Navoiy viloyat DSENM
/ / Kuydirgi (Anthrax): Tarifi, tarixi, geografik tarqalishi, etiologiyasi, epizootologiyasi, epidemiologiyasi ...
/ / Kuydirgi (Anthrax): Tarifi, tarixi, geografik tarqalishi, etiologiyasi, epizootologiyasi, epidemiologiyasi ...

    Kuydirgi (Anthrax): Tarifi, tarixi, geografik tarqalishi, etiologiyasi, epizootologiyasi, epidemiologiyasi ...


    Kuydirgi (Anthrax): Tarifi, tarixi, geografik tarqalishi, etiologiyasi, epizootologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashhisi, qiyosiy tashhisi, davolash usullari, profilaktikasi va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar

    Tarifi

    Kuydirgi spora hosil qiluvchi bakteriyaqozgatadigan (Bacillus anthracis), turli yuqish mexanizmlariga ega bolgan, asosan oziga xos karbunkul, bazida opka, ichak va ogiz-tomoq shakllarida namoyon boladigan zooantroponoz ota xavfli yuqumli kasallikdir.

    Sinonimlari: sibirka, kuydirgi karbunkuli, yomon karbunkul, ilohiy olov, "fors olovi, "eron alangasi va h.k.

    Tarixi va geografik tarqalishi.

    Kuydirgi qadimdan malum kasallikdir. Abu Ali Ibn Sino, Gippokrat, Gomer va boshqalar bu xastalikni hayvonlardan odamga yuqadigan kasallik deb tariflaganlar.

    Orta asrlarda, Italiyada XVIII va XIX asrda Franstiyada, Evropa va Amerika qitasida kuydirgi kasalligi qishloq xojalik hayvonlari va aholi orasida keng tarqalgan. 1965 1967 yillarda Evropa, Osiyo, Amerika va Afrika qitalarida 21400 ga yaqin kasallik qayd etilgan. Rossiya, Iroq, Hindiston, Italiya va Angliya Davlatlarida ham kuydirgi tez-tez uchrab turadi. Ozbekiston Respublikasining barcha mamuriy hududlarida kuydirgining noxush statsionar punktlari mavjud.

    Etiologiyasi. Kuydirgi infekstiyasining qozgatuvchisi Bacillus anthracis hisoblanadi. Gram musbat, yirik, harakatsiz kapsula va spora hosil qiladigan bastilladir. Kuydirgi qozgatuvchisi vegetativ va spora shakllarida uchraydi. Qattiq ozuqa muhitlarida RR-forma shaklini hosil qiladi (meduza boshi).

    Sporalari infeksiyani sirkulyatsiya qilishini asosiy omili hisoblanadi, sporalari ota chidamli bolib, suvda taxminan 10 yil, tuproqda esa on yillab saqlanadi. Aerozol shaklda ham yuqumlidir.

    Epizootologiyasi

    Ifloslangan tuproq kuydirgining manbai hisoblanadi.

    Hayvonlar orasida kuydirgining koplab tarqalishi yilning fasliga aloqador bolib, asosan hayvonlarni chollarda boqish jarayoniga bogliqdir. Hayvonlar ot va osimlik ildizlarini yulib chaynaganda kasallanadilar.

    Shuningdek kasallik hayvonlarga havo-tomchi, chang-tozonlar bilan yuqori nafas yollari orqali yuqadi.

    Soglom hayvonga kuydirgi transmissiv yol bilan, turli xil qon soruvchilar orqali ham yuqishi mumkin.

    Hayvonlarda (yirik va mayda shoxli hayvonlar, ot, chochqa, it, mushuk) kuydirgi kasalligi tarqalgan shaklda otkir va yashin tezligida kechadi va kasallanganlarni 95% nobud boladi.

    Epidemiologiyasi

    Kuydirgi kasalligining asosiy manbalari bolib qishloq xojalik va uy hayvonlari (yirik va mayda shoxli hayvonlar, qoy, echki, ot, tuya va boshqalar) hisoblanadi. Hayvonlarda kasallik kopincha ichak shaklida otadi. Shuningdek xastalik it, mushuk va kemiruvchilardan ham yuqishi mumkin.

    Shuning uchun ham kasbga taalluqli va qishloq xojalik ishlari bilan shugullanuvchi shaxslar ustidan epidemiologik nazorat ornatish zarur. Xastalik asosan veterinariya xodimlarining ruxsatisiz qishloq xojalik va uy hayvonlarini soyish, goshtini nimtalash va odamlarga tarqatib yuborish, istemol qilish natijasida kelib chiqadi.

    Ozbekistonda kuydirgi kasalligi bilan kasallanish kuydirgi bilan kasallangan hayvonni majburiy soyish, goshtini maydalash, tashish va ichaklarini tozalash bilan bogliq.

    Odamga kasallik bemor hayvonlarni parvarish qilish, kasallangan hayvonlarning terisini, junini, shoxini, suyagini qayta ishlash jarayonida bevosita muloqot orqali ham yuqadi.

    Odam kuydirgi bilan bemor hayvonlar mahsulotlaridan tayyorlangan kiyim-kechak (palto, postin, yungli yoqa, qolqop va shunga oxshash)larni kiyganda, bazan esa kasal hayvon mahsulotlari (gosht, sut) orqali va shuningdek, teri va jun kabi mahsulotlarni qayta ishlash jarayonida ifloslangan havo-chang orqali ham yuqishi mumkin.

    Kuydirgi kasalligi yilning iyul va sentyabr oylarida koplab uchraydi. Chunki bu davrda hayvonlar ortasida kuydirgi kasalligi kopayishi bilan birga qon soruvchi mayda hasharotlarning ham faolligi ortadi.

    Soglom odamga bastillalar terining ochiq qismi, nafas olish (ifloslangan havo orqali) va ovqat hazm qilish (ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali) azolarining shilliq qavati orqali otadi.

    Bazan esa laboratoriya sharoitida zararlanish, diversion (terroristik) qollashlar orqali kasallanish hollari kuzatiladi.

    Klinikasi

    Kuydirgining teri shaklida bastillalar kirgan joyda 2-3 kundan song qichiydigan qizgish dog bolib, u tezda qizil tusli pufakcha (papula)ga aylanadi, pufakcha loyqa, qonsimon suyuqlik bilan toladi va pustulaga aylanadi. Uning qattiq qichishi tufayli bemor uni kopincha yorib tashlaydi.

    Natijada u komir rangini eslatuvchi toq qizil rangli val (dur xaltasi) bilan oralgan infiltratga aylanadi. Uning atrofida ikkilamchi pustulalar paydo boladi. Yara shishadi, yara markazida ogriq bolmaydi. Bu davrda limfa bezining kattalashishi ham namoyon boladi.

    Kasallikning boshlanish davrida bosh ogrigi, butun tananing zirqirashi, nafas olishining tezlashishi, kasallikning 2-3- kunlari esa tana haroratining 39-40 darajaga kotarilishi va zaharlanish belgilarining kuchayishi kuzatiladi. Boshning ogrishi kuchayadi, bemor holsizlanadi, qon bosimi pasayadi. Jigar va buyrak kattalashadi. 5-8 kundan song bemorning ahvoli yaxshilana boshlaydi.
    Kuydirgi teri shaklining eng xavfliligi uning sepsis shakliga, yani bastillalarning qonga otib ketishidir. Unda bemorning ahvoli ogirlashadi. Bemor yotalganda qon aralash balgam ajratadi, qon aralash qusadi, ichi ketadi, najasida qon paydo boladi.

    Opkashakli. Kasallikning opka shakli juda ogir otadi va kopincha olim bilan tugaydi. Xastalik tez boshlanadi, bemorda shamollash belgilari, kokrak qismida otkir ogriq paydo boladi, nafas olishi qiyinlashadi, qon bosimi pasayadi. Yurak urishi tezlashadi, balgamda qon paydo boladi. Xastalik 2-3 kun davom etishi mumkin.

    Ichak shakli. Kuydirgining ichak shakli umumiy zaharlanish, tana haroratining kotarilishi, qorinda otkir ogriq paydo bolishi, kongil aynishi, qon aralash qusish va ich ketishi bilan xarakterlanadi. Bemorning ahvoli tezda ogirlashadi va kasallik olim bilan tugaydi.

    Ogiz-xalqum shaklida xalqum yalliglangan, disfagiya, zararlangan tomonda boyinning ogriqli regional limfadenopatiyasi, jarayon rivojlanganda boyinda va kokrakning oldingi devorlarida salmoqli shish, otkir nafas etishmovchiligi kuzatiladi.

    Tashxisoti: kasallikning klinik alomatlari, bemordan olingan epidemiologik anamnez va laboratoriya tekshiruvlari natijalariga asoslangan xolda qoyiladi.

    Kuydirgi kasalligining laboratoriya diagnostikasi:

    1. Bakteriologik
    2. Bakterioskopik
    3. Biologik
    4. Molekulyar-genetik (polimeraza zanjir reakstiyasi)

    Kuydirgi kasalligida laboratoriya tekshiruvi uchun quyidagi materiallar olinadi:

    Shakli

    Namunalar

    Teri shakli

    Pufakchalardan ajralma, yara tubi yoki qora qotir chetidan surtma, punkstion biopsiya

    Opka shakli

    Balgam, (tomoqdan surtma), qon, plevral suyuqlik

    Ichak shakli

    najas, qusuq massasi,qon, asstitik suyuqlik

    Ogiz-xalqum shakli

    qon,tomoqdan surtma,balgam

    Meningeal shakli

    Orqa miya suyuqligi, qon

    Qiyosiy tashhis

    Kuydirgi kasalligining teri shaklini furunkul, karbunkul, manqa (sap), olatning teri va tulyaremiyaning yara-bez turlaridan farqlamoq lozim.

    Bemordan yigilgan kasallikning kelib chiqish tarixi, uning shikoyatlari xastalik sababini aniqlashda katta yordam beradi.

    Davolash

    Kuydirgini teri (yarali) shaklini davolashda siprofloksastin, doksistiklin va amoksitsillin Imipenem, klindamitsin, rifampin, makrolidlar kabi antibiotiklardan foydalaniladi.

    Profilaktika va epidemiyaga qarshi chora tabdirlar

    Kuydirgini oldini olish chora-tadbirlari kompleks reja asosida olib boriladi.

    Kompleks reja har bir tuman, viloyat, respublika uchun mahalliy sharoitlarni va chorvachilikning rivojlanishini hisobga olgan holda tuziladi va unda quyidagilarni inobatga olish lozim:

    1. Kuydirgi jihatidan noxush punktlarni hisobga va royxatga olish.

    2. Ushbu noxush punktlarda qishloq xojalik va uy hayvonlarini yoppasiga kasallikka qarshi emlash.

    3. Bu punktlarda soglomlashtiruvchi meliorativ va agrotexnika choralarini otkazish, suv havzalarini ifloslanishdan saqlash.

    4. Hayvonlarni haydash yolida, boqish maydonlarida, saqlanadigan xonalarni muntazam nazorat qilib borish.

    5. Teri tayyorlash, saqlash, tashish va qayta ishlash jarayonida veterinariya sanitariya qoidalariga amal qilish.

    6. Hayvonlar orasida kuydirgini ajratish hamda ularni chivin va pashshalar chaqishidan muhofaza qilish, ochoqlarda epizootologik tekshiruv otkazish, olgan hayvonlarni yuqumsizlantirish, ochoqlarda joriy va yakunlovchi dezinfeksiya otkazish.

    7. Aholining dekretiv guruhi (qassoblar, chorvadorlar, hayvon mahsulotlarini qayta ishlovchilar, choponlar va boshqalar)ni kuydirgiga qarshi emlash.

    8. Aholi orasida sanitariya maorifi ishlarini olib borish.

    9. Kasallik aniqlangan hudud alohida hisobga olinib, xojalikdagi hayvonlar kuydirgiga qarshi emlanadi va atrofdagi hayvonlar ustidan nazorat ornatiladi.

    10. Olgan hayvonlar jasadini 2 m chuqurlikka 25 sm qalinlikdagi xlorli ohaq aralashmasi solib komiladi. Kuydirgi aniqlangan xojalik yoki ochoqda 15 kunga karantin elon qilinadi.

    11. Xojalik hayvonlarini umumiy suv havzalarida sugorish taqiqlanadi. Kasal hayvon turgan bino yaxshilab tozalanadi, har 7 kunda va yakunlovchi dezinfeksiya qilinadi.

    12. Hayvonlarni parvarish qiluvchi buyumlar ham zararsizlantiriladi. Bunda metall buyumlar, brezent, paxta anjomlari qaynatiladi yoki 1%-li sodada 90 daqiqa saqlanadi, bug-formalin kamerasida tutiladi yoki sulema karbol kislotasiga botirib qoyiladi.

    13. Kasal mollarni boqadigan shaxslar orasida shoshilinch profilaktika (antibiotiklar, immunoglobulin) ishlari otkaziladi.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
25 sentyabr

. . .

26 sentyabr

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish