va Xitoyga tarqaldi. Songra Eron, Turkiya va Kavkazga yetib bordi. 1829 yilda vabo Rossiyada (Orenburg) qayd etildi.   
    II     1830-1837     Vabo Rossiya orqali Polshaga yetib bordi va Yevropada tarqaldi. Suv yollar orqali Kanada, SHimoliy Amerika va Avstraliyaga yetib bordi.
    III     1847-1861     Evropaga yangi kuch bilan qaytib, 1849 yilda Avstriya, Vengriya, Slovakiyani qamrab oldi. Faqatgina Galitsiyani ozida 107990 ta odam kasallanib, shulardan  42746 ushbu kasallikdan xalok boldi.
    IV     1863-1872     Dengiz yollarining rivojlanishi va temir yollarning kengayishi natijasida vabo tez va qisqa muddatda butun dunyoni qamrab oldi.  
    V     1883-1895     R.Kox tomonidan kasallik qozgatuvchisini aniqlanilishi profilaktikaning yangi uslublarini ishlab chiqarilishiga sabab boldi. Pandemiya faol holatda sanitar xolati qoniqarsiz bolgan - Rossiya, SHimoliy va Markaziy Amerika davlatlarida qayd etildi.
    VI    1900- 1927     Arabistonda boshlandi (Makka). Birinchi jaxon urushiga qadar kasallik sustlik bilan tarqala bordi. Garbiy yarimshar davlatlarida kasallik qayd etilmadi.
    VII     1961 yildan hozirgi vaqtgacha     Kasallik tarqalishini boshlanish joyi Indoneziya orollari hisoblanadi. 1961-1972 yillar mobaynida vaboning epidemik ochoqlari dunyoning 100 dan ortiq davlatlarini qamrab oldi.
    Kasallik  asosan epidemiya korinishida uchraydi. Endemik ochoqlar Afrika, Lotin Amerikasi, Hindiston va Janubiy SHarqiy Osiyoda joylashgan. 2012 yilda dunyo boyicha 722487 nafar odamlar kasallangan, shundan 9303 nafari vafot etishgan. Gaitida vabo kalligining  epidemiyasi kuzatilib, unda 57914 mingga yaqin odamlar kasallanib, 7418 nafari vafot etgan.
    Etiologiyasi.
    Vabo qozgatuvchilari quyidagilar hisoblanadi:
    Vibrio cholerae 01 classica
     Vibrio cholerae 01 Eltor
     Vibrio cholerae Bengal 0139
     Vibrio cholerae non 01
    Antigenlari:
    O-antigeni- somatik, termostabil
    N-antigeni- xivchinida buladigan termolabil antigen
    Quyidagi serologik variantlari farqlanadi:
        Ogava AV
        Inaba AS
        Gikoshima- AVS
    Vabo vibrionlari quyidagi  toksinlarni ishlab chiqaradi:
        Bakterial qobiq va xujayra toksinlari (endotoksinlar termostabil lipopolisaxaridlar)
        Xolerogen ekzotoksin
        Otkazish omili
        Gemolizinlar  (ekzotoksinlar)
    Vabo vibrionlari shaklan vergulga oxshaydi, spora va kapsula xosil qilmaydi.  Bitta baquvvat xivchini bor, ota harakatchan.Grammanfiy, ishqorli muhitda tez kopayadi.Fakultativ aerob. Tashki muhit tasiriga birmuncha chidamli bolib, ochiq suv havzalarida bir necha haftagacha yashaydi. Qaynatilgan vodoprovod suvida 1 soatgacha, kaynamaganida 40 soatgacha yashaydi. Gosht va sut mahsulotlarida, xol mevalarda 9 kungacha yashaydi. Qaynatilganda, quyosh nuri tasirida, dezinfektsiyalovchi moddalar tasirida tezda halok boladi.
    El-Tor vibrioni tashqi muhitga chidamlidir.
    Bengal 0139 vibrioni kuchli toksin ishlab chiqaradi, antibiotikka chidamli, bu vibrionlar sabab bolgan kasallik ogir kechadi.
      EPIDEMIOLOGIYaSI
    Vabo kasalligi tipik  antroponoz
    Infektsiya manbai
    Vabo bilan kasallangan bemorlar
    Rekonvalestsent bakteriya tashuvchilar
    Soglom bakteriya tashuvchilar
    Tashqi muhit ( suv)
    Yuqish mexanizmi - fekal-oral
    Infektsiyani tarqalish yollari:
        Suv
        Oziq-ovqat
        Maishiy - muloqot
        Aralash
    Patogenezi.
    Rasm. Vabo ekzotoksini tasirida ichak shirasi sekretsiyasini kuchayishini patogenetik mexanizmi
    IMMUNITET
    Tipospetsifik
    Etarli darajada mustaxkam
    Kamdan-kam hollarda kaytadan kasallanish mumkin
    Vabo tasnifi (I.K. Musaboev 1990 yil)
    Klinik shakllari    Oqibat  va asoratlari
    Gastritik    
    A)    Yaqqol gastritik belgilar va umumiy ogir intoksikatsiya bilan     Sogayish
    Olim bilan tugaydi
    Asoratlari organilmagan
    B)    Yaqqol gastritik belgilar va ortacha intoksikatsiya bilan    Sogayish
    Asoratlari organilmagan
    V)    Kam ifodalangan gastritik belgilar bilan    
                   Enteritik    
    A)    Yaqqol enterit belgilari va umumiy ogir intoksikatsiya bilan    Sogayish
    Olim bilan tugaydi
    Vibriontashuvchanlik  
    B)    Yaqqol enterit belgilari va kuchsiz intoksikatsiya  bilan    Ichki azolarda qoldiq ozgarishlar (xoletsistit, xolangit, gepatit, yurakda distrofik ozgarishlar)
    V)    Kam ifodalangan enteritik belgilar bilan    
    Gastroenteritik    Ratsional davolanganda bu ozgarishlar yuzaga kelmaydi
    Sogayish,
     vibriontashuvchanlik
    A)    Yaqqol gastroenterit belgilari va ogir intoksikatsiya  bilan
        Sogayish
    Olim bilan tugaydi
    Asorati: gepatit, xoletsistit, xolangit, yurakdagi distrofik ozgarishlar
    B)    Yaqqol gastroenterit belgilari va kuchsiz intoksikatsiya     
        Algid    
    A)    Yaqqol asfiksiya belgilari bilan    Sogayish
    Olim bilan tugaydi
    Asorati: gepatit, xoletsistit, xolangit, yurakda distrofik ozgarishlar, nefrozlar, nevrologik ozgarishlar
    B)    Kam ifodalangan asfiksiya belgilari bilan    
    Quruq vabo    
    Vaboning yashin tezligida kechuvchi shakli
        Kopincha olim bilan tugaydi
    Vaboning boshqa infektsiyalar bilan birga kechishi (mikst)    
    Asoratli-ich terlama turi    
    Klinikasi
    Vaboning yashirin davr bir necha soatdan  5 kungacha davom etishi mumkin, ortacha 2-3 kun.Kasallik otkir boshlanadi. Birinchi klinik simptomi ich ketishdir. Vabo bilan kasallangan bemorning najasi suvsimon, loyqasimon oq suyuqlik bolib, unda quyqalar suzib yuradi, tashqi korinishdan guruch suvini eslatib, hidsiz boladi.Ich ketish soni kasallikning kechish ogirligiga bogliq (kuniga 3-5 mahal yoki sanoqsiz). Bemor qayta, kop miqdorda qusadi, qorinda ogriqlar xarakterli emas,qorin dam bolishi va ichaklar parezi kuzatilishi mumkin.
    Vaboning ogir shakllarida tana harorati 36S dan pastga tushib ketadi. Teri qoplamlari kokimtir, turgor pasayadi. Ovoz yoqoladi. Taxikardiya, yurak tonlarining tomtoqlanishi, qon bosimining pasayishi kuzatiladi. Ogir hollarda oliguriya, anuriya aniqlaniladi.
    Suvsizlanish darajalari (V.I. Pokrovskiy boyicha)
        I tana vaznini 1-3% yoqolishi
        II tana vaznini 4-6% yoqolishi
        III tana vaznini 7-9% yoqolishi
        IV tana vaznini 9% dan ortiq yoqolishi
    Vaboning ogir kechishida III yoki IV darajada suvsizlanish rivojlanishi mumkin.
    Vaboning asoratlari
        Gipovolemik shok.
        Abstsesslar, flegmonalar, sepsislar, pnevmoniya.
        Kardiogen shok.
        Astenik sindrom, polinevrit, entsefalit, dientsefalit sindromlari.
        Otkir buyrak yetishmovchiligi va uremik holat.
        Ortiqcha natriy bikarbonat yuborish natijasida tetonik holat kuzatilishi.
        Miya shishi, gipoglikemiya, opka shishi.
        Ichak parezi (kopincha yosh bolalarda).
        Ayollarda homila tashlash, yoldoshni ajralishi.
        Ayrim hollarda pirogen reaktsiya kuzatilishi.
        Opka shishi odatda suyuqliklarni vena orqali kop yuborilganda kelib chiqadi. Bu orinda metabolik atsidozni togri davolamaslik xam axamiyatga ega. Metabolik atsidoz kopincha bemorlarni ORS dan foydalanmasdan, faqat fiziologik eritma bilan davolanganda kelib chiqadi. ORS suyuqliklari xech qachon opka shishini keltirib chiqarmaydi.  
    Buyrak yetishmovchiligi odatda kam suyuqlik yuborilganda, shok xolati oz vaqtida bartaraf etilmaganda va 60 yoshdan katta shaxslarda kelib chiqadi. Buyrak yetishmovchiligi ogir suvsizlanish tezda bartaraf etilganda va gidratatsiya talab asoslarida amalga oshirilganida kelib chiqmaydi.
    Oqibati
    Oz vaqtida togri tashxis qoyib adekvat muolaja olib borilsa, 93-99% hollarda sogayish bilan; 1-7% hollarda olim bilan yakunlanadi.
    Tashxisoti. Vabo tashxisi epidemiologik, anamnestik klinik malumotlarga va otkazilgan laboratoriya natijalariga asoslangan holda qoyiladi.
    Vabo diagnostika usullari
        Bakteriologik
        Serologik (agglyutinatsiya reaktsiyasi, qonda vibriotsit antitelolar miqdorini aniqlash)
        Ekspress metodlar (lyuminestsent mikroskopiya, eritrotsitar antigen diagnostikum bilan bilvosita gemaglyutsinatsiya reaktsiyasi)
        Molekulyar-genetik usullar (Polimeraza zanjir reaktsiyasi)
    Vaboning qiyosiy tashxisi
    Vabo kasalligi quyidagi kasalliklar bilan differentsiatsiya qilinadi.
    Ovqat toksikoinfektsiyalari.
    Salmonellezlarni ochoqli shakli.
    Otkir gastroenteritlar.
    Banal enteritlar.
    Bakterial dizenteriya.
    Virusli diareya.
    Kimyoviy zaharlardan zaharlanish.
    Ovqat toksikoinfektsiyalarida vabodan farq qilib, yashirin davr juda qisqa (30 min. dan 1 necha soatgacha ), qorinda ogriqlar kuzatiladi, subfebrilitet bolishi mumkin. Vaboda kuzatiladigan afoniya, anuriya, nafas buzilishi, qon quyulishi, metabolitik atsidoz xarakterli emas.
    Margumush (mishyak) preparatlari bilan zaxarlanganda yashirish davr  1-3 soat davom etadi. Ogir hollarda qorinda kuchli ogriq, ich ketishning tezlashishi va qusish, boldirsimon mushaklarda tirishishlar kelib chiqadi. Tana xaroratining tushib ketishi xarakterlidir. Olim xollari qabul qilingan zaharning miqdoriga bogliq (3-10 kunlari). Qiyosiy tashxisda mishyak bilan zararlangan oziq ovqat mahsulotlarini istemol qilish, najasni bakteriologik, maxsulotlarni esa kimyoviy tekshiruv natijalari ahamiyatga ega. SHunday ozgarishlar simob va yadoximikatlar bilan otkir zaharlanishda ham kuzatilishi mumkin.
    Davolash
    Vaboni davolashda qollaniladigan tuzli eritmalar
        Trisol
        Disol
        Kvartasol
        Atsesol
        Xlosol
        Laktasol
    Diareya toxtagunga qadar ogir suvsizlanish kuzatilgan bemorlarda yoqotilgan suyuqliklarni qoplash uchun gidratatsiyani davom ettirish: Bemorni ahvoli unga vena yoki ogiz orqali regidratatsiya tayinlangandan song qayta baholanganda degidratatsiya alomatlari saqlangan bolsa ORS eritmalarini berishni davom ettirish kerak. Maqsad- ich ketish oqibatida yoqotilgan suyuqlik miqdorini ekvivalent ORS lar hisobiga qoplash.
    Vaboda qollaniladigan antibiotiklar: doksitsiklin, tetratsiklin furazolidon, trimetoprim va tsiprofloksatsin.
    PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIYAGA QARSHI CHORA TADBIRLAR
        Respublikamizda vabo kasalligining oldini olish ikki yonalishda olib boriladi.
        Birinchisi-kasallikni hududimizga chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish, ikkichisi-kasallikni mahalliy holat sifatida qayd etilishiga yol qoymaslik.
        Vabo kasalligini hududimiga chetdan, ayniqsa vabo boyicha endemik davlatlar hududlaridan kirib kelishining oldini olish uchun respublikamizning boshqa qoshni davlatlar chegaralarini kesish joylarida, shuningdek havo, avtomobil, temir yollari vokzallarida sanitariya nazorat punktlari tashkil etilgan.
        Bu sanitariya nazorat punktlarida vaboga chalingan yoki gumon qilingan bemorlarni aniqlash, ularni vaqtinchalik alohidalash hamda birlamchi chora-tadbirlarni otkazish uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan.
        Vabo va boshqa ota xavfli yuqumli kasalliklarning muhofazasini taminlashda tashkiliy tadbirlar va kadrlarni tayyorlash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada havo, avtomobil va temir yollari, chegaralardagi sanitariya nazorat punktlari, chet elliklarni qabul qiladigan mehmonxonalar xodimlarini ota xavfli yuqumli kasalliklar boyicha maxsus tayyorgarlikdan otkazish, bu kasalliklarni respublikamiz hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olishda alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
        Bundan tashqari, barcha davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlarini har yili ota xavfli yuqumli kasalliklar boyicha ham nazariy, ham amaliy jihatdan tayyorlab borishning ahamiyati juda katta.
        Vabo kasalligi profilaktikasida aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash, oqava suvlarni zarasizlantirish, oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda sanitariya-gigiena qoida va talablariga qatiy ravishda amal qilish tadbirlarining ahamiyati katta. Epidemiologik mavsumda vabo vimbrionlariga tekshirish maqsadida hduddagi ochiq suv manbalari qayta hisobga olinib, ularning sanitariya pasportlari tuzilishi, suv namunalarini tekshiriladian "nuqtalar belgilanishi, shu belgilangan "nuqtalardan jadval asosida suv namunalari olinib vabo vibrinlariga tekshirib borish kerak.
        Epidemiologik jihatdan xavfli hisoblangan davlatlardan kelayotgan sayyohlar va boshqalar, oziq-ovqat mahsulotlari ustidan tibbiy-sanitariya nazoratini kuchaytirish.
        Otkir yuqumli ichak kasalliklari korsatkichlari yuqori bolganida, tezda sababini aniqlash, vabo kasalligiga gumon qilinganda va undan vafot etganlar aniqlanganda 100 foiz bakteriologik vabo vibrionlariga tekshirish.
        Epidemiologik ochoqni qamrab olish va soglomlashtirish tadbirlarini otkazish.
        Vabo kasalligiga gumon qilingan kasallik ochogida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tezkor reja asosida otkazishni taminlash.
        Bemorni alohidalash (izolyatsiya) va shifoxonaga yotqizish.
        Bemor bilan muloqotda bolganlarni aniqlash (topish), ularni alohidalash (izolyatorda) va shoshilinch profilaktik tadbirlarni otkazish.
        Vaboga gumon qilingan bemorlarni provizor gospitalga yotqizish .Dezinfektsiya tadbirlarini otkazish.
    Aholi ortasida shoshilinch profilaktika otkazish.
    Aholini tibbiy kuzatuv ostiga olish.
        Sanitariya-targibot ishlarini tashkillashtirish va otkazish.
    Vabo kasalligiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bolganlarga antibiotiklar yordamida shoshilinch profilaktika otkazish lozim.
        SHoshilinch profilaktika quyidagi kontingentlar qamrab olinadi: bemorlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda bolganlar; observatsiya uchun yotqizilganlar (epid korsatma asosida);
    Kasallik yuqish xavfi yuqori bolgan aholi punkti.
        Vabo kasalligida barcha tadbirlar hukumat darajasida tashkillashtiriladi va amalga oshiriladi.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
26 sentyabr

25 sentyabr

. . .

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish