Navoiy viloyat DSENM
/ / Tibbiyot innovatsiyasi inson salomatligi kafolati
/ / Tibbiyot innovatsiyasi inson salomatligi kafolati

    Tibbiyot innovatsiyasi inson salomatligi kafolati


    Tibbiyot innovatsiyasi inson salomatligi kafolati

     

    Inson salomatligi eng katta boylik. Shu boisdan ham mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq, xalqimiz salomatligini saqlash, atrof muhit muhofazasi, shuningdek aholining, "Sanitariya epidemiologik osoyishtaligini taminlash masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida alohida etiborga olingan.

    O`zbekiston Respublikasining 2015 yil 26 avgustdagi "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to`g`risidagi Qonuni talablari ijrosi boyicha Navoiy viloyatida sanitariya-epidemiolgik barqarorlikni taminlash maqsadida viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

    Mazkur markazning samarali faoliyatini viloyatimiz aholisi o`rtasida 2016-2017 yillar davomida bir qator yuqumli, jumladan, vabo, o`lat, quturish, ich-terlama, kalta terlama, poliomielit, qizamiq, qizilcha, difteriya, epit parotit, meningokokk kabi kasalliklar qayd etilmaganligi bilan izohlash mumkin.

    Markazning moddiy texnika bazasining yildan-yilga yaxshilanib borayotganligi aholining namunali xizmat korsatishning asosiy omillaridan biri bo`lmoqda.

     

    2012 yilda barcha talablarga javob beradigan loyiha asosida qurilgan yangi binoning foydalanishga topshirilishi ham xodimlarning zamonaviy tartibda faoliyat yuritishlariga yordam berayotganligi aniq.

    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Koreya Respublikasi hukumati moliyaviy komagida grand mablag`laridan samarali foydalanishni taminlash buyicha 2014 yil 4 dekabrdagi "O`zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarga tashhis qoyish sifatini oshirish togrisidagi 333-sonli qarori asosida viloyat DSENMi bakteriologiya hamda parazitologiya laboratoriyalariga 48 turdagi jami 894695307.37 summadagi tibbiy jihozlar va reagentlar keltirilib 2017 yil avgust oyida o`rnatildi. Bugungi kunda laboratoriya mazkur innovatsion jihozlardan samarali foydalanib kelmoqda. Vitek MS-Massisktrometriya metodi asosida 2000ga yaqin bakteriya zamburuglar va tuproq infeksiyalari aniqlanmoqda.

     

    Malumki tibbiyot sohasida innovatsion goyalarni qollashning afzalliklari boshqa sohalardan kora yuz chandon ahamiyat kasb etadi. Masalan zamonaviy incubator termostatlari va sterilizatorlari programmasiga korsatma berilsa, elektr energiyasi ochirilgan vaqti oz ishini toxtatib, elektr berilgach, avtomatik yonib ishlashda davom etadi. Gaz paketlari bilan anerob konteynerlari anaerob mikroblarni diagnostikasi uchun foydalaniladi. Zamonaviy laminar bokslari laboratoriya xodimlarini ish jarayonida xavfsizligini va steril sharoitida ishlashni taminlaydi. Inseniratorlar 825gradus selsiy haroratida ishlash jarayonida 5 daqiqa ichida petle va shisha buyumlarini sterilizatsiya qilib beradi. Zamonaviy filtrlovchi distilyator uskunasi ichimlik suvini diionizatsiya qilib tozalab beradi va bu suvdan laboratoriya ish jarayonlarining hamma bosqichida foydalaniladi.

    Oldin tekshiriluvchi namunalar bakteriologik diagnostikasi klassik usulida tahlillar natijalari hafta davomida aniqlangan bolsa, zamonaviy innovatsion analizatori yordamida biologik material taxlili 2 kunda natija bermoqda.


    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
25 sentyabr

. . .

26 sentyabr

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish