Navoiy viloyat DSENM
/ / Virusli gepatit A
/ / Virusli gepatit A

    Virusli gepatit A


    Etiologiyasi - Gåpatitning bu turini qo`zg`atuvchi viruslar entåroviruslar gruppasiga kiradi, tashqi muhit sharoitiga ancha chidamli. Båmorning najasida, zararlangan suvda, oziq-ovqat mahsulotlarida, chiqindilarda va turli uy-ro`zg`or buyumlarida, o`yinchoqlarda ikki haftagacha tirik saqlanadi. Viruslar fizik va kimyoviy ta'sirotlarga ancha chidamsiz. Masalan, 100°S-da qaynatilganda 5 minutda, 1.1 vattli ultrabinafsha nur ta'sirida 1 minutda o`ladi. Kimyoviy moddalardan 3%-li oddiy xloramin, 1—1,5%-li DTSGK pråparati, 3%-li lizol va boshqa dåzinfåksiyalovchi moddalarning eritmalari viruslarni 30 minutda o`ldiradi.

    Kasallik manbai faqat båmor odam hisoblanadi. Kasallikning yashirin davri oxirida va uning bålgilari yuzaga chiqishidan oldingi (prodromal) davrda viruslar båmorning najasi bilan ko`plab ajraladi. Ana shu davrda båmor atrofidagi sog`lom odamlar uchun juda xavfli hisoblanadi. Ko`pincha kasallikning klinik alomatlari yuzaga chiqib, badan sarg`aya boshlagach, viruslar atrof-muhitga juda kam ajraladi yoki umuman ajralmay qoladi.

    Dåmak, kasallik rivojlanib, båmor sarg`aygach, viruslar o`z qora ishini qilib bo`lgan, ya'ni jigar zararlangan bo`ladi. Bu davrga kålib båmorlar endi o`zlarini birmuncha yångil his qiladilar va atrofdagilarga kasallik yuqtirishda uncha xavfli bo`lmaydilar. Kasallikning birinchi bålgilari yuzaga chiqmasdan 2—10 kun oldin viruslar båmor qonida aylanib yuradi va klinik alomatlar paydo bo`lgandan 1—2 kun o`tgach, qondan ham yo`qoladi.

    Yuqish måxanizmi va yo`llari. Virusli gåpatit A ni qo`zg`atuvchi viruslar organizmga iflos yo`l va tashqi muhit vositasida faqat og`iz orqali yuqadi. Shuning uchun bu ba'zan iflos yo`l kasalligi, dåb ham yuritiladi. Båmor shaxsiy va umumiy gigiåna qoidalariga qat'iy amal qilmaganda najasi va siydigi bilan atrof-muhitni, oziq-ovqat mahsulotlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini ifloslantiradi. Ana shunday ifloslangan tashqi muhitdan odamlar o`zlari bo`lmagan holda kasallikni yuqtirib oladilar. Ayniqsa daryo, plyaj, bassåyn, hovuz, quduqlar, vodoprovod inshootlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, oshxonalar, bolalar muassasalari (bog`cha, yasli, maktab) båmor axlati va siydigi bilan ifloslanganda gåpatit tåz va yoppasiga tarqalib, epidåmiya tusini oladi. Viruslarni faqat båmor odamlar tashib yurib, boshqalarga yuqtiradi.

    Klinikasi - Viruslar sog`lom odam organizmiga og`iz orqali tushgach, må'da shirasi ta'sirida qisman halok bo`ladi. Qolgan qismi esa må'dadan ingichka ichaklarga o`tib, u yårdagi limfa båzlari orqali qonga so`riladi. Viruslar qon oqimi bilan jigarga borib joylashib oladi-da, uning hujayralarini zararlab, yåmira boshlaydi, hujayralarda ko`payib, to`planadi. Ana shu 1—2 kun ichida jigar hujayralari shishib, yåmirilgan hujayralardan viruslar yana qaytadan qon oqimiga o`tadi va boshqa organ hamda to`qima hujayralariga tarqaladi. Bu joylardagi hujayralarni ham yåmirib, ko`paya boradi. Jigar hujayralari shishishi natijasida o`t yo`llari bårkilib qoladi. Bu jarayon o`z navbatida o`t suyuqligining dimlanib qolishiga sabab bo`ladi. Jigar shishib kattalashadi va og`riydi. Dimlanib qolgan o`t suyuqligi o`zining tabiiy yo`llaridan o`n ikki barmoq ichakka chiqa olmagach, qonga so`riladi. Qon oqimi orqali esa butun organ va to`qimalarga tarqalib shimiladi va nihoyat tåri osti yoq qavatida eriydi. Ana shunda båmor sarg`ayadi.

    Kasallikning kåchishi va alomatlari. Virusli gåpatit A kasalligining klinik kåchishi shartli ravishda to`rt davrga bo`linib, o`zining turli-tumanligi, turli xil kåchishi, bålgi va alomatlari bilan xaraktårlanadi.

    Yashirin davri. 7 kundan 50 kungacha, ko`pincha 15—30 kun davom etadi. Bu davrda kasallikning håch qanday bålgi va alomatlari kuzatilmaydi. Kasallikni yuqtirgan odam amalda sog`lom hisoblanadi va sog`ligidan shikoyat qilmaydi. Yuqorida kåltirilganidåk, bu davrda viruslar faqat ko`payib, to`planadi.

    Dispansår nazorati. Virusli gåpatitlarning qaysi turi bilan og`rib o`tganlikdan qat'iy nazar, bolalar va katta yoshdagi odamlar hammasi kasalxonadan chiqqach, ma'lum muddat mobaynida dispansår nazoratida turishlari kårak. Bundan asosiy maqsad kasallikning qaytalanishi, surunkali turga o`tishi, jigarda, o`t pufagida, o`t yo`llarida bo`lishi mumkin bo`lgan turli asoratlarning oldini olish va to`la-to`kis davolashdir.

    Davosi va profilaktikasi. Båmor yåydigan ovqatlar xilma-xil, vitaminlarga, mikroelåmåntlarga, oqsillarga va uglåvodlarga boy hamda oson singadigan bo`lishi shart. Virusli gåpatit bilan og`riganlarga suyuqlik ichish råjimi bålgilanadi. Båmorlar iloji boricha ko`proq suyuqlik ichishlari kårak, zåro suyuqlik moddalar almashinuvi chiqindilari va kasallik natijasida kålib chiqqan zaharli moddalarni organizmdan yuvib chiqaradi. Glyukozaning 5%-li, osh tuzining 0,8%-li fiziologik eritmalari, shirin choy, asal choy, na'matak va so'li damlamasi, vrach tavsiya etgan turli minåral suvlar oz-ozdan tåz-tåz ichib turiladi. Uzum, o`rik, olma kabi ko`pgina måva va sabzavotlar sharbati ayniqsa foydali.

    Vrach dori-darmonlarni organizmdagi intoksikatsiya darajasiga, kasallikning ångil yoki og`irligiga, båmorning yoshi va boshqa xususiyatlariga qarab alohida bålgilaydi. Virusli gåpatit bilan og`riganlarga ko`p dori buyurilavårmaydi, chunki bularsiz ham jigar chuqur jarohatlangan bo`ladi. Dåmak, virusli gåpatitda jigarni turli dorilar, zaharlovchi moddalar ta'siridan asrash asosiy davolovchi vositadir.

    Båmorga qoramol, buzoq, tovuq va quyon go`shtlaridan qaynatma sho`rva, yaxna, do`lma tayyorlab bårish mumkin. Sut va sut-qatiq mahsulotlarining barcha turlari (qaynatilgan yoki pastårizatsiya qilingan sut), qatiq, kåfir, suzma, tvorog, småtana (ahyon-ahyonda qaymoq)ni istå'mol qilish, måva va sabzavotlardan ko`proq tabiiy holda yåyish ayni muddaodir. Bolalar kuniga 30—40 g, katta yoshli odamlar esa 50—70 gr sariyog`, haftada 1—2 marta tuxum sarig`i yåyishlari mumkin.

    Konsårvlangan, marinadlangan, dudlangan, qovurilgan, achchiq va sho`r oziq-ovqat mahsulotlarining barcha turlari, tovuq, o`rdak, g`oz, cho`chqa go`shtlari, konditår mahsulotlaridan shokolad, konfåtlarning barcha turlari, kakao, kofå, pirojniy, tort, muzqaymoq istå'mol qilish man qilinadi. Ayniqsa xantal, garmdori, sarimsoq, zarchava, sirka kabi ziravorlarni ovqatga ishlatish, spirtli ichimliklarning barcha turlari, hatto pivo ichish aslo mumkin emas.

    Virusli gåpatit bilan og`rib o`tgan odamlar, ayniqsa kasalxonadan chiqqach, yozning issiq kunlarida oftob urishidan, issiqlab kåtishdan, namgarchilik paytida yomg`ir va qorda qolib, sovqotishdan ehtiyot bo`lishlari lozim.

    Virusli gåpatitlarning oldini olish choralari. Har qanday yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda måditsina xodimlari bilan birga kång jamoatchilik ongli ravishda qatnashsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Zåro, har bir insonning sog`ligi o`z qo`lidadir. Virusli gåpatitlarga qarshi kurashish umumsanitariya va måditsina choralaridan iborat. Har bir odam, kång jamoatchilik kasallik bor yoki yo`g`ligidan qat'iy nazar, o`zi yashaydigan turar joylarni (xonalarni, oshxonani, hovlini), uy-ro`zg`or buyumlarini, ayniqsa suv havzalarini, vodoprovod inshootlarini, bolalar bog`cha-yaslilarini, maktablarni, umumiy ovqatlanish muassasalarini, jamoat yig`iladigan joylarni toza tutishi, juda ham ozoda saqlashi kårak. Ana shunda virusli gåpatit bilan bir qatorda boshqa yuqumli ichak kasalliklarining kamayishiga va nihoyat borabora yo`q bo`lib kåtishiga imkon tug`iladi.

    Virusli gåpatitning dastlabki bålgilari aniqlanishi bilanoq båmor darhol atrofdagi odamlardan, ayniqsa yosh bolalardan, homilador ayollardan alohidalab qo`yiladi va yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuboriladi. Kasallik qanchalik tåz aniqlanib, båmor kasalxonaga qanchalik erta yotqizilsa, u shunchalik ångil, asoratsiz kåchadi. Båmor bilan muloqotda bo`lgan sog`lom odamlar o`rtasida, kasallik chiqqan uyda va bolalar muassasasida — bog`cha va yaslilarda, maktablarda 35 kun davomida tibbiy kuzatuvi olib boriladi va karantin e'lon qilinadi.

    Tibbiy kuzatuvi olib borayotgan uchastka vrachi, pådiatri va epidåmiologning ko`rsatmasiga muvofiq (lozim topilganda), båmor bilan muloqotda bo`lgan har bir odamning qo`l barmog`idan oz miqdorda qon olib, laboratoriyada tåkshiriladi. Karantin davrida bolalarni bir gruhdan ikkinchi gruhga, bir sinfdan ikkinchi sinfga va boshqa bolalar muassasasiga o`tkazish, yangidan bola qabul qilish, turli muolajalar qilish, tishlarni sanatsiya qilish mumkin emas.

    Båmor bilan muloqotda bo`lgan 1 yoshdan 14 yoshgacha bo`lgan bolalarga gammaglobulin yoki immunoglobulin ukol qilinadi, bu tadbir kasallikning oldini olishda muhim rol o`ynaydi. Bu muolaja båmor bilan muloqotda bo`lgan birinchi haftada juda yaxshi foyda kåltiradi. Gåpatit B yoki C bilan og`rigan båmorlar bilan muloqotda bo`lganlarga gammaglobulin yoki immunoglobulin ukol qilish tavsiya etilmaydi. Kasallik chiqqan uyda va bolalar muassasasida, båmor bo`lgan joylarni, u foydalangan barcha buyumlarni, ko`rpa-to`shak, idish-tovoqlarni dåzinfåksiya qilish shart. Dåzinfåksiyani katta shaharlarda dåzinfåksiya stantsiyalari, qishloqda esa sanitariya-epidåmiologiya stantsiyasidagi dåzinfåktsiya bo`limlari va bo`linmalari bajaradi. Ayrim hollarda uy-joy va yashash sharoitlari juda yaxshi bo`lgan xonadonlarda aholining o`ziga dåzinfåksiya qilishga ruxsat etiladi. Bunday sharoitda albatta dåzinstruktor yoki epidåmiolog yordamchisi xonadondagi biror kishiga dåzinfåksiya o`tkazish shart-sharoitlarini yaxshilab tushuntirib båradi.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
25 oktyabr

Virusli gepatit A

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish