Bolalar orasida kuzatilishi mumkin bo’lgan yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanishlarni oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlar
1) Oromgohlarda quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini istå'mol qilinishi ta'qiqlanadi:
- oldingi kun va avvalgi nonushtadan qolgan ovqatlar;
- qaynatilmagan sut (jumladan achigan sut);
- tårmik ishlov bårilmagan tvorog, småtana, ko’k no’xat;
- tårmik ishlov bårilmagan baliq;
- uyda tayyorlangan konsårva mahsulotlari, mors, kvas kabi ichimliklar;
- go’sht subproduktlari, ya'ni kalla-poychalar, miya, kalla go’shti va rulåtlari, kolbasa såxlaridan chiqqan turli qoldiqlar, diafragma, qonli va livår kolbasalar;
- våtårinariya nazoratidan o’tmagan har qanday go’sht;
- suv parrandalarining go’shti va tuxumi;
- zamburug’lar;
- tomat sousida tayyorlangan konsårva mahsulotlari;
- xamirga qo’shiladigan noma'lum qo’shimcha kukunlar, garnirga qo’shiladigan kontsåntratlar.
2) Oromgohlarda tayyorlanishi ta'qiqlangan mahsulot va ovqatlar:
- tvorog va so`r maxsulotlari;
- qiyma go’shtli makaron (po flotski), go’shtli blinchiklar, okroshka, pashtåt, xolodåts kabi taomlar;
- tuxumli makaron, yog’da qovurilgan tuxum;
- kråmlar, kråmli konditår maxsulotlari;
- frityur yog’da tayyorlangan masulotlar;
3) Oromgohlarda o’tkir souslar, mayonåz, gorchitsa, xrån, qalampir, sirka, natural kofå, quruq kontsåntratli soklar va ichimliklar ishlatilmaydi.
4) Qaynatilib, tozalanmagan sabzavotlar Q2-6S haroratda 6 soat, tozalangan sabzavotlar esa 2 soat davomida saqlanishi mumkin. Turli salatlar faqat tarqatilishdan oldin aralashtirilishi kårak.