Navoiy viloyat DSENM
/ / Yangi koronavirus nima?
/ / Yangi koronavirus nima?

    Yangi koronavirus nima?


    Yangi koronavirus nima?

    Yangi koronavirus (CoV) koronavirusning yangi shtammidir.

    Xitoyning Uxan shahrida ilk bor aniqlangan yangi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallik 2019 yil koronavirus kasalligi deb nomlandi. Qisqacha COVID-19 nomida "CO" koronani (corona), "VI" virusni (virus), "D" esa kasallikni (disease) anglatadi. Avval ushbu kasallik "2019 yilgi koronavirus" yoki "2019-nCoV" deb nomlangan.

    COVID-19 yangi virus bolib, kuchli o'tkir respirator sindromni va o'tkir respirator virusli infektsiyaning (ORVI) ba'zi turlarini keltirib chiqaradigan viruslar oilasiga tegishlidir.

    Yangi koronavirus qanday tarqaladi?

    Virus havo-tomchi yoli bilan yo'talish va aks urish paytida to'g'ridan-to'g'ri yuqadi. Shuningdek virus bilan ifloslangan yuzalarga tegish orqali ham yuqishi mumkin. COVID-19 virusi bir necha soat davomida buyumlarning sirtida oz kuchini saqlab qoladi, biroq oddiy dezinfeksiya vositalari uni o'ldirishi mumkin.

    Yangi koronavirusning belgilari qanday?

    Yuqori tana harorrati, yo'tal va nafas qisilishikasallik alomatlariga kiradi. Og'irroq holatlarda infeksiya pnevmoniyaga yoki nafas qiyinlanishiga olib kelishi mumkin. Kamdan-kam hollarda kasallik o'limga olib kelishi mumkin.

    Ushbu alomatlar gripp yoki ORVIga o'xshashdir, ular COVID-19 ga qaraganda ancha keng tarqalgan. Shuning uchun odam COVID-19 bilan kasallanganini tasdiqlash uchun tibbiy tahlil qilish kerak. Kasallikning oldini oluvchi asosiy profilaktika choralari o'xshash. Buning uchun qo'llarni sovun bilan tez-tez yuvish lozim. Respirator gigiyenaga rioya qilish muhim - yo'talayotganda egilgan tirsak yoki qog'oz salfetka bilan og'iz va burunni berkiting, song salfetkani yopiladigan axlat idishiga tashlang. Bundan tashqari, grippga qarshi emlash ham foydali.Shubois o'zingiz va bolangizni o'z vaqtida emlatishni unutmang.

    Infeksiyani yuqtirimaslik uchun nima qilish zarur?

    Infeksiyani yuqtirmaslik uchun siz va oilangiz tortta ehtiyot choralarini korishingiz mumkin:

    1. Tarkibida spirt bolgan qo'l tozalash vositalari yoki sovun bilan qo'llarni tez-tez yuvib turish.

    2. Yotalish yoki aks urish paytida og'z va burningizni egilgan tirsak yoki qogoz dastromol bilan berkiting, song dstromolni yopiq axlat idisihga tashlang.

    3. Shamollash yoki isitma alomatlari bolgan har qanday kishi yaqindan muloqotda bolishdan qoching.

    4. Agar sizda yoki bolangizda isitma, yo'tal yoki nafas qisilishi bo'lsa, tibbiy yordam uchun imkon qadar ertaroq murojaat qiling.

    Tibbiy niqob kiyish kerakmi?

    Respirator belgilar, yani yo'talish yoki aks urish holatlarida boshqalarni himoya qilish uchun tibbiy niqobdan foydalanish tavsiya etiladi. Sizda bu alomatlar bo'lmgan holaniqob tutish shart emas.

    Niqobdan foydalanishning samarasini ta'minlash va virus yuqtirish yuqori xavfining oldini olish uchun ularni togri ishlatish, song tegishli ravishda yo'q qilish kerak.

    Infeksiyani to'xtatish uchun faqatgina niqobni qo'llash yetarli emas. Shu bois qo'llarni sovun bilan tez-tez yuvib turish, yotalganda va aks urganda og'iz va buruninni berkitish hamda ORVI yoki grippga xos bo'lgan har qanday belgilarga (yo'tal, aks urish, isitma) ega odam bilan yaqin muloqotda bo'lmaslk zarur.

    COVID-19 bolalarga yuqadimi?

    Bu yangi virusdir va hozircha uning bolalarga yoki homilador ayollarga qanday ta'sir qilishi to'g'risida yetarli ma'lumotga ega emasmiz. Biz har qanday yoshdagi odamlar ushbu infeksiyani yuqtirishi mumkinligini bilamiz. Hozirgi kunga qadar COVID-19 sababli yuz bergan bolala rolimi holati qayd etilmagan. Kamdan-kam hollarda, asosan surunkali kasalliklari bolgan qariyalarda, virus olimga olib kelishi mumkin.

    Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapmiz va yangi ma'lumotlardan sizlarni xabardor qilamiz.

    Agar bolamda COVID-19 alomatlari bo'lsa, nima qilishim kerak?

    Shifokorga murojaat qiling. Shuni esda tutingki, hozir shimoliy yarim sharda gripp mavsumi bolgani uchun COVID-19 belgilari, masalan yo'tal yoki isitma, gripp yoki ORVIholatlarida bo'lishi mumkin .

    Doimiy qo'llarni sovun bilan yuvish hamda respirator gigiyena qoidalariga rioya qilishni davom eting. Bolangizni kasalliklarga qarshi vaqtida emlating. va bolangiz emlanganligiga amin boling - shunda bolangiz boshqa viruslar va bakteriyalardan himoya qilinadi.

    Ozingiz yoki farzandingizda gripp kabi boshqa respiratorli infeksiyalarga xosalomatlar bo'lsa, tibbiy yordam uchun inkon qadar ertaroq murojaat qiling. Infeksiya boshqalarga yuqishining oldini olish uchun jamoat joylariga (ishxona, maktab, jamoat transporti) bormaslikka harakat qiling.

    Oila a'zolarida virus belgilari paydo bo'lganda nima qilish kerak?

    Sizda yoki farzandingizda isitma, yo'tal yoki nafas olish qiyinlashuvi alomatlari paydo bo'lsa, imkon qadar tezroq tibbiy yordam uchun murojaat qilishingiz kerak. Agar koronavirusning yangi holatlari qayd etilgan mintaqaga borgan bo'lsangiz yoki ushbu mintaqalarning biridan kelgan va respirator belgilari mavjud bo'lgan odam bilan yaqin aloqada bo'lgan bolsangiz, darhol bu haqda oz shifokoringizga xabar bering.

    Qanday qilib qo'llarni to'g'ri yuvish kerak?

    1-qadam. Qo'lingizni oqayotgan suv bilan namlang.

    2-qadam. Nam qo'llarga yetarli miqdorda sovun suring.

    3-qadam. Qo'llaringizni bir-biringizga ishqalab, yuzalarini, ichki qismini, barmoqlar orasini va tirnoq ostini kamida 20 soniya davomida ishqalang.

    4-qadamQo'llaringizni oqayotgan suv ostida yaxshilab yuving.

    5-qadam. Qo'llaringizni toza mato yoki bir marta ishlatiladigan sochiq bilan quriting.

    Qo'lingizni tez-tez, ayniqsa ovqatlanishdan oldin, burningizni qoqqaningizda, yo'talganda yoki aks urgandan keyin va xojatxonadan keyin yuvib turing.

    Sovun va suv bolmagan holda, tarkibida kamida 60% alkogol mavjud qo'l antiseptigidan foydalaning. Qo'llaringiz ifloslangandaularni albatta sovun va suv bilan yuving.

    Jamoatchilik bilan ishlash bolimi mudiri

    Sh.D.Djalolov



    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish