Navoiy viloyat DSENM
/ / Gijja salomatlik kushandasi!
/ / Gijja salomatlik kushandasi!

    Gijja salomatlik kushandasi!


    Gijja salomatlik kushandasi!
    Gijja insonning eng ashaddiy dushmani hisoblanadi. Ularning hozirgi kunda 270 dan ortiq turlari mavjud.
    Gijjalarning aksariyat turlari odamning oshqozon-ichak yo`lida parazitlik qiladi. Oshqozon-ichak yo`lida parazitlik qiluvchi gijjalarning uzunligi turiga qarab 6 mm dan 4-6 mtr, hattoki undan ham uzun bo`lishi mumkin.
    Gijjalarning ba'zi turlari esa, odamning jigari, o`t xaltasi, o`pka, miya yoki mushak to`qimalarda parazitlik qilib yashaydi, ular yillar davomida kattalashib, a'zo va o`qimalarning faoliyatlarini buzilishiga olib kladi.
    Gijjalar organizm uchun zarur bo`lgan vitamin, oqsil, uglvod hamda kalsiy, yod kabi boshqa krakli elmntlarni o`zlashtiradi. Shuning uchun gijja kasalligiga chalingan odam quvvatsiz, rangsiz bo`lib qoladi. Organizmni o`sishi va rivojlanishi uchun zarur oziq modda va elmntlarning tishmasligi oqibatida bolalar jismoniy o`sishdan orqada qoladilar. Aqliy rivojlanishi susayadi. Bilimlarni o`zlashtirish, eslab qolishga qiyinlashadi. Organizmning kurashuvchanligi (immunitti) pasayib, turli xil yuqumli kasalliklarga moyilligi oshadi. Suyaklar mo`rtlashib, umurtqa pog`onasi qiyshayishi kabi holatlarga, shuningdk, trida oq dog`lar paydo bo`lishiga olib klishi mumkin.
    Gijjalar tirik organizmlardir. Hayoti davomida ajratadigan chiqindilari va ularning o`limi natijasida hosil bo`ladigan qoldiq mahsulotlar qonga so`rilib, bir tomondan odam organizmini zaharlasa, ikkinchi tomondan allrgik ta'sir ko`rsatadi.
    Gijjalar turiga qarab inson organizmida bir ncha haftadan 40 yilgacha, ba'zida esa undan ham uzoq yashashi mumkin.
           Agar bola:
    Ovqatlanishidan qatiy nazar, ozib ktsa;
    Ranglari oqarib, nimjon bo`lib qolsa;
    Asabiylashadigan bo`lib qolsa, injiqlansa;
    Uxlaganda  tishlarini g`ijirlatsa va og`zidan kop so`lak oqsa;
    Qorni og`risa, ko`ngli aynisa
    zudlik bilan  vrachga murojaat etish zarur.
    Kasallikdan sog`ayish uchun, albatta qaysi gijja kasalligini yuqtirganligini aniqlash hamda davolanishni to`g`ri tashkil etish juda muhimdir. Bir kishida bir vaqtning o`zida bir ncha gijja kasalligi bo`lishi mumkin.
     
    Gijja kasalliklari qanday yo`llar bilan yuqadi?
    Gijja kasalligi sog`lom odamga, gijja kasalligiga chalingan bmorlardan yuqadi. Bmorlar najasi bilan gijjalarni tashqi muhitga ajratadi. Gijjalarning aksariyat qismi oshqozon-ichak yo`li orqali, iflos qo`l bilan ovqatlanganda, qaynatilmagan suvni ichganda, mva va sabzavotlarni yuvmay ist'mol qilish oqibatida yuqadi. Kasallikni yuqtirishda pashshalar ham katta rol o`ynaydi.
    Ba'zi gijja kasalliklari esa, kasallikka chalingan chorva mollarining go`shti yoki jigarini ist'mol qilish oqibatida o`tishi mumkin. It yoki mushuk kabi uy hayvonlari kasallikni tarqatuvchi manba bo`lib hisoblanadi.
    Odamlarda, ayniqsa maktab yoshigacha bo`lgan bolalar o`rtasida eng ko`p uchraydigan gijja kasalliklaridan biri - entrobioz kasalligidir. Kasallikni uzunligi 1 sm bo`lgan mayda oq gijjalar-ostritsalar qo`zg`atadi. Bu gijja ingichka ichakning yo`g`on ichak bilan birikkan joyida yashaydi. Kchasi, bola uxlaganda gijjalar orqa chiqaruv tshigidan chiqib, oraliq soha, qiz bolaning jinsiy a'zosiga tuxum qo`yadi. Har bir urg`ochi ostritsa 12000- 17000 gacha tuxum qo`yishi mumkin. Tuxum qo`yilgan sohalar qattiq qichib, bolani juda bzovta qiladi. Bola orqa chiqaruv yo`li va uning atrofini qo`llari bilan qashishi natijasida tirnoqlari tagiga ko`p miqdorda ostritsa tuxumlari yig`iladi. Bola qolini og`ziga solganda, barmoqlarini so`rganda, tirnoqlarini tishlaganda kasallikni o`zlariga takroriy ravishda yuqtiradilar. Ko`pchilik hollarda yuqish jarayoni uzluksiz bo`lgani uchun kasallik surunkali kchadi. Shu bilan birga bola kasallikni o`z oila a'zolariga, o`rtoqlariga yuqtiradi. Qo`yilgan tuxumlardan 4-6 soatdan kyin lichinkalar chiqadi. Lichinkalar ichakda tuk ostritsalarga aylanadi. Agar bola entrobioz kasaliga chalingan bo`lsa, ularni ichki kiyimlari, choyshablarini qaynating, so`ngra yuvib, dazmollang. Ertalab va yotishdan oldin orqa chiqaruv sohasini iliq suvda sovunlab yuving, shundan kyin ichki kiyim va choyshablarni almashtiring.
    Askaridoz. Kasallikni yirik gijja askaridalar yuzaga kltiradi. Urg`ochisining uzunligi 20-35 sm, erkagining uzunligi 15-20 smgacha tadi. Voyaga tgan askaridalar odamning ingichka ichagida yashaydi. Urg`ochisi bir kcha-kunduzda 250 minggacha tuxum qo`yadi.  Bu tuxumlar najas bilan tashqariga chiqadi. Tuproqqa tushgan tuxumlar uzoq vaqt saqlanib qoladi. Askarida tuxumlari sog`lom odam organizmiga iflos qo`l, yuvilmagan mva va sabzavotlarni va qaynatilmagan suvni ist'mol qilish oqibatida o`tadi. Askarida tuxumlari ichakda lichinkalarga aylanib, ichak dvorlaridan qonga, qon orqali esa, jigar va o`pkaga o`tadi. Bu rdan ma'lum muddat o`tib, bronx, traxya va tomoqqa klib, u rdan yana ichakka o`tadi.  Ichakda lichinka askaridaga aylanadi.
    Tniarinxoz. Bu odamlarda kng tarqalgan gijja kasalligidir. Bu kasallikni lntasimon gijja-ho`kiz tizmasi yuzaga kltiradi. Hokiz tizmasining uzunligi 4-6 mtrgacha tadi.  U bosh, bo`yin, bo`g`imlardan iborat bo`lgan tanadan tuzilgan. Uning boshida to`rtta so`rg`ichi  bor.
    Tniarinxoz odamga qanday yuqadi?
    Agar odam hom, yaxshi pishirilmagan go`shtni sa, tniarinxoz bilan kasallanishi mumkin, chunki go`shtda finnalar bo`lishi mumkin. Bu kasallikka ko`pincha uy bkalari, oshpazlar uchraydi, sababi ular qiyma yoki boshqa go`shtli mahsulotlarning tuzini aniqlash uchun xomligida tatib ko`rishadi. Finnalar ichakka tushgach, uning ichidagi gijja ichak dvoriga so`rg`ichlari bilan kattiq yopishib oladi. 2-3 oy davomida finnalardan hokiz tizmasi rivojlanadi.
     Bmor najasi bilan hokiz tizmasi bo`g`imlarini atrofga ajratib turadi. Bmor bir sutkada 6-8 tagacha bo`g`im ajratishi mumkin, ularning har birida 145-175 minggacha tuxum bo`ladi. Ho`kiz tizmasi odam ichagida bir ncha yillab yashaydi.
    Gimnolipidoz. Bu kasallik o`zbk tilida pakana gijja kasalligi db yuritiladi. Bu kasallik bilan asosan bolalar kasallanadi. Pakana gijja o`z nomidan ko`rinib turibdiki, mayda oq kulrang tasmasimon gijja bolib, uzunligi 1,5-2 sm kladi. Bu gijja ham boshqa gijjalar kabi, boshi, bo`yni va bo`yincha (a'zocha)lardan iborat  tanadan tuzilgan. Boshida 4 ta so`rg`ichi va biroz chiqib turgan 20-30 tacha ilmoqli tumshug`i mavjud. Har bir a'zochalar ozida erkak va urg`ochi jinsiy organlar saqlaydi. Voyaga tgan a'zochaning dyarli asosiy hajmini tuxumchalarga to`la bachadon egallab turadi. Har bir a'zochada 180 tagacha tuxum bo`lishi mumkin. Pakana gijja odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Odam ichagida yashaydigan bu gijjalarning soni bir ncha minggacha bo`lishi mumkin. Odam najasi bilan tashqi muhitga chiqqan gijja tuxumlari yuvilmagan mva sabzavot, qaynatilmagan suv va iflos qo`l va pashshalar vositasida sog`lom odam og`ziga, undan oshqozon orqali ingichka ichakka tib boradi.
     Tuxumlar o`z pardasidan ajralib, ichak so`rg`ichlariga kiradi va u rda ma'lum rivojlanish davrini o`tkazadi. 4-7 kundan kyin so`rg`ichlardan chikib, o`zining so`rg`ich va ilgichlari bilan ichak dvoriga yopishib oladi va rivojlanadi.
    Gijja kasalligiga chalinmaslik uchun:
    Hojatdan so`ng, ovqatlanishdan oldin va yumushlardan kyin qollarni sovunlab yuving.
    Mva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib ist'mol qiling.
    Faqat qaynatilgan suvni ist'mol qilishga odatlaning.
    Bolalarni bir-birilarning ichki kiyimlaridan foydalanmaslikka o`rgating. Ularda qo`lni, o`yinchoqlarni va boshqa prdmtlarni og`izga solish, tirnoqlarni tishlash kabi yaramas odatlarni shakllanishiga yo`l qo`ymang.
    Tirnoqlarni doimo olib yuring.
    Bolalar tuvagi, eshik ushlagichlari, qol yuvish jumraklarini  va umuman qo`llar bilan tz-tz ushlanadigan joylarni kuniga 5-6 marta  yuvib turing. 
    Go`sht, jigar va boshqa ichki a'zolarni xarid qilayotganingizda ularning sifatiga ahamiyat bring.
    Taomlarni tarli darajadagi issiqlik ishlovidan o`tishiga ahamiyat bring.
    Xom qiymani va boshqa go`shtli mahsulotlarni xomligida tatib ko`rmang.
    Pashshalarning ko`payishiga yo`l qo`ymang.
    Ist'molga tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini ustini ochiq qoldirmang. Pashshalarni qo`nishini oldini olish uchun, ustini doka bilan yopib qo`ying. Birgina pashsha tanasi va qanotida minglab gijja va uning tuxumlari hamda boshqa kasallik qo`zg`atuvchi mikroblarni tashiydi.
    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
25 sentyabr

. . .

26 sentyabr

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish