Navoiy viloyat DSENM
/ / O`zbekistonda bezgak eliminatsiyasi sertifikati natijalari to`g`risida
/ / O`zbekistonda bezgak eliminatsiyasi sertifikati natijalari to`g`risida

    O`zbekistonda bezgak eliminatsiyasi sertifikati natijalari to`g`risida


    O`zbekistonda bezgak eliminatsiyasi sertifikati natijalari to`g`risida

    Butun jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Alxan Gtbreysus tomonidan tasdiqlangan sertifikat asosida O`zbekiston Respublikasi  bezgak kasalligidan holi mamlakat sifatida tan olinib, mamlakatimiz 2018 yil dekabr oyida bezgak  eliminatsiyasi sertifikatini oldi.

    O`zbekiston Respublikasiga "Bezgakdan holi mamlakat sertifikati berilishi bezgak kasalligiga qarshi kurashish bo`yicha keng ko`lamda olib borilgan ishlar va bezgak eliminatsiyasi natijalari hisoblanadi.

    Bezgak kasalligining mahalliy holatlari 2011 yildan beri ro`yxatga olinmagan, oxirgi yillarda bezgak kasalligining chetdan keltirilgan ba`zi turlari sporadik holda uchramoqda.

    1961 yilda mamlakatda bezgak kasalligi mahalliy holatlari tugatilgan bo`lsada, 1999 yildan 2011 yilgacha yana mahalliy holatlar ro`yxatga olinishi kuzatildi. Milliy bezgakka qarshi dasturlar 2005 yildan boshlab 2015 yilga qadar Global jamg`arma mablag`lari asosida kuchaytirildi. Turli kasb egalaridan iborat mutaxassislar konsultativ texnik va mobil guruhlari xizmati chora-tadbirlarning yuqori samaradorlik ko`rsatdi.

    Sertifikatsiya olingunga qadar, butun mamlakatimiz bo`ylab bezgak kasalligiga qarshi kurash chora-tadbirlari belgilanib, ushbu tadbirlar samarasiga erishish uchun katta yonalishda ish tashkil etildi.

    2005 yildan hozirgi kunga qadar mamlakatimizning har bir hududlarida bezgak kasalligining har bir holati va o`choqlari haqidagi ma`lumotlar milliy qayd etilish belgilanib, DSENM parazitologiya bo`limi rahbarligida bezgak kasalligiga qarshi olib borilgan chora-tadbirlar to`g`risidagi barcha ma`lumotlar hujjatlar to`plami bazasida yig`ilib borilishi yolga qo`yildi.

    Klinik tahlil laboratoriyalari bezgakni mikroskopiya qilish bo`yicha standart operatsion loyihasiga (SOP) kiritilishi va tashqi nazorat laborator diagnostika sifatini oshirish maqsadida birlamchi bo`g`imdagi tibbiyot xodimlari, ayniqsa, bezgak kasalligi laboratoriya diagnostikasi bo`yicha shug`ullanadigan mutaxassislar, sohaga oid boshqa idora va tashkilot mutaxassislari  o`rtasida bir necha marta seminarlar o`tkazilishi orqali mamlakatimizda bezgak kasalligi bo`yicha hushyorligini oshirishga erishildi.

    Suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi va mudofaa vazirliklariga qarashli tashkilotlari, sanitariya epidemiologiya xizmati mutaxassislari tomonidan birgalikda olib borilgan ishlar bezgak eliminatsiyasini sertifikatlashga erishishda o`z samarasini berdi.

    Bezgak eliminatsiyasini sertifikatsiya hujjatlar to`plamini tayyorlash ishlarida viloyat, shahar va tuman DSENMlardagi parazitologiya bo`lim mutaxassislari kasbiy hamda fidokorona mehnatlari bilan alohida ajralib turdilar.

    Butun jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ekspertlari va Respublika DSENM mutaxassislari tomonidan bezgak kasalligi epidemiologik nazorati va bezgak eliminatsiyasini sertifikatlash bo`yicha yuqori tayyorgarlik olib borilganligi uchun minnatdorchilik bildiradi.

    Shunga ko`ra, Respublika DSENMning 22.12.2018 yildagi 24-8/10481-sonli xatida ko`rsatilgan 1-ilovaga asosan, viloyat, shahar va tuman DSENMlaridagi mutaxassislari bezgak kasalligiga qarshi kurashish va oldini olish borasidagi ishlarini yuqori baholaydi va xodimlarini moddiy rag`batlantirish tavsiya qilindi.

    2019 yil 25 yanvar kuni viloyat DSENM majlislar zalida O`zbekistonda bezgak eliminatsiyasi sertifikati natijalari bo`yicha tantanali taqdirlash bayram tadbiri tashkil etildi.

    O`tkazilgan tadbir davomida shahar va tuman DSENM bosh vrachlari hamda parazitologiya bo`limining faol xodimlariga viloyat DSENM bosh vrachi L.Hojieva tomonidan O`zbekiston Respublikasi "Bezgakdan holi mamlakat sertifikati va faxriy yorliqlar tantanali topshirildi.

     

     


    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
25 sentyabr

. . .

26 sentyabr

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish