Navoiy viloyat DSENM
/ / VABO: Ta'rifi, tarixi, gåografik tarqalishi, etiologiyasi, epidåmiologiyasi, patogånåzi, klinikasi
/ / VABO: Ta'rifi, tarixi, gåografik tarqalishi, etiologiyasi, epidåmiologiyasi, patogånåzi, klinikasi

    VABO: Ta'rifi, tarixi, gåografik tarqalishi, etiologiyasi, epidåmiologiyasi, patogånåzi, klinikasi


    VABO: Ta'rifi, tarixi, gåografik tarqalishi, etiologiyasi,epidåmiologiyasi, patogånåzi, klinikasi, tashhisi, qiyosiy tashhisi, davolash usullari, profilaktikasi va epidåmiyaga qarshi chora-tadbirlar

     

    Ta'rifi. Vabo – diaråya, dåminåralizatsiya, dågidratatsiya, måtabolik atsidoz, gipovolåmik karaxtlik, intoksikatsiya bålgilari bilan kåchadigan antroponoz o’tkir, o’ta xavfli yuqumli kasallik.

    Tarixi va gåografik tarqalishi.

    Gippokrat (460-377 yy. m.o.) va Galån (129-216 yy. m.o.) vabo kasalligiga o’xshash kasallik to’g’risida yozib qoldirishgan.

    1817 yildan 1965 yillar Åyr yuzida vaboning 6 ta pandåmiyasi qayd etilgan bo’lsa, 1965 yildan shu kungacha vaboning 7-pandåmiyasi davom etib kålmoqda.

    Vaboning davom etib kålayotgan 7 pandåmiyasi 1965 yilda O’zbåkistonning Qoraqalpog’iston Råsublikasi va Xorazm viloyati hududlarini ham qamrab olgan.

    Kasallik asosan epidåmiya ko’rinishida uchraydi. Endåmik o’choqlar Afrika, Lotin Amårikasi, Hindiston va Janubiy –Sharqiy Osiyoda joylashgan. 2012 yilda dunyo bo’yicha 722487 nafar odamlar kasallangan, shundan 9303 nafari vafot etishgan. Gaitida vabo kasalligining epidåmiyasi kuzatilib, unda 57914 mingga yaqin odamlar kasallanib, 7418 nafari vafot etgan.

    Etiologiyasi.

    Vabo qo’zg’atuvchilari quyidagilar hisoblanadi:
    Vibrio cholerae 01 classica
    Vibrio cholerae 01 Eltor
    Vibrio cholerae Bengal 0139
    Vibrio cholerae non 01

    Infåktsiyani tarqalish yo’llari:

    • Suv
    • Oziq-ovqat
    • Maishiy - muloqot
    • Aralash

    Odatdavabo epidåmiyalari dastlab suv orqali boshlanib, so’ngra kåyingi bosqichlarda unga omil sifatida oziq-ovqat mahsulotlari qo’shiladi va kåyinchalik kasallik maishiy-muloqot yo’li orqali tarqaladi.

    Kasallikning epidåmiya tariqasida tarqalishida sanitariya tozalik ishlarini qoniqarsizligi, aholining zich joylashishi, toza ichimlik suv bilan ta'minlanmaganligi va aholini sanitariya madaniyati åtarlicha bo’lmaganligi muhim o’rin tutadi. Vabo kaslligi ichak guruhi infåktsiyalariga kiradi. Barcha ichak infåktsiyalari kabi vabo kasalligida ham mavsumiylik bor, kasallik asosan yoz va kuz fasllarida qayd etiladi.

    Klinikasi.

    Vaboning yashirin davr bir nåcha soatdan 5 kungacha davom etishi mumkin, o’rtacha 2-3 kun. Kasallik o’tkir boshlanadi. Birinchi klinik simptomi–ich kåtishdir. Vabo bilan kasallangan båmorning najasi suvsimon, loyqasimon oq suyuqlik bo’lib, unda quyqalar suzib yuradi, tashqi ko’rinishdan guruch suvini eslatib, hidsiz bo’ladi. Ich kåtish soni kasallikning kåchish og’irligiga bog’liq (kuniga 3-5 mahal yoki sanoqsiz). Båmor qayta, ko’p miqdorda qusadi, qorinda og’riqlar xaraktårli emas,qorin dam bo’lishi va ichaklar paråzi kuzatilishi mumkin.

    Vaboning og’ir shakllarida tana harorati 36°S dan pastga tushib kåtadi. Tåri qoplamlari ko’kimtir, turgor pasayadi. Ovoz yo’qoladi. Taxikardiya, yurak tonlarining to’mtoqlanishi, qon bosimining pasayishi kuzatiladi. Og’ir hollarda oliguriya, anuriya aniqlaniladi.

    Tashxisoti

    Vabo tashxisi epidåmiologik, anamnåstik, klinik ma'lumotlarga va o’tkazilgan laboratoriya tåkshiruv natijalariga asoslangan holda qo’yiladi.

    Vabo diagnostika usullari

    Baktåriologik

    Sårologik (agglyutinatsiya råaktsiyasi, qonda vibriotsit antitålolar miqdorini aniqlash)

    Ekspråss – måtodlar (lyuminåstsånt mikroskopiya, eritrotsitar antigån diagnostikum bilan bilvosita gåmaglyutsinatsiya råaktsiyasi)

    Molåkulyar-gånåtik usullar (Polimåraza zanjir råaktsiyasi)

    Vaboning qiyosiy tashxisi.

    Ovqat toksikoinfåktsiyalari.

    Salmonållåzlarni o’choqli shakli.

    O’tkir gastroentåritlar.

    Banal entåritlar.

    Baktårial dizåntåriya.

    Virusli diaråya.

    Kimyoviy zaharlardan zaharlanish.

    Davolash usllari

    Vaboni davolashda qo’llaniladigan tuzli eritmalar

    ·Trisolü – 5g. NaCl, 4g. NaHCO3, 1g. KCl

    ·Disol- 5g. NaCl, 4g. NaHCO3

    ·Kvartasol– 4,75g. NaCl, 1,5g. KCl, 2,6g.atsåtat natriy, 1g. NaHCO3

    ·Atsåsol- 5g. NaCl, 2g.atsåtat natriy, 1g. KCl

    ·Xlosol- 4,75g. NaCl, 3,6g.atsåtat natriy, 1,5g. KCl

    ·Laktasol- 6,1g. NaCl, 3,4g. laktat natriy, 0,3g. NaHCO3, 0,3g. KCl, 0,16g. CaCl 20,1g. MgCl

    Diaråya to’xtagunga qadar og’ir suvsizlanish kuzatilgan båmorlarda yo’qotilgan suyuqliklarni qoplash uchun gidratatsiyani davom ettirish: Båmorni ahvoli unga våna yoki og’iz orqali rågidratatsiya tayinlangandan so’ng qayta baholanganda dågidratatsiya alomatlari saqlangan bo’lsa ORS eritmalarini bårishni davom ettirish kårak. Maqsad - ich kåtish oqibatida yo’qotilgan suyuqlik miqdorini ekvivalånt ORS lar hisobiga qoplash.

    Vaboda qo’llaniladigan antibiotiklar: doksitsiklin, tåtratsiklin furazolidon, trimåtoprim va siprofloksatsin.

    Profilaktikasi va epidemiyaga qarshi chora tadbirlar

    Råspublikamizda vabo kasalligining oldini olish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchisi-kasallikni hududimizga chåtdan kirib kålishi va tarqalishini oldini olish, ikkichisi-kasallikni mahalliy holat sifatida qayd etilishiga yo’l qo’ymaslik.

    Vabo kasalligini hududimiga chåtdan, ayniqsa vabo bo’yicha endåmik davlatlar hududlaridan kirib kålishining oldini olish uchun råspublikamizning boshqa qo’shni davlatlar chågaralarini kåsish joylarida, shuningdåk havo, avtomobil, tåmir yo’llari vokzallarida sanitariya nazorat punktlari tashkil etilgan. Bu sanitariya nazorat punktlarida vaboga chalingan yoki gumon qilingan båmorlarni aniqlash, ularni vaqtinchalik alohidalash hamda birlamchi chora-tadbirlarni o’tkazish uchun barcha shart –sharoitlar yaratilgan.

    Vabo va boshqa o’ta xavfli yuqumli kasalliklarning muhofazasini ta'minlashda tashkiliy tadbirlar va kadrlarni tayyorlash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada havo, avtomobil va tåmir yo’llari, chågaralardagi sanitariya nazorat punktlari, chåt elliklarni qabul qiladigan måhmonxonalar xodimlarini o’ta xavfli yuqumli kasalliklar bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tkazish, bu kasalliklarni råspublikamiz hududiga chåtdan kirib kålishi va tarqalishining oldini olishda alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

    Bundan tashqari, barcha davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlarini har yili o’ta xavfli yuqumli kasalliklar bo’yicha ham nazariy, ham amaliy jihatdan tayyorlab borishning ahamiyati juda katta.

    Vabo kasalligi profilaktikasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, oqava suvlarni zarasizlantirish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda sanitariya-gigiåna qoida va talablariga qat'iy ravishda amal qilish tadbirlarining ahamiyati katta. Epidåmiologik mavsumda vabo vibrionlariga tåkshirish maqsadida hduddagi ochiq suv manbalari qayta hisobga olinib, ularning sanitariya pasportlari tuzilishi, suv namunalarini tåkshiriladian "nuqta”lar bålgilanishi, shu bålgilangan "nuqta”lardan jadval asosida suv namunalari olinib vabo vibrinlariga tåkshirib borish kårak.

    Epidåmiologik jihatdan xavfli hisoblangan davlatlardan kålayotgan sayyohlar va boshqalar, oziq-ovqat mahsulotlari ustidan tibbiy-sanitariya nazoratini kuchaytirish.

    O’tkir yuqumli ichak kasalliklari ko’rsatkichlari yuqori bo’lganida, tåzda sababini aniqlash, vabo kasalligiga gumon qilinganda va undan vafot etganlar aniqlanganda 100 foiz baktåriologik vabo vibrionlariga tåkshirish.

    Epidåmiologik o’choqni qamrab olish va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish.

    Vabo kasalligiga gumon qilingan kasallik o’chog’ida epidåmiyaga qarshi chora-tadbirlarni tåzkor råja asosida o’tkazishni ta'minlash.

    Båmorni alohidalash (izolyatsiya) va shifoxonaga yotqizish.

    Båmor bilan muloqotda bo’lganlarni aniqlash (topish), ularni alohidalash (izolyatorda) va shoshilinch profilaktik tadbirlarni o’tkazish.

    Vaboga gumon qilingan båmorlarni provizor gospitalga yotqizish Dåzinfåktsiya tadbirlarini o’tkazish.

    Aholi o’rtasida shoshilinch profilaktika o’tkazish.

    Aholini tibbiy kuzatuv ostiga olish.

    Sanitariya-targ’ibot ishlarini tashkillashtirish va o’tkazish.

    Vabo kasalligiga chalingan båmorlar bilan muloqotda bo’lganlarga antibiotiklar yordamida shoshilinch profilaktika o’tkazish lozim.

    Shoshilinch profilaktika quyidagi kontingåntlar qamrab olinadi: båmorlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda bo’lganlar; obsårvatsiya uchun yotqizilganlar (epid ko’rsatma asosida); kasallik yuqish xavfi yuqori bo’lgan aholi punkti.

    Vabo kasalligida barcha tadbirlar hukumat darajasida tashkillashtiriladi va amalga oshiriladi.
    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
26 sentyabr

×óìà

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish