Navoiy viloyat DSENM
/ / Bobur asarlarida - manaviy barkamollik
/ / Bobur asarlarida - manaviy barkamollik

    Bobur asarlarida - manaviy barkamollik


    Bobur asarlarida - manaviy barkamollik.

    Zaxiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Amir Temurning ogli Mironshoh nabirasi Abusaid Mirzoning ogli Umarshayx oilasida tavallud topdi. Bir falokat yuz berib, Umarshayx vafot etadi. Endi 11 yoshga tolgan Bobur Fargona viloyatining hokimi boladi. Uzoq taxt talashlardan keyin Shayboniyxon tazyiqi ostida 1504 yili u atrofidagi kam sonli askarlari bilan Qobulga borib ornashadi va u yerda 22 yil hukmronlik qiladi.

    XVI asrning birinchi choragida Hindistonda Ibrohimshox Lodiy hukmronlik qilayotgan yillarda davlat ichida nizolar boshlanib, shoxga qarshi harakatlar kuchaydi. Uning amirlaridan Davlatxon Lodiy va Alamxon Lodiy Ibrohimshoxga qarshi kurashda Boburni yordamga chaqiradilar. Bobur Hindistonga yurish rejalarini tuzadi, birinchi navbatda Panjob viloyatini ishgol qilishni moljallaydi. Zero, u Panjobni ulug bobosi Amir Temurdan qolgan meros deb hisoblardi.

    Bobur Qobuldan Hindistonga besh marta yurish qiladi. Beshinchi yurishda, yani 1526 yil 21 aprelda mashhur Panipat jangi boladi. Bu jang Dexli hukmdori Ibrohim Lodiy bilan bolib otadi. Lodiyning yuz mingga yaqin qoshini va mingga yaqin jangari fillari bor edi. Boburiy esa on-on ikki ming askarga ega edi. Bu jangda Bobur yangicha harbiy sanat "tolgama usulini qollaydi. Yetuk sarkardaning kop janglarda orttirgan harbiy tajribasi sulton Ibrohimning tartibsiz kop sonli qoshini ustidan galaba qozonishiga sabab boladi.

    Bobur harbiy aravalarni bir-biriga qattiqboglab, oralariga qurolli mergan yigitlarni joylashtiradi. Ibrohim Lodiy qoshinida kop sonli jangovar fillari shay turgandi. Jang boshlangach, Bobur qoshinlari zambaraklardan ot ochib, dushman old qismini talvasaga solib qoyadi. Shundan keyin mahsus qoshinlar dushmanning ikki tomonidan "tolgama usulida hujum qilib, uni qurshab oladi. Jang maydonida Ibrohim Lodiy halok boladi. Bobur bu jang Shimoliy Hindistonni Dehli va Agra shaharlari bilan qolga kiritadi va u yerda hukmronligini ornatadi. Shundan song Bobur Shimoliy Afgoniston va Shimoliy Hindistonda oz hukmini joriy etib, boburiylar sulolasiga va boburiylar imperiyasiga asos soladi.

    Maxaraja Krishna Devarayya vafotidan song mamlakatda uning ukasi Ayuta Krishna Devarayya (1530-1542 yy.) va ayonlardan Rama Rayya orasida nizolar boshlandi. Ayuta olimidan song amalda davlatni Rama Rayya boshqardi. Bijonagarga qarshi Dekan sultonlari birlashib, 1565 yilda Tolikot yaqinidagi jangda Rama Rayyani maglub etdilar. Shudan song Bijonagarning parchalanishi boshlandi. Imperiyaning sobiqvassallari mustaqil boldilar. Bu zaminda yangi xonlik Maysur davlati paydo boldi.

    Boburning osha vaqtdagi yana bir kuchli raqibi Movar hokimi Rana Sanga (yoki Sangram Sinx) oz qoli ostiga deyarli barcha rajput xonliklarini birlashtirib, Shimoliy Hindistonda hukmronlik qilish niyatida edi. Zor jangovorlik tajribaga ega bolgan Rana Kanga dushmanlari bilan olib borgan janglarda bir kozidan, bir qolidan ajralgandi. Uning oyogiga zambarakdan otilgan yadro tegib singanligi sababli oqsoqlanardi. Bundan tashqari gavdasining turli joylarida qilich va nayzadan 80ta yara izi qolgandi. Bobur Qobulda bolganida Rana Sanga unga kishi yuborib, "Agar hukmdor Dehli viloyatiga kelgudek bolsalar, men Agraga ketaman degan. BiroqBobur Ibrohim Lodiyni yengib, Dehli va Agrani olgach, Rana Sanga unga qarshi chiqadi (1527 y.), Kandar qalasini qamal qiladi va uni egallaydi. Bobur bilan Rana Sanga ortasidagi hal qiluvchi jang 1527 yili 13 martda roy berdi. Boburning jangda qollagan "tolgama usuli (dushman hujumiga tosqinlik qilish maqsadida aravalarni zanjirlar bilan bir-biriga boglash) hamda artilleriya jang taqdirini hal qildi. Rana Sanga qattiqyaralandi. Jang Boburning tola galabasi bilan yakunlandi Alam dogiga chiday olmagan Rana Sanga bir yildan song jon taslim qildi.

    1529 yil 1 mayda Bobur armiyasi Gang daryosini kechib otib, Gagra daryosiga yaqinlashdi. Afgonlar va bengallarga qarshi 6mayda bolgan jangda Bobur Hindistonda uchinchi marta katta galabaga erishib, Shimoliy Hindistonni oz tassarufiga otkazdi. Shundan song Boburiy Shimoliy Afgoniston va Shimoliy Hindistonda oz hukmini joriy etib, boburiylar sulolasiga va boburiylar imperiyasiga asos soldi. 1526 yil 27 aprel kuni Dehlida Bobur podshoh nomiga xutba oqildi.

    Bobur bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bolgan mayda mustaqil xonliklar (rojalar)ni sekin-asta qurol va muzokara yoli bilan birlashtirib, to umrining oxirigacha, yani 1530 yilgacha markazlashgan yirik davlatni vujudga keltiradi.

    Bobur 1530 yil 25 dekabrda 48 yoshida vafot etadi. Javoxarlal Neru "Hindistonning kashf etilishi nomli asarida Boburga baho berib, shunday yozadi: "Bobur hukmdor, dovyurak, sergayrat va epchil inson. U hayot nafosatidan lazzatlanabilgan. "Bobur Hindistonga kelishi bilan u yerda yangi davr va yangi saltanat boshlandi, mamlakat qudrati va shuhrati oshib, boburiylar saltanatining shuhrati butun Osiyo va Yevropa boylab tarqaldi, - deb yozadi. Muallif Bobur haqida gapirarkan uni diniy jaholatdan holi hukmdor bolganligi va hindistonliklarning milliy urf-odatlari, rasm-rusumlarini barbod qilmaganligini alohida takidlaydi. Bobur dovyurak shaxs bolganligini eslatib Neru uning ham jang maydonida, ham sheriyat maydonida bab-baravar javlon urgani haqida hayrat bilan yozadi. Ingliz olimi U.Erkin Boburga baho berarkan, "Biz Osiyodagi hukmdorlar ichida Bobur singari zukko va istedodli kishilarni kamdan kam uchratamiz. Undagi aqlning aktiv faoliyati, xushchaqchaqlik, sovuqqonlik, bevafo taqdirning nayranglariga qaramay, ruhining tetikligi, podshohlar orasida kamdan-kam uchraydigan saxiyligi, mardligi, fanga, sanatga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shugullana olishi jihatidan olib qaraganda Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta ham podshoh topa olmaymiz deb yozadi. Muallif takidlaganidek, Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga yarashib tushgan hukmdorlarning yorqin namoyandalaridan biridir. Uning shaxsi olijanob inson va ulug shoxga mansub bolgan fazilatlaridan tarkib topgan. U jasur va tadbirkor hamda shijoatli sarkarda bolib, kishilarni oz ortidan ergashtira oladigan tashkilotchi lashkarboshi edi.

    XIX asr ingliz olimi Eduard Xolden Bobur haqidaquyidagi sozlarni yozib qoldirgan: "Bobur, olijanoblikka xos qanday xislatlar mavjud bolsa, ularning barchasini egallagan. Agra vaqt va sharoitning xilma-xilligi nazarga olinsa, u paytda Bobur lashkarboshi, mamur va adabiyotchi sifatida TSezar bilan bir qatorda turishga arziydigan shaxs bolib korinadi. Bobur sevishga arziydigan xarakterdir.

    Yirik rus sharqshunosi S.P.Tolstov xam Bobur xaqida shunday satrlarni yozgan: "Fargonalik Zaxriddin Muxammad Bobur Sharqda uygonish davrining eng atoqli siyosiy va madaniy arboblaridan biridir.

    Boburning merosi xilma-xildir. U ham shoir, ham yozuvchi bolgan, musiqa ilmi, sheriy uslub amda arbiy sanat haqida ilmiy risolalar yozgan.

    Hindistondagi Bobur asos solgan sulola 332 yil hukm suradi. Bu yillar hindiston uchun katta inqilobiy ozgarishlar davri boldi. Hindistonning yirik davlat va siyosiy arbobi hamda tarixchi olimi Javoharlal Neruning tarificha, bu yillar zor qudrat, shon-shuhrat yillari boldi. Bu esa mamlakatda, birinchidan, ozaro nizolar va qonli urushlar roy berib turgan vaqtda mayda mustaqil xonliklarga barham berdi, asta-sekin markazlashgan davlat paydo boldi. Ikkinchidan, markazlashgan aloqalarning rivojlanishiga imkon yaratib berdi. Tinchlik tufayli moddiy va madaniy hayot taraqqiy etib, betakror obidalar, qadriyatlar yaratildi. Uchinchidan, hind xalqining xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari va hamkorligi keng kolamda rivoj topdi.

    Shu narsani alohida takidlash lozimki, hindistondagi boburiylar davlati garb tarixiy adabiyotida "Buyuk mogullar imperiyasi deb notogri atalib kelinmoqda. "Buyuk mogullar imperiyasi atamasi XVI asr oxirlarida Akbarshoh hukmronlik qilgan davrda Yevropa tarixchilari tomonidan istemolga kirgizildi. Natijada jiddiy va printsipial xatoga yol qoyildi. Togri, temuriylar avlodidan bir-ikki vakil chingizlar bilan nikoh munosabatlarini ornatgani haqida malumotlar mavjud. Hind olimlari Bobur otasi tomonidan Temurga va ona tomonidan Chingizxon avlodi bilan tutashib ketadi, deb takidlaydilar. Boburning onasi utlug Nigorxonim mogul xoni Yunusxonning qizi edi. U mogullar Movarounnahrda yashab kelayotgan, islom dinini qabul qilgan turk qavmidan edi. Shu bois garb olimlari boburiylarni noorin "mogullar deb atagan bolishlari mumkin. Aslini olganda Bobur bevosita temuriylardan bolib, u Sohibqironning beshinchi avlodidir. Bobur avlodlarini "boburiylar va u hindistonda asos solgan davlatni "boburiylar imperiyasi deb haqiqatni tiklash payti keldi, albatta.

    Bobur oqil, ziyrak, tadbirkor va jasur inson bolishi bilan birga oz zamonining istedodli davlat arbobi, salohiyatli sarkarda, hassos shoir, istedodli adib, adabiyot va sanatning qadrini uluglovchi hamda ilmu fan ravnaqi uchun qaygurgan buyuk donishmand alloma bolgan.

    "Bobur ismining lugaviy manosi "yolbarsdir. Uning jismiga monand bolib, sherdek kuchli, dovyurak, abjir va epchil bolgan. U shunchalik chapdast bolganki, ikki oltigiga ikki odamni olib, qala devori ustidan yugurib mashq qilgan. Har qanday xavf-xatar va qiyinchilikarni pisand qilmagan. Barcha mushkul masalalarni vazminlik bilan hal qilgan.

    Hind olimi L.P.Sharma Bobur shaxsini tavsiflab, "U sahiy, olijanob, mard, maftunkor, sevimli va juda madaniyatli kishi edi... U kishi qalbini va vaziyatni darhol anglab olardi. Musiqaga va bog yaratishga juda ishqiboz edi. Hindistonda juda kop inshootlarni barpo etgan, - deb yozadi. Ingliz sharqshunosi Leyn Paul "Bobur Sharq tarixidagi eng maftunkor shaxs, - deb tariflaydi. Bobur inqirozga yuz tutgan temuriylar davlatini saqlab qolish va mustahkamlash, Orta Osiyoda markazlashgan yirik davlat vujudga keltirish uchun uzoq va qattiq kurash olib bordi. Biroq tarixiy sharoit bunga imkon bermagan, u Afgonistonni, keyinchalik esa hindistonni egallab, katta imperiyani vujudga keltirdi. Boburiylar sulolasi hindistonning siyosiy hokimiyatini mustahhkamlash, madaniyatini rivojlantirishda katta ijobiy rol oynadi.
     
    Entomolog E.R.Umurzaqov

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
26 sentyabr

25 sentyabr

. . .

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish