Navoiy viloyat DSENM
/ / Olat qozgatuvchisi, shakllari, alomatlari, tashxis va davolash
/ / Olat qozgatuvchisi, shakllari, alomatlari, tashxis va davolash

    Olat qozgatuvchisi, shakllari, alomatlari, tashxis va davolash


     

    Olat bakterial kasallik bolib, yevropada orta asrlarda millionlab odamlar olimiga sabab bolgan. Kop tarixiy manbalarda kasallik Qora olat deb nomlanadi.

    Kemiruvchilar va boshqa koplab turdagi hayvonlar olat bakteriyasi bilan zararlangan bolishi mumkin. Odamlar zararlangan kemiruvchilar qoni bilan oziqlangan burga chaqishi orqali kasallikni yuqtirishadi. Odamlar, shuningdek, kasallangan hayvonlarning suyuqliklari yoki toqimalari bilan aloqa qilishda ham infektsiyani rivojlantirishi mumkin. Olatli pnevmoniyasi bolgan insonlar infektsiyani havoga yotal orqali tarqatib, boshqa odamlarga ham yuqtirishlari mumkin.

    Olat kasalligi qozgatuvchisi

    Olatga sabab boladigan bakteriyalar Olat tayoqchalari (Yersinia pestis) deb nomlanadi. Tabiiy sharoitda bakteriyalar yovvoyi kemiruvchilarga zarar yetkazadi. Ushbu kasallik hali ham dunyoning kop qismlarida uchrab turadi, ammo 95% holatlarda Madagaskar va Afrikaning janubiy qismida sodir boladi. Jahon Sogliqni Saqlash Tashkiloti dunyo boylab har yili taxminan 1000-2000 olat holatlari haqida xabar beradi, ammo kop holatlar qayd qilinmaganligi bois, ushbu sonlar bir necha baravar ortiq bolishi ehtimoli bor.

    Kasallangan hayvonlar bilan oziqlanadigan burgalar bakteriyalarni boshqa hayvonlarga yuqtiradi. Sichqon, suslik, kalamushlar, burunduqlar, quyonlar olat bakteriyalarini tashuvchi hayvonlarga misol bola oladi. Bu hayvonlarning tabiiy populyatsiyalarida bakteriyalar past darajada qoladi. Birdaniga kopchilik yovvoyi kemiruvchilar nobud bolganda, bu hayvonlarni chaqgan burgalar odamlarni va uy hayvonlarini ham chaqishi mumkin.

    Olat bilan zararlangan mushuklar odatda jiddiy kasallanib, atrofga yuqumli havo tomchilarini yotal orqali tarqatadi. Itlar kasal bolib korinmasa ham, ular hali ham kasallik tashuvchisi burgalarni uyga olib kelishi mumkin.

    Kasallikning xavf omillari

    Olat uchun xavf omillari, burga chaqishi va shuningdek, kemiruvchilar tasirini ham oz ichiga oladi. Kasallangan mushuklarning tirnashlari yoki tishlashi ham xavf omilidir. Pnevmoniya (olat bakteriyalari tomonidan yuzaga kelgan pnevmoniya)bilan ogrigan bemorlar bilan aloqa qilish kasallanish xavf omilidir.

    Olatning inkubatsion davri

    Kasallik alomatlari va belgilari odatda bakyeriyalar yuqganidan song 2-7 kun otib rivojlanadi, olatli pnevmoniya bolsa, alomatlar bir kunda namoyon bolishi mumkin.

    Olatning shakllari, belgilari va alomatlari

    Kasallik uch shaklda rivojlanishi mumkin, belgilari va alomatlari shakliga qarab turlicha boladi:

    Bubonli olat

    Olatning ushbu shaklida bakteriyalar limfa tugunlari ichiga kiradi, bu esa limfa tugunlarining kattalashishiga va ogrishiga sabab boladi, bu holat bubon deya nom olgan. Shu bilan birgalikda alomatlar orasida isitma, varaja, bosh ogrigi va zaiflik mavjud. Agar kasallik davolanmasa, infektsiya tananing boshqa joylariga tarqalishi mumkin

    Septik olat

    Olatning bunday shakli qonga oqimiga bakteriyalarning kirishi natijasidir. Bu oz-ozidan sodir bolishi yoki bubonik olat asorati sifatida rivojlanishi mumkin. Alomatlar orasida isitma, varaja, kuchsizlik, qorin ogrigi va shok mavjud. Qon ketishi va toqimalarning olishi (nekroz) kuzatilishi mumkin, ayniqsa qol va oyoq barmoqlarida. Bu olik toqimalar qora bolib korinishi mumkin, shuning uchun Qora olat nomini olgan.

    Opka olati

    Kasallikning bu shaklida boshqa turdagi olat alomatlari ham kuzatilishi mumkin, ammo klinik tasvirda pnevmoniyaning oziga xos korinishi mavjud boladi. Bakteriyalar opkagaqon oqimi orqali tarqaladi yoki zararlangan havodan nafas olish orqali togridan-togri yuqadi. Bu togridan-togri yuqishi olatning insondan insonga uzatilishi mumkin bolgan yagona shaklidir. Nafas yetishmovchiligi, kokrak qafasidagi ogriqlar va suyuq yoki qonli yotalish bilan birga kechadi.

    Olat yuqumlimi va qanday tarqaladi?

    Bubonik va septik olat kamdan-kam hollarda odamdan odamga uzatiladi; kasallanish burga infektsiyalangan kemiruvchilarni chaqib, keyin odamlarni chaqishi paytida sodir boladi. Olatli zotiljamni boshqa odamga yuqtirish uchun odatda kasallikka chalingan odam bilan bevosita va yaqin (2 metr atrofida) aloqa qilish talab qilinadi. Olatli pnevmoniya yuqumli shakl hisoblanadi, chunki kasallangan odamlar nafas chiqarishda havo-tomchi yoli orqali bakteriyalarni tarqatishi mumkin.

    Opka olatining yuqumli davri

    Kasallik aktiv infektsiyaga ega odamlarning nafas tomchilari bilan tarqalishi mumkin. Toliq infektsion davr yakuniy aniqlanmagan bolsa-da, opka olatining dastlabki bosqichida (birinchi 24 soat) bemorlar kasallikni tarqalish xavfi yuqori bolmaydi. Shu bilan birga, qon yoki yiring yotalish bilan kechadigan opka olatining yakuniy bosqichida bemorlarda kasallikni tarqatish xavfi juda yuqori boladi.

    Shifokorlar olat kasalligini qanday tashxislaydi?

    Olatning tashxisi kasallangan bemorda qon yoki toqima (masalan, kengaygan limfa tugunidan aspirat) namunasida Yersinia pestis organizmlarini aniqlashga bogliq. Diganostik testlar organizmlarni suniy yetishtirish, bakteriyalar sirt oqsillarini namoyish etish yoki bakteriyalarning genetik malumotlarini aniqlashga asoslangan. Shuningdek, organizm antitanalarining infektsiyaga reaktsiyasini aniqlash uchun testlar ham mavjud.

    Olatni davolash

    Olatni davolashda antibiotiklar qollash samara beradi. Qollaniladigan antibiotiklarga, masalan, Siprofloksatsin, Streptomitsin, Gentamitsin (garamitsin) va Doksisiklin (Vibramitsin, Filiz, atridoks) kiradi. Kasallangan odamlar juda ogir bolib, meyoriy qon bosimini saqlab qolish uchun preparatlar, kislorod va respirator qollab-quvvattlash kabi qoshimcha terapiyaga muhtoj bolishlari mumkin. Yuqumli kasallik tarqalishining oldini olish uchun opka olati bilan ogrigan bemorlarni davolash vaqtida izolyatsiya qilish kerak.

    Olatning yakuni qanday

    Olat juda jiddiy kasallik bolib, kopincha olimga olib keladi. Bubonik olat bilan ogrigan odamlarning taxminan 50 foizi ularning kasalligi davolanmasa halok boladi. Opka olati davolanmasa, odatda har doim olimga olib keladi. Davolash bilan olatli pnevmoniyaga uchraganlarning deyarli yarmi omon qoladi. Antibiotiklar bilan davolash jarayoni qanchalik erta boshlansa, kasallik yakuni shunchalik ijobiy boladi.

    Olatdan saqlanish mumkinmi? Unga qarshi emlash mavjudmi?

    Olatning oldini olish uchun erkin mavjud bolgan vaktsina yoq. Kemiruvchilarning yashash joylarini kamaytirish, yovvoyi hayvonlar bilan aloqa qilishda va potentsial zararlangan hayvonlarning goshti bilan ishlayotganda qolqop kiyish orqali olatni yuqtirish ehtimolini kamaytirish mumkin. Tashqarida yoki burga chaqishi ehtimoli yuqori bolgan joylarda bolganingizda teri va kiyim uchun repellentlardan foydalaning. Ular burgalarni qochiradi. DETA saqlovchi repellentni ham teriga, ham kiyimga, permetrin saqlovchilarni esa faqat kiyimga qollash mumkin.

    Profilaktik chora sifatida olatning malum tasiriga duchor bolgan yoki infektsiyalangan toqimalar yoki tana suyuqliklari bilan bevosita aloqada bolgan kishilarga antibiotiklar berilishi kerak.

     


    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
25 sentyabr

. . .

26 sentyabr

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish