Navoiy viloyat DSENM
/ / Quturish kasalligi - belgilari, xususiyatlari, tashxis, davolash va oldini olish
/ / Quturish kasalligi - belgilari, xususiyatlari, tashxis, davolash va oldini olish

    Quturish kasalligi - belgilari, xususiyatlari, tashxis, davolash va oldini olish


    Quturish kasalligi - belgilari, xususiyatlari, tashxis, davolash va oldini olish

     

    Quturish kasalligi quturish virusi (Rabies virus) qozgatadigan virusli kasallik, issiqqon hayvonlar va odamlarda uchraydi. Odamga kasallangan hayvonlar tishlaganda yoki tirnaganda ularning solagi orqali yuqadi. Virus yuqganda markaziy asab tizimining ogir progressiv shikastlanishi kuzatiladi.

    Virus shikastlangan teri orqali asab oxirlari tomon harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga tarqaladi. Kasallik insonlar uchun halokatli hisoblanadi va kasallikni faqatgina favqulodda emlash bilan oldini olish mumkin.

    Jahon sogliqni saqlash tashkiloti malumotlariga kora, har yili 59 000 kishi quturish kasalligidan vafot etadi. Ularning 99 foizi quturgan it tishlashi natijasida kasallangan. Biroq, hayvonlar va insonlar uchun vaktsina mavjudligi quturish hollarda olim korsatkichlarining kamayishiga olib keldi.

    Virus markaziy asab tizimiga tasir qilib, ayniqsa miya yalliglanishiga sabab boladi (oziga xos ensefalit). Mahalliy itlar, mushuklar, quyon va yovvoyi hayvonlar tishlashi va tirnashi orqali insonlarga virus yuqishi mumkin.

    Quturishga qarshi kurash tezkor davo choralariga bogliq boladi.

    Quturish belgilari va alomatlari.

    Odamlarda quturish kasalligining asosiy belgisi gidrofobiya yoki suvdan qorqish snaladi. Avval suv ichishdan qorqish kuzatilsa, keyinchalik suvni korganda va suv haqida gap ketganda ham qorqish belgilari kuzatiladi. Qoshimcha ravishda yutunish mushaklarining titroqli harakati, qorquv, tutqanoq, nafas olishdagi uzilishlar aniqlanishi mumkin.

    Tutqanoq tovush va yoruglik tasiri oqibatida boshlanadi. Bemor hamma narsani sindirib, odamlarga tashlana boshlaydi, zoravon hujumdan keyin jim -falajlikning boshlangich belgisi boshlanadi. Shundan song nafas olish toxtashi va olim sodir boladi.

    Tishlashdan boshlab kasallik belgilari paydo bolgunigacha bolgan vaqt kasallikning inkubatsion davri deb ataladi. Odatda kasallik alomatlari inson kasallanganidan 1-2  otib namoyon bola boshlaydi. Biroq, inkubatsiya davri bir necha kun yoki olti yilgacha chozilishi ham mumkin.

    Quturish gripp kabi alomatlar bilan boshlanadi, jumladan:

     Isitma;

     Mushaklarning kuchsizligi;

     Ogriqlar.

    Bu asosiy belgilaridan tashqari yana tana haroratining 37C gacha kotarilishi, ruhiy tushkunlik, uyquning buzulishi,uyqusizlik, bezovtalik, tishlangan joyda ogriqlar (yara tuzalgan bolsa ham) qayd qilinishi mumkin.

    Quturish virusi insonlarga quturgan hayvonlar tishlashi yoki tirnashi oqibatida jarohat joyiga ularning solagi tushishi natijasida yuqadi. Virusning shilliq qavat yoki ochiq jarohatlarga boshqa yollari orqali tushishida ham kasallanish sodir bolishi mumkin. Virus faqat hayvondan insonga yoki hayvondan va hayvonga yuqishi mumkin. Uning insondan inosnga yuqishi ehtimoli juda kam bolsa-da, tarixda bir necha shunday holatlar qayd etilgan.

    Kishi infektsiyalangan bolsa, virus miyaga asab tolalari orqali tarqaladi. Virus miyada tez va jadal kopaya boshlaydi. Bu faoliyat miya va orqa miyaning kuchli yalliglanishiga olib keladi va bemorning ahvoli tezda yomonlashib, asfiksiya va yurak toxtashi natijasida nobud boladi. Jarohat bosh yoki boyin sohasida bolsa, miya va orqa miya shikastlanishi tezroq boshlanadi. Agar jarohat boyinda bolsa, iloji boricha tezroq tibbiy yordam chaqirish kerak.

    Kasallikni tarqatuvchi hayvonlar.

    Hayvonlar quturishining asosiy belgisi - uning xulqi ozgarishi hisoblanadi: yaxshi uy hayvoni tajovuzkor, yovvoyi va tishlashga shay bolib qoladi.

    Tashxislash.

    Quturish infektsiyasini erta bosqichlarda aniqlash usullari hozircha mavjud emas. Simptomlar boshlanganidan keyin shifokorga insonning tibbiy holatini aniqlashgaqon tahlili yoki toqima analizi yordam beradi. Agar kishi yirtqich hayvon tomonidan tishlangan bolsa, shifokorlar odatda alomatlar paydo bolishidan oldin infektsiyani toxtatish uchun profilaktik vaktsinatsiyani belgilaydilar.

    Odatda laboratoriya diagnostikasi amalga oshirilmaydi, ammo kozning yuzasidan quturish virusi antigenini aniqlab olish usuli mavjud.

    Quturishni davolash

    Hozirgi kunda virus yuqganidan keyin, insonga kasallanishni oldini olish uchun bir qator inyeksiyalar qilinadi. Virus bilan kurashish uchun quturishga qarshiimmunoglobulin beriladi. U quturishga qarshi antitanalarni darhol ishlab chiqilishiga imkon beradi va virusning kirib borishini oldini oladi. Shundan song quturishga qarshi emlashni olish bu kasallikning oldini olishning kalitidir. Vaktsinalar 14 kun davomida beshta inyeksiya ketma-ketligida beriladi.

    Hayvonlarni nazorat qilish xizmati kishini tishlagan hayvonni tekshirish uchun uni izlab topishga harakat qiladi. Hayvon quturmagan bolsa, kishi inektsiyalar olmasligi mumkin. Biroq, hayvon topilmasa, eng xavfsiz harakat chorasi bu davolash usullarini qollashdir.

    Quturishga qarshi vaksina qancha barvaqt olinsa, kasallikning oldini olish ehtimoli shuncha yuqori boladi. Shifokorlar jarohatni sovun va suv yoki yod bilan kamida 15 daqiqa davomida yuvish orqali davolashadi. Keyin immunoglobin yuboriladi va quturishga qarshi emlash boshlanadi.


    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
09 may

9-

29 aprel

- , ...

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish