Navoiy viloyat DSENM
/ / Olat kasalligini kelib chiqishi va tarqalishini bartaraf etishda FVDTning Navoiy viloyati quyi tizimi tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakati mavzusida korgazmali maxsus-taktik oquv mashqi otkazildi
/ / Olat kasalligini kelib chiqishi va tarqalishini bartaraf etishda FVDTning Navoiy viloyati quyi tizimi tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakati mavzusida korgazmali maxsus-taktik oquv mashqi otkazildi

    Olat kasalligini kelib chiqishi va tarqalishini bartaraf etishda FVDTning Navoiy viloyati quyi tizimi tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakati mavzusida korgazmali maxsus-taktik oquv mashqi otkazildi


    Navoiy shahrida 2017 yilning 30 iyun kuni "Olat kasalligini kelib chiqishi va tarqalishini bartaraf etishda FVDTning Navoiy viloyati quyi tizimi tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakati mavzusida korgazmali maxsus-taktik oquv mashqi otkazildi.
    Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining
    2017 yil 23 iyundagi D-19-sonli tashkiliy korsatmasi, Navoiy viloyat hokimi-Fuqaro mahofazasi boshligining 2017 yil 30 iyundagi 12-sonli buyrugi, viloyat sogliqni saqlash boshqarmasining 2017 yil 27 iyundagi
    186-sonli buyrugiga asosan Navoiy shahrida 2017 yilning 30 iyun kuni "Olat kasalligini kelib chiqishi va tarqalishini bartaraf etishda FVDTning Navoiy viloyati quyi tizimi tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakati mavzusida otkazilgan maxsus-taktik oquv mashqi otkazildi.

    Oquv amaliy mashgulotni viloyat favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili A.Nurmatov kirish sozi bilan ochib berdi.

    Jahon sogliqni saqlash tashkiloti va Xalqaro hayvonlar sogligini himoya qilish tashkilotlarining malumotlariga kora, dunyoda insonlar va hayvonlarning ota xavfli yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi boyicha murakkab epizootik-epidemik vaziyat saqlanib qolmoqda. Dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida hayvonlar orasida kuydirgi, quturish, oqsil, olat, brutsellyoz, chechak, bradzot kabi, ota xavfli yuqumli kasalliklar royhatga olingan.

    Xususan, qator Yevropa ittifoqi davlatlari, Rossiya, Xitoy, Mongoliya hamda Ozbekiston bilan chegaradosh Afgoniston, Qirgiziston, Tojikiston va Qozogiston Respublikalarida chorva mollarining quturish, kuydirgi, oqsil, chechak, olat kabi, ota xavfli yuqumli kasalliklarga chalinishi oqibatida davlat iqtisodiyotiga katta miqdorda zarar yetganligi Halqaro epizootik byuroning axborotlarida qayd etilgan. Dunyo, Respublika hamda viloyatdagi ota havfli yuqumli kasalliklar boyicha epidemiologik-epizootologik vaziyat

    togrisida atroflicha yoritib malumot berildi.

    Amaliy qism

    Viloyatning Tomdi tumani Yangi chorva shirkat xojaligida doimiy istiqomat qiluchi, kasbi chopon, 150 bosh mayda shoxli molari hamda 19 bosh tuyasi mavjud bolgan fuqaro T.Omonov joriy yilning 27 iyul kuni singlisini korish maqsadida Navoiy shahriga keladi. Uni avtoshahobchadan singlisi hamda uning 5 yoshli Madina ismli qizi kutub oladi. Ular birgalikda singlisini Navoiy shahri Guliston hududida joylashgan uyiga kelishadi. SHu kuni T.Omonov isitma qiladi, holsizlanadi, uni korgan singlisi unga aspiren tabletkasidan beradi. Lekin fuqaroning sogligi yaxshilanmaydi. Singlisi akasidan soraganida 2 kundan buyon xuddi yuqoridagi holatlar takrorlanayotgnligi, otib ketmaganligi hamda bu boyicha xech qaerga murojaat qilmaganligini aytadi. Tuni bemor singlisining uyida otkazadi. Lekin ahvoli yaxshilanmaydi.

    28 iyun kuni soat 9: 00da bemor T.Omonov singlisi hamda jiyani bilan birglikda Navoiy shahrida joylashgan 2-son oilaviy poliklinikaga murojaat qiladi.

     Dastlab ular registraturaga murojaat qiladi, hamshira vaziyat togrisida toliq malumot olganidan song ularni umumiy amalyot shifokori huzuriga yuboradi.

    Shifokor huzuriga bemorning ozi kiradi, qarindoshlari va yana 5 nafar fuqarolar kutish zalida qolishadi.

    Umumiy amalyot shifokori dastlab bemordan uning qayerdanligi, kasbi, oxirgi 6 kunda qayerda bolganligi haqida toliq malumot oladi va uni A 20 kasalligiga gumon qiladi. Shifokor yonidagi hamshiraga ishora qaladi, shundan song hamshira niqobini taqib eshik va derazalarni yonadi.

    Shifokor mavjud vaziyat togrisida xabar berish tartibi boyicha poliklinika bosh shifokoriga xabar beradi va unga muhovaza kiyimlari va vositalarini olib kelishini soraydi. Oz navbatida bosh shifokor ozidan yuqori turuvchi tashkilotlar yani viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi hamda Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari bosh shifokorlariga xabar beradi.

    Shifokor va hamshiralarga olib kelingan muhofaza kiyimlarini tartib bilan kiyishadi.

     Shundan song shifokor bemorni klinik korikdan otkazadi va uning chov soxasida bubon borligini aniqlaydi. Bundan tashqari bemor va uning yaqin qarindoshlari togrisida toliq malumotni jamlaydi.Shu vaqtda viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi va DSENMi korsatmasiga binoan poliklinikaga infektsionist, epidemiolog va laborator shifokori ozlari uchun ajratilgan maxsus avtotransportda kelishadi. Epidemiolog sorishtiruvlari otkaziladi, klinik korikdan otkaziladi hamda laboratoriyaga namuna olinib ketadilar.

     

    Shundan song tartib boyicha evakuatsion gurux kelib bemorni belgalangan tartib boyicha olib ketib yuqumli kasalliklar bolimiga yetkazadi. Poliklinikada bemor bilan muloqotda bolgan barcha shaxslar tibbiy kuzatuvga olinadi. Tadbirlarning oxirida dezinfektsion guruh tomonidan poliklinikada toliq dezinfektsiya tadbirlari otkaziladi. Yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorga belgilangan tartib boyicha tibbiy muolajalar otkaziladi. Muloqotda bolganlar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelinib maxsus palatalarga joylashtiriladi. 

     

    Yakuniy qism

     

     Korgazmali oquv-amaliy mashguloti yakunida barcha qatnashuvchilar ishtirokida otkazilgan amaliy mashgulot saviyasi, tezkorligi, sifati va yol quyilgan kamchiliklar muhokama qilib, ishtirokchilarga tegishli tavsiyalar berildi.

     

     

     

     

     

     
     
     
     
     
     

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
25 sentyabr

. . .

26 sentyabr

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish