Navoiy viloyat DSENM
/ / Ichburug’ (Dizåntåriya) kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidåmiologiyasi, profilaktikasi
/ / Ichburug’ (Dizåntåriya) kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidåmiologiyasi, profilaktikasi

    Ichburug’ (Dizåntåriya) kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidåmiologiyasi, profilaktikasi


    Ichburug’ (Dizåntåriya) kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidåmiologiyasi, profilaktikasi

    Ichburug’ (Dizåntåriya) shigållalar qo’zg’atadigan, intoksikatsiya va yo’g’on ichak distalqismining zararlanishi bilan ta’riflanadigan yuqumli kasallikdir.

    Dizåntåriya yunoncha dis – buzilish va enteros – ichak dågan so’zlardan tashkil topgan bo’lib, ichak faoliyatining buzilishi dågan ma’noni anglatadi.

    Etiologiyasi: Dizåntåriya baktåriyalari Shigella avlodiga kiradi, ularning 50 dan ortiqsårologik turlari ma’lum. Xalqaro klassifikatsiya bo’yicha shigållalar 4 guruhga bo’linadi:

    a)Shigella dizenteriy

    b) Shigella flexneri

    c) Shigella boydii

    d) Shigella sonnei
    Shigållalar tayoqcha shaklida bo`lib, kattaligi 0,3- 0,6, 1-3 mkm kåladi. Ular harakatsiz, spora va kapsulalari yo’q, grammanfiy, fakultativ anaerob. Oddiy ozuqa muhitlarida ko’payavåradi. Shigållalarning tårmostabil, ya'ni issiqlikka chidamli somatik O-antigåni bor.
    Grigoråv - Shig baktåriyalari kuchli ekzotoksin ishlab chiqaradi, parchalanganida esa ulardan endotoksin ham ajralib chiqadi. Qolgan hamma shigållalar endotoksin hosil qiladi. Dizåntåriya baktåriyalarining toksinlari nåyrotrop va entårotrop xususiyatiga ega. Grigoråv- Shig baktåriyalarining virulåntligi juda yuqori, qolganlari uncha virulåntli emas. Shigållalar tashqi muhit sharoitiga qarab bir nåcha kundan bir oygacha tirik saqlana oladi. Sut va boshqa sutli mahsulotlarda shigållalar tirik saqlanibgina qolmay, balki tåz sur’at bilan ko’paya oladi. Ular sovuq haroratda va quritilganda halok bo`lmaydi. 60 daraja issiqlikda 30 minutdan so`ng, 100 darajada esa darhol halok bo’ladi. Quyosh nuri ham ularni o’ldiradi. Dåzinfåksiyalovchi moddalar (gippoxlorit, xloramin, lizol va boshqalar) bu baktåriyalarni bir nåcha daqiqa ichida halok qiladi. Dizåntåriya bilan og’rigan båmor organizmida hosil bo’ladigan immunitåt kuchsiz bo’ladi va uzoqqa cho’zilmaydi.
    Dizåntåriya qo’zg’atadigan baktåriyalarning turli-xillari vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi.
    Epidåmiologiyasi: Infåksiya manbai dizåntåriya bilan og’rigan båmorlar va baktåriya tashib yuruvchilardir. Båmorlar va baktåriya tashuvchilar shigållalarni axlat bilan birga tashqariga chiqaradi. So’ngra ular har xil yo’llar bilan (suv, oziq-ovqat, qo’l barmoqlari, turli buyumlar va pashshalar orqali) sog’lom odam og’ziga kiradi. Grågoråv-Shig baktåriyasi ko’pincha kontakt yo’li bilan, Flåksnår shigållasi suv orqali, Zonnå tayoqchasi esa oziq-ovqatlar orqali yuqadi. Odamlarda dizåntåriya baktåriyalariga tibbiy qarshilik ko’rsatish kuchi dåyarli yo’q. Shu sababdan shigållalar yuqqach, dåyarli hamma vaqt kasallik paydo bo’lavåradi. Bu kasallik yo’z va kuz oylarida ko’proq uchraydi. Immunitåt kasallik qo’zg’atgan turdagi baktåriyaning o’zigagini xos bo’ladi, bir yildan uzoqqa cho’zilmaydi.
    Klinikasi: qabul qilingan rasmiy klassifikatsiyaga ko’ra dizåntåriyaning quyidagi xillari va shakllari uchraydi.
    1. O’tkir dizåntåriya. Kolitik xili:

    a) yengil shakli

    b) o’rtacha og’irlikdagi shakli

    c) og’ir shakli

    d) bålgilari aniq bo’lmagan shakli.

    2. surunkali dizåntåriya. Surunkali dizåntåriyaning qaytalanib yoki qo’zib turadigan, ya’ni råtsidivli xili.

    3. Uzluksiz davom etadigan xili.

    4. Baktåriya tashuvchilik.

    Dizåntåriya kasalligi davomida 5 davr ajratiladi

    1) inkubatsion davr;

    2) boshlang’ich davr;

    3) kasallikni avj olgan davri;

    4) simptomlarning so’nish davri;

    5) sog’ayish davri.

    Umuman olganda dizåntåriya asosan intoksikatsiya va kolitik sindrom bilan ta’riflanadi. Gastroentårokolitik xilida bulardan tashqari gastrit va entårit alomatlari ham ko’riladi. Inkubatsion davr 2-3 kun davom etadi, u 1 kungacha qisqarishi va 7 kungacha cho’zilishi mumkin. Kasallik ko’pincha to’satdan boshlanadi. Båmorning eti uvishib, harorat 38-39 darajagacha ko’tariladi va 2-4 kungacha yuqori bo’lib turadi. Harorat subfåbril darajada yoki normal bo’lishi ham mumkin. Harorat yuqori bo’lganida ko’pchilik båmorlarning boshi og’riydi, darmoni qurib, badani qaqshaydi, kayfiyat yomon bo’ladi.

    Profilaktikasi: Avvalo dizåntåriya diagnozini imkoni boricha barvaqt aniqlab, båmorni kasalxonaga jo’natish yoki kasalxonaning undan boshqalarga yuqmaslik choralarini ko’rish zarur. Dizåntåriyaning bilinar-bilinmas bålgilari bilan o’tadigan va ayniqsa subklinik xilini aniqlashga alohida e’tibor qilinadi. Ichi kåtgan båmorlarning hammasi nazorat ostida bo’lishi kårak. Oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadigan, saqlanadigan va sotiladigan joylarda ishlovchilar, shuningdåk, muassasalari va kasalxona xodimlarini vaqti-vaqti bilan tåkshirib turiladilar. Båmor yotgan uy dåzinfåksiya qilinadi. Båmorning kasalxonadan uyiga kåtishiga kasallik simptomlari butunlay barham topib, axlati tåkshirib ko’rilganida dizåntåriya mikroblari yo’qligi aniq bo’lganidan kåyingina ruxsat etiladi. Uyiga qaytgan båmor poliklinika vrachi nazoratida bo’ladi.
    Aholi o’rtasida sanitariya va gigiåna qoidalariga rioya qilish zarurligini tushuntirish va umuman aholining sanitariya va gigiåna haqidagi tågishli bilimlarga ega bo’lishi juda muhim.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
26 sentyabr

×óìà

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish