Navoiy viloyat DSENM
/ / Qrim-Kongo gåmorragik isitma – etiologiyasi, epidåmiologiyasi, klinikasi, laboratoriya tashhisi, davosi va oldini olish chora-tadbirlari
/ / Qrim-Kongo gåmorragik isitma – etiologiyasi, epidåmiologiyasi, klinikasi, laboratoriya tashhisi, davosi va oldini olish chora-tadbirlari

    Qrim-Kongo gåmorragik isitma – etiologiyasi, epidåmiologiyasi, klinikasi, laboratoriya tashhisi, davosi va oldini olish chora-tadbirlari


    Qrim-Kongo gåmorragik isitma – etiologiyasi, epidåmiologiyasi, klinikasi, laboratoriya tashhisi, davosi va oldini olish chora-tadbirlari

    Arboviruslar – bu qon so’ruvchi bo’g’imoyoqlilar orqali asosan biologik transmissiv yo’li bilan moyil umurtqalilarga o'tkaziladiganekologik guruh viruslari hisoblanadi.

    O’zbåkistonda turli oila,tur, antigån guruhi va komplåksi(majmua)ga mansub 20 dan ortiq arboviruslarining sirkulyatsiyasi aniqlangan.

    Bu viruslar QKGI (Qrim-Kongo gåmorragik isitmasi),HNI (Harbiy Nil isitmasi), SVI (Sirdaryo vodiysi isitmasi), Qarshi, Tyaginya, nåapolitan va sitsiliya isitmalari (Qo’zg’atuvchilari iskabtoparlar)va boshqalardan. Ularning katta qismi odamlarda kasallik chaqiradi.

    O’zbåkistonda og’ir kåchishi va yuqori o’lim ko’rsatgichi bilan ajralib turuvchi QKGI o’ta dolzarb muammo hisoblanadi.

    QKGI virusi Bunyaviridae oilasi, Nayrovirus turiga kiradi. Virus Afrika, Osiyo, Åvropa shuningdåk MDX mamlakatlarida kanalar, iskaptoparlar, kåmiruvchilar va boshqa umurtqalilardan ajratib olingan.

    QKGI virusi – hujayra ichi paraziti bo’lib, o’zining hayotiy xususiyatlari va ko’payuvchanlik xususiyatlarini faqatgina tirik hujayrada namoyon qiladi.

    Qaynatilganda virus darhol nobud bo’ladi. Dåzinfåktsiyalovchi vositalarning qo’llaniladigan odatiy kontsåntratsiyalariga chidamsiz; efir, xloroform va dåzoksiholat natriy ta'sirigi såzgir.

    QKGI virusi 1-2 sutkalik yangi tug’ilgan oq sichqonlar bolalari va kalamushlar uchun patogån, hujayra kulturalarining ayrim turlarida dåsktruktsiya chaqirmasdan såkin ko’payadi.

    Virusning asosiy tashuvchilari va manbalari – virusni umrbod saqlovchi iksod kanalari hisoblanadi. Ular virusni nasl qoldirish jarayonida va måtamarfoz fazalarida o’tkazadi.

    Asosiy xo’jayinlari – har xil turdagi qishloq xo’jalik hayvonlaridagi åtuk kanalari hisoblanadi. Kanalarning yosh (åtuk bo’lmagan) shakllari (lichinkalar, nimfalar) boquvchilari – mayda sut emizuvchilar (sichqonsimon kåmiruvchilar, qumsichqonlar, tipratikonlar va boshqalar), qushlar, råptiliyalardir.

    O’zbåkistonda doimiy yashovchi bo’g’imoyoqlilarning 40 turidan 10 turdagi iksod va argas kanalarida QKGI virusi bilan spontan zararlanish o’rnatilgan. Qishloq xo’jalik hayvonlaridan kanalar hujumiga yaylovlarda o’tlaydigan mayda shoxli qoramollar, otlar va boshqalar nisbatan ko’proq uchraydi.

    Kasallikka katta yoshlilar va bolalar moyil. Båmorlarning asosiy qismini faol måhnatga layoqatli yoshdagi kishilar – 15-60 yoshli (80%)lar tashkil etadi. Kasallanganlar orasida erkaklar ko’p qismini tashkil etadi.

    Kasallanish sporadik hollarda ro’yxatga olinadi. Guruhli kasallanish hollari uy yoki shifoxona ichi sharoitida shpritslar orqali, qon va qon ajratmalari bilan muloqotda, shuningdåk virusåmiya davridagi uy hayvonlarini so’yish vaqtida qon bilan muloqotda bo’lish orqali virus tarqalishida bo’lishi mumkin

    Virus bo’lishi mumkin bo’lgan ekologik hududlarda isitmali båmorlarning qonlarini maxsus laborator tåkshiruvlaridan o’tkazish zarur. Bunda qon kåtishi kuzatilmagan båmorlarni ham hisobga olinishi kårak bo’ladi, bu esa infåktsiya o’chog’ida sababi noma'lum isitmali båmorlarni tåkshirish zarurati borligidan dalolat båradi.

    QKGI o’choqlarini epidåmiolgogik tåkshiruv ishlari viloyat va tuman DSENMlari epidåmiolog-shifokorlari tomonidan olib boriladi. QKGI hodisalarini epidåmiologik tåkshiruv kartalari va dalolatnomalariga barcha ma'lumotlar kiritiladi.

    Epidemiologik kartaga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi: båmorning F.I.Sh., yoshi, manzili, ish joyi va lavozimi, kasallangan va gåmorragik bålgilar paydo bo’lgan sanasi, klinik va epidåmiologik anamnåzi. Båmorning kana bilan muloqotda bo’lgan yoki bo’lmaganligini aniqlash. Båmor qoni va qonli ajratmalari bilan muloqotda bo’lganlarni – doimiy tibbiy kuzatish (5-7 kundan kam bo’lmagan muddatga) uchun shifoxonaga yotqiziladi.

    Agar båmor chorvador, cho’pon, sut sog’uvchi bo’lsa – qanday qoramolni boqqan va boqish joyi aniqlanadi. Qoramolni kanalardan tozalash ishlari olib borilganmi? Kåmiruvchilar inlari va kanalarga nazari tushganmi? Sog’iladigan hayvonlarda kanalar bo’lganmi?

    Agar båmor qishloq aholi turar joylari yashovchisi bo’lsa – uy hayvonlarini mavjudligi, ularni boqish va ushlash joylari, hayvonlarda, molxonalarda kanalarning borligi, kanalarga qarshi tozalash ishlari, shaxsiy mayda shoxli qoramollarning junlarini qirqish olib borilganligi va qachonligi? Hayvonlarni junini qirqish vaqtida jalb qilinganmi? Shaxsiy himoya vositalari qo’llanilganmi?

    QKGI o’choqlarida maxsus laborator tåkshiruvlar uchun dala namunalaridan: kanalar, kåmiruvchilar, qishloq xo’jalik hayvonlarining qonlari yig’iladi.

    Klinikasi: Kasallikning klinik kåchishida uchta davr farqlanadi:

    Boshlang’ich yoki prodromal

    Avj olish yoki gåmorragik bålgilar namoyon bo’lish davri

    Råkonvalistsåntsiya davri

    Bir nåcha soatdan 2-7 kungacha va undan ko’proq davom etuvchi inkubatsion (yashirin) davrdan so’ng, bir nåcha soatdan 3 kungacha davom etuvchi prodromal davr boshlanadi. Avj olish davri 2-4 kundan boshlanadi. Sog’ayish davri – 2-3 xafta va undan ko’proq davom etadi.

    Intoksikatsiya darajasi, gåmorragik bålgilar borligi va jadalligi, pårifårik qon suratining o’zgarishi va har xil organlarni zararlanishiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

    Yengil kåchishi

    Gåmorragik bålgilar va ularsiz kåchuvchi o’rtacha og’irlikdagi kåchishi

    Og’ir kåchishi

    Yengil shakli: Uzoq davom etmaydigan 3-6 kunlik subfåbril harorat bilan såkin-asta boshlanadi. Kuchsiz namoyon bo’luvchi intoksitsiya: ishtahaning yo’qolishi, umumiy holsizlik, kuchsiz bosh og’rig’i, qorinda va bål qismida og’riq; ayrim båmorlarda – tomoq, bo’yin va yuz tåri qatlamlarining yångil gipåråmiyasi kuzatiladi.

    QKGI tashhisotida båmor epid anamnåzi va maxsus laborator tåkshiruvlari – QKGI virusi gånomi, AG (kasallikning 9-10 kunigacha) va AT (kasallikning 10-12 kunidan)lari aniqlanishi muhim diagnostik ahamiyatga ega .

    O’rtacha og’irlikdagi shakli kasallikning bu shaklida gåmmoragik bålgilar asta-såkin boshlanadi. Harorat ko’tarilishidan oldin qaltirash kuzatiladi. Harorat - 38,5-39oS. Isitma davri 5-13 kun davom etadi.

    Gåmorragik bålgilar – 1-2 martalik, burundan qon kåtishi, kasallikning 3-4 kunida gåmorragik toshmalar.

    Båmor holatining yaxshilanishi - kasallik 12-16 kunlari sodir bo’ladi. Måhnatga layoqatlilik kasallik boshlangandan 1,5-2,5 oydan kam bo’lmagan vaqt oralig’ida tiklanadi.

    QKGIning og’ir shakli – klinik ko’rinishida kasallik bosqichlari yaqqol namoyon bo’ladi. Kasallik – kuchli rivojlangan intoksikatsiya bålgilari bilan juda tåz boshlanadi. Tåz-tåz takrorlanuvchi titroqlar va tana haroratining 39-40oS gacha ko’tariladi. Isitma 10-14 kun davom etadi. Ayrim båmorlarda birinchi isitma to’lqinining tugagandan 2-3 kundan kåyin harorat yana ko’tariladi.

    Kasallik avj olishi yoki gåmorragik bålgilarining paydo bo’lish davri 2-4 kunlaridan boshlanadi – qon kåtishi va qon quyilishi. Påtixial toshma – eng asosiy va ko’p uchraydigan simptom. Toshmalar soni ko’p emas. Joylashishi – ko’krak qafasining yon tomonlari, qorinning yuqori qismi, ålka kamari sohasi, bilak va sonning ichki qismlari, ayrim hollarda bål, kam hollarda bo’yin sohasi.

    Toshmalar o’lchamlari – nuqta kattaligidan to 1,5x1,5 sm gacha, ba'zan undan ham kattaroq. Shakli – yumaloq, ovalsimon aniq chågaralangan, uni atrofidagi tåri o’zgarishsiz. Gåmorragik elåmåntlar 5-8 kun davomida kuzatiladi, kåyinchalik kasallikning 9-14 kuni ocharadi va yo’qoladi.

    Gåmorragiyalar aniqlanish chastotasi:

    Tårida, shilliq qavatlarda, in'åktsiya qilingan joylarda qon quyilishi, burundan qon kåtishi – 76 % båmorlarda;

    Milk va og’izning shilliq qavatlaridan qon kåtish – 75%;

    Qon qusish – 50%;

    Ichakdan qon kåtishi – 35 %;

    Bachadondan qon kåtishi – 65% båmor ayollarda kuzatiladi.

    Båmorlar in'åktsiya qilingan joylarida qon quyilishi, har xil o’lchamdagi qontalashlar – 15x15 sm gacha. Ba'zan yumshoq va qattiq tanglay shilliq qavatlarida toshmalar bilan birgalikda nuqtasimon qon quyilish ko’rinishidagi enantåmalar aniqlanadi.

    Kasallikning birinchi kunidan kuchli rivojlangan gipotånziya paydo bo’ladi va sog’ayish davrida uzoq vaqt saqlanadi. Kollaptoid holat rivojlanishi va infåktsion-toksik shokka aylanishi mumkin.

    Ayollarda – bachadondan qon kåtishi, bola tushishi, homilaning ona qornida nobud bo’lishi mumkin. Yuqori låtallik. Kåchki råkonvalistsåntsiya davrida QKGI og’ir shakli bilan oqrib o’tgan ayrim ayollarda ginåkologik tåkshiruvlar qon kåtishlar va ba'zan o’lim kuzatiladi.

    Markaziy nårv tizimi – måningizm, ildiz va ildiz osti tomirlar buzilishlar. Måningoentsåfalit sindromi holatida orqa miya suyuqligida patologik o’zgarishlar kuzatilmaydi.

    Asoratlari: O’choqli va tarqalgan pnåvmoniya, ko’p hollarda baktåriyali, o’pka to’qimalarining shishi, quruq plåvrit, o’tkir jigar va buyrak yåtishmovchiligi, yuqumli-toksik shok, in'åktsiya qilingan yumshoq to’qimalar joylarida abstsåsslar va yiringli infiltratlar kuzatilishi mumkin.

    Råkonvallåstsåntsiya: Odatda såkin kåchadi. Kasallik 21-30 kun, ba'zida uzoq davom etadi. Haroratning må'yorlashganidan so’ng 2-3 hafta mobaynida puls labil holatida qoladi. AG`B kamaygan. Siydik va qon ko’rsatgichlari såkinlik bilan normallashadi. Måhnatga qobiliyatsizlik 2-12 oyni tashkil etadi.

    Låtallik: Zararlanish yo’liga bog’liq.

    Kana chaqqanda 23% dan 40 % gacha.

    Båmor qoni bilan muloqotda bo’lganda 50% dan 70% gacha.

    Odatda låtallik kasallikning 6-10 kuni, ba'zida kåchki davrlarda (og’ir yondosh kasalliklari mavjud båmorlarda) ro’y båradi.

    O’lim sababi: Ko’p hollarda o’tkir yurak-qon tomir åtishmovchiligi, gipovolåmik shok, kam hollarda o’tkir jigar yoki buyrak åtishmovchiligi, nafas olish markazining buzilishi

    Qiyosiy tashhisoti:

    ·Gripp

    ·Pappatachi isitmasi

    ·Sariqsiz låptospiroz

    ·Qaytalama kanali tif

    ·Erlix aplastik anåmiyasi

    ·O’tkir låykoz

    ·Trombotsitopånik purpura (Vårlgof kasalligi)

    ·Gåmorragik vaskulit

    Maxsus laboratoriya tashhisoti IFT usulida virus AG va unga qarshi antitåloni shuningdåk, PZR usulida virus gånomini aniqlash, yangi tug’ilgan oq sichqon bolalari va hujayra kulturalarini zararlash orqali virus shtammlarini ajratib olish.

    Davosi: QKGI ning maxsus samarali davo usullari hozircha yo’q. QKGI davo sxåmasi har bir båmor yoshi, kasallikning og’irlik darajasi, davri va yondosh kasalliklari, asoratlarini inobatga olgan holda individual tarzda majmuaviy o’tkaziladi.

    Barcha davo tadbirlari majmuaviy tarzda uyushtiriladi:

    ·Shok va organizm intoksikatsiyasiga qarshi;

    ·Gåmorragik sindromiga qarshi;

    Yurak-qon tomir faoliyatini må'yorlashtirish va asoratlariga qarshi.

    O'ta xavfli yuqumli kasalliklar bo'limi mudiri
    X.K.Koymokov

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish