Navoiy viloyat DSENM
/ / O`tkir diareya kasalligining etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, davolash hamda oldini olish
/ / O`tkir diareya kasalligining etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, davolash hamda oldini olish

    O`tkir diareya kasalligining etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, davolash hamda oldini olish


    O`tkir diareya kasalligining etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, davolash hamda oldini olish

    O`tkir diareya kasalligi – tez-tez ich ketishi bilan kechadigan ichak kasalligi bo`lib, ichak shilliq qavatining yallig`lanishi, ichakning harakati, oziq moddalarni so`rish va shira chiqarish funksiyalarining buzilishi natijasida kelib chiqadi. O`tkir diareya kasalligida ko`pincha ingichka yoki yo`g`on ichakdagi yallig`lanish (kolit) jarayonlari sabab bo`ladi. Me`da va me`da osti bezi faoliyatining buzilishi (axiliya, pankreatit), avitaminozlar, surunkali zaharlanishlar, nerv tizimi regulyatsiyasining izdan chiqishi va boshqa sabablar ham o`tkir diareya kasalligiga sababchi bo`lishi mumkin.

    Ichak peristaltikasi (harakati) kuchayganda ich suyulib, tez-tez keladi, chunki ichakdagi suyuqlik tez harakatlanadi va qonga so`rilib ulgurmaydi. Kishi haddan tashqari hayajonlanganda yoki qo`rqqanida, shuningdek, ichak peristaltikasini kuchaytiradigan ovqat (sabzavot, ho`l meva, kepakli non va boshqalar) ko`p istemol qilganda ham ich ketish holatlari ro`y beradi. Ba`zan me`dada ovqat yetarli hazm bo`lmaganda, me`da osti bezi va jigarning sekret (shira, o`t) funksiyasi buzilganda ovqat yaxshi hazm bo`lmay qolgan paytlarda ham ich ketish holatlari ro`y berishi mumkin.

    Turli mikroorganizmlar (shigellalar, xelikobakter pilori, ichak tayoqchalari mikroblari) va ularning toksinlari (zaharlari) ta`sirida ichaklar, ayniqsa, ingichka ichak shilliq pardasi yallig`lanib, ko`pincha o`tkir diareya kasalligining kelib chiqishiga sabab bo`ladi.

    O`tkir diareya alohida kasallik bo`lmay, balki dizenteriya, ovqatdan bo`ladigan toksikoinfeksiyalar, ich terlama, paratif, vabo, surunkali ichak yallig`lanishi (surunkali enterokolit, kolit) kabi bir qator kasalliklar belgisidir. Shu bois ich ketganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Ichak yallig`langanda goh bijg`ish (achish), goh chirish (sasish) jarayoni kuchayadi. Ingichka ichak yallig`langanda bijg`ish, yo`g`on ichak yallig`langanda chirish jarayoni ustun bo`ladi. O`tkir diareya kasalligining davosi va parhez stoli ham shunga qarab belgilanadi.

    O`tkir diareya kasalligini to`g`ri davolash uchun uning sabablarini bilish va ularni bartaraf qilish kerak. O`tkir diareya kasalligining xiliga va sababiga qarab parhez qilishning ahamiyati katta. Ichakda bijg`ish jarayoni ustun bo`lsa, uglevodli ovqatlar (xamir ovqat, shirinliklar) cheklanib, asosan, oqsilli ovqat (tvorog, tuxum, go`sht yoki baliq) buyuriladi; chirish jarayoni ustun bo`lsa, oqsilli ovqat (ayniqsa go`sht, tuxum) o`rniga uglevodli ovqat (shirinlik, pishirib ezilgan sabzavot), ho`l meva, shovla, shirguruch, shirqovoq va boshqa ovqatlar buyuriladi. Dori-darmon va parhez haqida shifokordan albatta maslahat olish kerak.

    O`tkir diareya kasalligini oldini olish uchun tartib bilan to`g`ri ovqatlanish (ovqatni har kuni ma`lum soatlarda, shoshmasdan, meyorida yeyish), oziq-ovqat mahsulotlarini sifatining buzilishi va aynishidan saqlash, ovqatni yaxshilab pishirish muhim.

    Hayajonlanish, qo`rqishdan kelib chiqadigan (nevrogen) o`tkir diareyaning oldini olish uchun nerv sistemasini chiniqtirish kerak.

    Me`da faoliyatining buzilishidan kelib chiqadigan o`tkir diareyaning oldini olish uchun me`da kasalliklarini davolatish va oldini olish zarur.

    Qo`l, idish-tovoqni toza tutish, og`rigan tishni o`z vaqtida davolatish kabi shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilgan holda profilaktika choralari ko`riladi.

     

    Epidemiolog vrach

    N.Xusenov



    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish