Navoiy viloyat DSENM
/ / Virusli gepatit A kasalligidan ogoh boling!
/ / Virusli gepatit A kasalligidan ogoh boling!

    Virusli gepatit A kasalligidan ogoh boling!


    Virusli gepatit "A kasalligidan ogoh boling!

    Virusli gepatit "A otkir yuqumli antropanoz kasallik bolib, kasallikning qozgatuvchisi viruslardir. Kasallik jigar faoliyatining buzulishi va organizmda umumiy zaharlanish alomatlari bilan kechadi. Sargayish belgisi bilan kechadigan kasalliklar aholiga qadimdan malum bolib, bu kasalliklar togrisidagi birinchi malumotlar Gippokratning ilmiy asarlarida bayon qilingan.

    Virusli gepatit "A virusi oz xususiyatlariga kora enteroviruslar turiga, pikornaviruslar oilasiga mansubdir. Virusli gepatit "A virusi antigenlik nuqtai nazaridan gomogen bolib, oziga xos yagona antigen saqlaydi. Bu antigen kuchli immunogenlik xususiyatiga ega.

    Virusning yuqori harorat, kislotalar, efirlar, dezinfektsiyalovchi vositalarga chidamliligi uning tashqi muhitda uzoq muddat saqlanib qolishini taminlaydi, ayniqsa past haroratda virus bir necha oy, hattoki yillab saqlanishi mumkin. Virusli gepatit "A kasalligining asosiy manbai bemor odam hisoblanadi. Bemorlar najasida antigenlarini yuqori sezgirlikdagi immunoferment analizi usullari bilan sariqlik paydo bolishidan 12-14 kun oldin va sariqlik paydo bolgach yana 3 hafta mobaynida aniqlash mumkin. Virusning eng yuqori miqdori bemor najasida yashirin davr oxiri va butun sariqlik oldi davrida kuzatiladi. Bu paytda virusni 100% bemorlarda aniqlash mumkin. Sariqlikning 1-haftasida 50%, 2-haftasida 20% va3-haftasida 5% bemorda virus aniqlanadi, 4-haftasida virusli gepatit "A-antigeni kamdan-kam hollarda topiladi. Infektsiya manbai sifatida sariqlik oldi davridagi bemorlar hamda "A gepatitning simptomsiz shakli bilan ogriganlar eng kata xavf tudirishadi.

    Organizmga tushgan qozgatuvchi miqdoriga qarab, virusli gepatit "A kasalligining yashirin davri 15 kundan 50 kungacha bolishi mumkin, ortacha 25-30 kunni tashkil etadi. Virusli gepatit "A kasalligi asosan ogiz orqali yuqadi, yani ifloslangan suv, oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy-muloqat orqali yuqadi. Kopchilik hollarda suv yoli asosiy yuqish yoli bolib xizmat qiladi. Oziq-ovqat yoli bilan zararlanish otkir va aksariyat hollarda surunkali tusda amalga oshadi. Bu yol bilan yuqishda termik ishlov berilmaydigan turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlar, meva-sabzavotlar, kokatlar, poliz mahsulotlari, sharbatlar asosiy yuqtirish omillari hisoblanadi. Virusli gepatit "A kasalligining oldini olishning asosiy tadbirlari shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, meva va sabzavotlarni istemol qilishdan avval yuvish, suvni faqat qaynatilgan holda istemol qilish, kasallik aniqlangan bemorlarni oz vaqtida virusli gepatit "A ga qarshi emlash, kasallikni oldini olishda samarali profilaktik chora-tadbiri hisoblanadi

    Hozirgi kunda virusli gepatit "A bilan kasallangan bemorni davolanishi uchun, bir nafar bemorga ortacha 900 ming - 1 mln som sarflanmoqda (bemorni davolanishi, yarim yil davomida parhezga rioya etish, bemorni kelib korib ketishiga ketgan transport sarf xarajatlari va h.k.)

    Bugungi kunda Dunyoning ayrim davlatlarida virusli gepatit "A kasalligidan himoyalovchi samarali vaksinalar ishlab chiqilib, ommaviy emlash ishlari olib borilmoqda. Virusli gepatit "A kasalligiga qarshi emlash 94-98% holatlarda virusli gepatit "A kasalligini oldini oladi va ushbu vaksina ishlatilganda emlashdan keyingi asoratlar kuzatilmaydi.

    Hozirgi vaqtda, virusli gepatit "A kasalligiga qarshi emlash ishlari keng tarzda olib borilmoqda. Virusli gepatit "A kasalligiga qarshi emlash maqsadida, Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan "MEVAK-A vaktsinasi qollanilmoqda. Jahon sogliqni saqlash tashkilotininig tavsiyasiga kora, ushbu vaksinaning xavfsizligi va sifatini kafolatlovchi sertifikatlari mavjud bolib, vaksinatsiya bir marotaba qollaniladi, qayta emlash ishlari talab etilmaydi. Virusli gepatit "A kasalligiga qarshi emlashga asosan 18 oyligidan 14 yoshgacha bolgan bolalar emlanisi rejalashtirilgan. Virusli gepatit "A kasalligiga qarshi emlash ishlari viloyatning barcha shahar va tuman tibbiyot birlashmalaridagi emlash punktlarida amalga oshiriladi.

    Hurmatli ota-onalar, bolalaringizni virusli gepatit "A kasalligiga chalinmaslikning asosiy va yagona usuli, virusli gepatit "A kasalligiga qarshi profilaktik emlash hisoblanadi.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
25 sentyabr

. . .

26 sentyabr

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish