Navoiy viloyat DSENM
/ / 24 aprel Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni!
/ / 24 aprel Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni!

    24 aprel Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni!


    24 aprel  Butunjahon  bezgakka qarshi kurash kuni! 

    Bezgak kasalligini oldini olish ishlari umumjahon ofati ekanligi,  kasallikni bartaraf etilishiga erishish uchun bezgakni davolash va oldini olish bo`yicha milliy dasturlarni bajarilishiga ma`sul tashkilot va korxonalardan tashqari jamoatchilikni jalb qilgan holda erishish mumkin.

    Jahon sog`liqni saqlash assambleyasining 60-sessiyasida ko`pgina mamlakatlarda  bezgak kasalligi   bo`yicha vaziyat keskinlashayotganini korib chiqib, OITS, sil va bezgakka qarshi Global fondi Global strategiya, Jahon bankining Buster dasturi, Bill va Melinda Geyts fondi, Amerika  Qo`shma Shtatlari Prezidentining va boshqa homiylarning  (donorlarning) tashabbusiga ko`ra bezgak kasalligini oldini olishga katta  miqdorda mablag`lar ajratilib bezgak kasalligini oldini olish ishlarini sarhisob qilinish va yangi chora-tadbirlar belgilash sanasi; har yili 25 aprelni Butunjahon  bezgakka qarshi kurash kuni  deb belgilandi.

    JSSTning tashabbusi bilan Toshkent shahrida 2005 yil 18-20 oktyabr kunlari Evropa mintaqa hududida bezgakning mahalliy yuqtirilishini bartaraf etish va uning eliminatsiyasiga erishish  bo`yicha dastur qabul  qilindi. Shu  jumladan O`zbekiston Respublikasi tomonidan ham qollab quvvatlandi va "Kurashdan  Bezgakning Eliminatsiyasiga o`tish Toshkent Deklaratsiyasi tasdiqlandi va 2015 yilda bezgakni dunyo miqyosida to`xtatishni amalga oshirishga erishishni o`z oldiga maqsad qilib olgan.

    Jahon hamjamiyati qabul qilgan ushbu dolzarb mavzuga bizning hududimizda katta e`tibor qaratildi, chunki bizning hamyurtlarimiz ham bezgakka nisbatan epidemik joylarga xizmat safari va boshqa zaruriyatlar tufayli chiqib kelishlari oqibatida kasallanib qolish ehtimolidan holi emas.

    Respublika hududida barcha bezgakning mahalliy yuqtirilishini bartaraf etish va uning eliminatsiyasiga erishish uchun aholiga profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati, kasallik qo`zg`atuvchisi rivojlanishiga yo`l qo`ymaslik chora-tadbirlarini  barcha ma`sul tashkilot va korxonalar bilan hamkorlikda tashkil etish ishlari keng miqiyosda olib borilib, bezgakning mahalliy yuqtirilishini bartaraf etish va uning eliminatsiyasiga  erishish uchun profilaktik chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishi natijasida 2018 yil 16 noyabr kuni mamlakatimiz "Bezgakdan holi hudud sertifikatini qo`lga kiritdi.

    O`zbekiston Respublikasi  "Bezgakdan holi  Davlat to`g`risidagi xalqaro sertifikatini olish Sog`liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, O`zbekturizm sohalarining eng katta yutuqlaridan hisoblanadi. Yurtimizning bezgakdan holi hududligi nafaqat aholi salomatligini mustahkamlash,  balki xorijiy ishbilarmonlar tomonidan  investitsiya kiritish uchun ham keng yo`l ochmoqda.  

    Bezgak hayot uchun o`ta xavfli va yuqumli kasalliklar qatoriga kiradi. Shunday ekan,  bezgakning mahalliy yuqtirilishiga yo`l qo`ymaslik,  sog`ligimiz uchun qayg`urishimiz,  yuqumli kasalliklardan ogoh bo`lishimiz foydadan holi emas. 

     

    Navoiy viloyat DSENM vrachi

    N.J.Egamberdieva


    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
09 may

9-

29 aprel

- , ...

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish