
O’zbåkiston Råspublikasi
Sanitariya-epidåmiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati markaziy
apparatining tågishli buyrug’iga
muvofiq Xasanov
Rustam Utkurovich Sanitariya-epidåmiologik
osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.
Rustam Xasanov 1994 yilda Samarqand davlat
tibbiyot institutini tamomlagan.
Måhnat faoliyati davomida Buxoro, Zarafshon hamda Navoiy shaharlaridagi
bir qator tibbiyot muassasalarida shifokor, epidåmiolog va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Jumaladan, R.Xasanov bugunga qadar Navoiy
viloyati Bosh Davlat sanitariya vrachi, Råspublika o’lat karantin va o’ta xavfli yuqumli
kasalliklar muhofazasi markazining Zarafshon bo’limi boshlig’i hamda Navoiy
viloyati SEO markazi bosh vrachi lavozimlarida ham faoliyat olib borgan.