Navoiy viloyat DSENM
/ / Epidemik parotit (tepki) kasalligi qanday kasallik va uning asoratlari
/ / Epidemik parotit (tepki) kasalligi qanday kasallik va uning asoratlari

    Epidemik parotit (tepki) kasalligi qanday kasallik va uning asoratlari



    Epidemik parotit (tepki) kasalligi qanday kasallik va uning asoratlari.

    Epidemik parotit (tepki) otkir yuqumli kasallik. Solak bezlari (ayniqsa, quloq oldi bezining yalliglanishi bilan kechadi. Filtrlanuvchi viruslar qozgatadi. Havo yoli orqali, bemor foydalangan turli idishlardan yuqadi. Epidemik parotit hamma yoshdagi kishilarda, koproq 5-15 yoshdagi bolalarda uchraydi. Inkubatsion davri 18-20 kun. Epidemik parotitda bosh ogriydi, tana harorati kotariladi. Ogirroq hollarda bemor burnidan qon keladi, qusadi, tirishadi. Kasallikning 2-3-kuni quloq oldi bezi shishib, u quloqning bir tomoniga, 1-2 kundan keyin esa 2-quloq atrofiga otadi. Ogiz yopilganda, ovqat chaynaganda ogriq seziladi. Kasallik 8-10 kun davom etadi. Kasallik yumshoq miya pardasining yalliglanishi korinishida ham otishi mumkin. Bu shaklida bolalar qusadi, boshi qattiq ogriydi va meningit belgilari paydo boladi. Nevrit, otit kabi asoratlar qoladi. Zamonaviy tibbiyotning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda shifokorlarimizdan kasallikka erta tashhis qoyish, uning kechishi va oqibatlarini barvaqt aniqlash, asoratlarini oldini olish talab qilinmoqda.

    Epidemik parotit (xalq tilida "tepki deb ataladi) tana haroratining kotarilishi, umumiy intoksikatsiya (zaharlanish), solak va sut bezlari, jinsiy, meda osti va boshqa bezlar bilan bir vaqtda markaziy asab tizimining ogir asoratlari  meningit, meningoensefalit (talvasa va vasvasalar korinishidagi zararlanishi) bilan kechadi. Bu virusli xastalik bolalar ortasida keng tarqalgan bolib, bazan kattalar orasida ham uchrab turadi.

    Infeksiya manbai va dardning kechish jarayoni

    Bolalarda aniqlangan yuqumli kasalliklar orasida epidemik parotit salmogi sezilarli darajada kop uchraydi. Infeksiyaning birdan bir manbai bemor hisoblanadi. U xastalik yashirin davrining oxiri, klinik belgilar yuzaga chiqishidan bir-ikki kun oldin atrofdagilar uchun xavfli hisoblanadi. Dardning yuqish davri kasallikning 9-kunida tugaydi. Ayniqsa, ogil bolalar qizlarga nisbatan 1,5 baravar kop kasallanadi. Xastalik mavsumiy xarakterga ega. Uning yuqori korsatkichi mart-aprel oylariga togri kelsa, past korsatkichi iyul-avgust oylarida kuzatiladi.

    Virus asosan havo-tomchi va bazan muloqot yoli bilan ham yuqadi. Epidemik parotitga moyillik juda yuqori. Inson 3 yoshdan 20 yoshgacha bolgan davrda kasallikka moyilligi yuqori bolib, 2 yoshgacha va 40 yoshdan kattalarda xastalik kamdan kam hollarda uchraydi. Undan song turgun immunitet qoladi.

    Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida xastalik boshlanishi bilan 9-10 kun davomida bemorlar alohida qilinadi. Bemor bolalar kasallikning yashirin davrida 11-21 kun davomida jamoat joylariga yuborilmaydi. Godaklar tirik susaytirilgan parotit vaksinasi bilan 5 oylik va 18 oylikda faol emlanadi.
     

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
26 sentyabr

25 sentyabr

. . .

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish