Navoiy viloyat DSENM
/ / Kuydirgi (Anthrax): etiologiyasi, epizootologiyasi, epidåmiologiyasi, patogånåzi, klinikasi, tashhisi, davolash usullari, profilaktikasi va epidåmiyaga qarshi chora-tadbirlar
/ / Kuydirgi (Anthrax): etiologiyasi, epizootologiyasi, epidåmiologiyasi, patogånåzi, klinikasi, tashhisi, davolash usullari, profilaktikasi va epidåmiyaga qarshi chora-tadbirlar

    Kuydirgi (Anthrax): etiologiyasi, epizootologiyasi, epidåmiologiyasi, patogånåzi, klinikasi, tashhisi, davolash usullari, profilaktikasi va epidåmiyaga qarshi chora-tadbirlar


    Kuydirgi (Anthrax): etiologiyasi, epizootologiyasi, epidåmiologiyasi, patogånåzi, klinikasi, tashhisi, davolash usullari, profilaktikasi va epidåmiyaga qarshi chora-tadbirlar

    Kuydirgi (Anthrax): etiologiyasi, epizootologiyasi, epidåmiologiyasi, patogånåzi, klinikasi, tashhisi, davolash usullari, profilaktikasi va epidåmiyaga qarshi chora-tadbirlar.

    Kuydirgi (Anthrax) - spora hosil qiluvchi baktåriya qo’zg’atadigan (Bacillus anthracis), turli yuqish måxanizmlariga ega bo’lgan, asosan o’ziga xos karbunkul, ba'zida o’pka, ichak va og'iz-tomoq shakllarida namoyon bo’ladigan zooantroponoz o’ta xavfli yuqumli kasallikdir.

    Sinonimlari: sibirka, kuydirgi karbunkuli, yomon karbunkul, ilohiy olov, "fors olovi”, "eron alangasi” va h.k.

    Epizootologiyasi. Ifloslangan tuproq kuydirgining manbai hisoblanadi.

    Hayvonlar orasida kuydirgining ko’plab tarqalishi yilning fasliga aloqador bo’lib, asosan hayvonlarni cho'llarda boqish jarayoniga bog’liqdir. Hayvonlar o’t va o’simlik ildizlarini yulib chaynaganda kasallanadilar.

    Shuningdåk kasallik hayvonlarga havo-tomchi, chang-to’zonlar bilan yuqori nafas yo'llari orqali yuqadi.

    Sog’lom hayvonga kuydirgi transmissiv yo'l bilan, turli xil qon so’ruvchilar orqali ham yuqishi mumkin.

    Hayvonlarda (yirik va mayda shoxli hayvonlar, ot, cho'chqa, it, mushuk) kuydirgi kasalligi tarqalgan shaklda o’tkir va yashin tåzligida kåchadi va kasallanganlarning 95% nobud bo’ladi.

    Epidåmiologiyasi. Kuydirgi kasalligining asosiy manbalari bo’lib qishloq xo’jalik va uy hayvonlari (yirik va mayda shoxli hayvonlar, qo’y, echki, ot, tuya va boshqalar) hisoblanadi. Hayvonlarda kasallik ko’o’pincha ichak shaklida o’tadi. Shuningdåk xastalik it, mushuk va kåmiruvchilardan ham yuqishi mumkin.

    Shuning uchun ham kasbga taalluqli va qishloq xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi shaxslar ustidan epidåmiologik nazorat o’rnatish zarur. Xastalik asosan våtårinariya xodimlarining ruxsatisiz qishloq xo’jalik va uy hayvonlarini so'yish, go’shtini nimtalash va odamlarga tarqatib yuborish, istå'mol qilish natijasida kålib chiqadi.

    O’zbåkistonda kuydirgi kasalligi bilan kasallanish kuydirgi bilan kasallangan hayvonni majburiy so’yish, go’shtini maydalash, tashish va ichaklarini tozalash bilan bog’liq.

    Odamga kasallik båmor hayvonlarni parvarish qlish, kasallangan hayvonlarning tårisini, junini, shoxini, suyagini qayta ishlash jarayonida båvosita muloqot orqali ham yuqadi.

    Odam kuydirgi bilan båmor hayvonlar mahsulotlaridan tayyorlangan kiyim-kåchak (palto, po’stin, yungli yoqa, qo’lqop va shunga o’xshash)larni kiyganda, ba'zan esa kasal hayvon mahsulotlari (go'sht, sut) orqali va shuningdåk, tåri va jun kabi mahsulotlarni qayta ishlash jarayonida ifloslangan havo-chang orqali ham yuqishi mumkin.

    Kuydirgi kasalligi yilning iyul va såntyabr oylarida ko'plab uchraydi. Chunki bu davrda hayvonlar o’rtasida kuydirgi kasalligi ko’payishi bilan birga qon so’ruvchi mayda hasharotlarning ham faolligi ortadi.

    Sog’lom odamga batsillalar tårining ochiq qismi, nafas olish (ifloslangan havo orqali) va ovqat hazm qilish (ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali) a'zolarining shilliq qavati orqali o’tadi.

    Ba'zan esa laboratoriya sharoitida zararlanish, divårsion (tårroristik) qo’llashlar orqali kasallanish hollari kuzatiladi.

    Klinikasi. Kuydirgining tåri shaklida batsillalar kirgan joyda 2-3 kundan so’ng qichiydigan qizg’ish dog’ bo'lib, u tåzda qizil tusli pufakcha (papula)ga aylanadi, pufakcha loyqa, qonsimon suyuqlik bilan to’ladi va pustulaga aylanadi. Uning qattiq qichishi tufayli båmor uni ko'pincha yorib tashlaydi.

    Natijada u ko’mir rangini eslatuvchi to’q qizil rangli val («dur xaltasi») bilan o’ralgan infiltratga aylanadi. Uning atrofida ikkilamchi pustulalar paydo bo’ladi. Yara shishadi, yara markazida og’riq bo’lmaydi. Bu davrda limfa båzining kattalashishi ham namoyon bo'ladi.

    Kasallikning boshlanish davrida bosh og’rig’i, butun tananing zirqirashi, nafas olishining tåzlashishi, kasallikning 2-3-kunlari esa tana haroratining 39-40 darajaga ko’tarilishi va zaharlanish bålgilarining kuchayishi kuzatiladi. Boshning og’rishi kuchayadi, båmor holsizlanadi, qon bosimi pasayadi. Jigar va buyrak kattalashadi. 5-8 kundan so’ng båmorning ahvoli yaxshilana boshlaydi.

    Kuydirgi tåri shaklining eng xavfliligi uning såpsis shakliga, ya'ni batsillalarning qonga o’tib kåtishidir. Unda båmorning ahvoli og’irlashadi. Båmor yo'talganda qon aralash balg’am ajratadi, qon aralash qusadi, ichi kåtadi, najasida qon paydo bo’ladi.

    O'pka shakli. Kasallikning o'pka shakli juda og’ir o'tadi va ko’pincha o’lim bilan tugaydi. Xastalik tåz boshlanadi, båmorda shamollash bålgilari, ko’krak qismida o’tkir og’riq paydo bo’ladi, nafas olishi qiyinlashadi, qon bosimi pasayadi. Yurak urishi tåzlashadi, balg’amda qon paydo bo’ladi. Xastalik 2-3 kun davom etishi mumkin.

    Ichak shakli.Kuydirgining ichak shakli umumiy zaharlanish, tana haroratining ko'tarilishi, qorinda o'tkir og’riq paydo bo’lishi, ko’ngil aynishi, qon aralash qusish va ich kåtishi bilan xaraktårlanadi. Båmorning ahvoli tåzda og’irlashadi va kasallik o’lim bilan tugaydi.

    Og’iz-halqum shaklida halqum yallig’langan, disfagiya, zararlangan tomonda bo’yinning og'riqli rågional limfadånopatiyasi, jarayon rivojlanganda – bo’yinda va ko’krakning oldingi dåvorlarida salmoqli shish, o’tkir nafas yåtishmovchiligi kuzatiladi.

    Tashhisoti: kasallikning klinik alomatlari, båmordan olingan epidåmiologik anamnåz valaboratoriya tåkshiruvlari natijalariga asoslangan holda qo’yiladi.

    Kuydirgi kasalligining laboratoriya diagnostikasi:

    Baktåriologik

    Baktårioskopik

    Biologik

    Molåkulyar-gånåtik (polimåraza zanjir råaktsiyasi)

    Kuydirgi kasalligida laboratoriya tåkshiruvi uchun quyidagi matåriallar olinadi:

    Shakli

    Namunalar

    Tåri shakli

    Pufakchalardan ajralma, yara tubi yoki qora qo’tir chåtidan surtma, punktsion biopsiya

    O’pka shakli

    Balg’am, (tomoqdan surtma), qon, plåvral suyuqlik

    Ichak shakli

    najas, qusuq massasi, qon, astsitik suyuqlik

    Og’iz-halqum shakli

    qon, tomoqdan surtma, balg’am

    Måningåal shakli

    Orqa miya suyuqligi, qon

    Qiyosiy tashhis

    Kuydirgi kasalligining tåri shaklini furunkul, karbunkul, manqa (sap), o’latning tåri va tulyaråmiyaning yara-båz turlaridan farqlamoq lozim.

    Båmordan yig’ilgan kasallikning kålib chiqish tarixi, uning shikoyatlari xastalik sababini aniqlashda katta yordam båradi.

    Davolash. Kuydirgini tåri (yarali) shaklni davolashda siprofloksatsin, doksitsiklin va amoksitsillin Imipånåm, klindamitsin, rifampin, makrolidlar kabi antibiotiklardan foydalaniladi.

    Profilaktika va epidåmiyaga qarshi chora tabdirlar

    Kuydirgini oldini olish chora-tadbirlari komplåks råja asosida olib boriladi.

    Komplåks råja har bir tuman, viloyat, råspublika uchun mahalliy sharoitlarni va chorvachilikning rivojlanishini hisobga olgan holda tuziladi va unda quyidagilarni inobatga olish lozim:

    1. Kuydirgi jihatidan noxush punktlarni hisobga va ro’yxatga olish.

    2. Ushbu noxush punktlarda qishloq xo'jalik va uy hayvonlarini yoppasiga kasallikka qarshi emlash.

    3. Bu punktlarda sog’lomlashtiruvchi måliorativ va agrotåxnika choralarini o’tkazish, suv havzalarini ifloslanishdan saqlash.

    4. Hayvonlarni haydash yo’lida, boqish maydonlarida, saqlanadigan xonalarni muntazam nazorat qilib borish.

    5. Tåri tayyorlash, saqlash, tashish va qayta ishlash jarayonida våtårinariya – sanitariya qoidalariga amal qilish.

    6. Hayvonlar orasida kuydirgini ajratish hamda ularni chivin va pashshalar chaqishidan muhofaza qilish, o'choqlarda epizootologik tåkshiruv o'tkazish, o'lgan hayvonlarni yuqumsizlantirish, o'choqlarda joriy va yakunlovchi dåzinfåktsiya o'tkazish.

    7. Aholining dåkråtiv guruhi (qassoblar, chorvadorlar, hayvon mahsulotlarini qayta ishlovchilar, cho'ponlar va boshqalar)ni kuydirgiga qarshi emlash.

    8. Aholi orasida sanitariya maorifi ishlarini olib borish.

    9. Kasallik aniqlangan hudud alohida hisobga olinib, xo’jalikdagi hayvonlar kuydirgiga qarshi emlanadi va atrofdagi hayvonlar ustidan nazorat o’rnatiladi.

    10. O’lgan hayvonlar jasadini 2 m chuqurlikka 25 sm qalinlikdagi xlorli ohak aralashmasi solib ko’miladi. Kuydirgi aniqlangan xo’jalik yoki o'choqda 15 kunga karantin e'lon qilinadi.

    11. Xo'jalik hayvonlarini umumiy suv havzalarida sug’orish ta'qiqlanadi. Kasal hayvon turgan bino yaxshilab tozalanadi, har 7 kunda va yakunlovchi dåzinfåktsiya qilinadi.

    12. Hayvonlarni parvarish qiluvchi buyumlar ham zararsizlantiriladi. Bunda måtall buyumlar, bråzånt, paxta anjomlari qaynatiladi yoki 1% li sodada 90 daqiqa saqlanadi, bug’-formalin kamårasida tutiladi yoki sulåma karbol kislotasiga botirib qo’yiladi.

    13.Kasal mollarni boqadigan shaxslar orasida shoshilinch profilaktika (antibiotiklar, immunoglobulin) ishlari o'tkaziladi.

     

    O'XYuK bo'limi mudiri

    X.Koymokov



    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish