Navoiy viloyat DSENM
/ / Askaridoz kasalligi va uning profilaktikasi
/ / Askaridoz kasalligi va uning profilaktikasi

    Askaridoz kasalligi va uning profilaktikasi


    Askaridoz askaridalar tomonadan qo'zg'atiluvchi, boshlang'ich bosqichda allergik, so'nggi bosqichida ko'proq ichak sindromi bilan kechuvchi surunkali kasallik.

    Boshqa o'lkalarga nisbatan O'zbekistonda bu kasallik kam kuzatiladi. Tog'li hududlarda askaridoz o'choqlari ko'proq uchraydi.

    Etiologiya va patogenezi

    Qo'zg'atuvchisi - askaridalar (Ascaris lumbricoides) yirik nematodlar bo'lib, erkagining uzunliga 15-25 sm, urg'ochisining uzunligi esa 24-44 sm.ga yetadi).

    Yetilgan askaridalar odamning ingichka ichagida (bittadan bir necha donagacha) parazitlik qilada. Ularning umri bir yil bo'lishiga qaramasdan, qayta yuqishi tufayli ichakda ko'p yillab saqlanadi.

    Har bir urg'ochi askarida bir kunda 200000 ga yaqin (ham urug'langan ham urug'lanmagan) tuxum qo'yadi. Najas bilan ajralgan gijja tuxumining keyingi, invazion bosqichigacha bo'lgan rivoji tashqi muhitda (asosan tuproqda) kechadi.

    Gijja tuxumlari ingichka ichakka tushganida ulardan lichinkalar rivojlanib, vena oqimi orqali o'ng yurak bo'limi va o'pkaning qiltomirlariga yetib boradi va faol harakat qilib, qiltomir devorini teshib o'tgach, alveolalar va so'ngra bronxiolalarga, keyinchalik traxeya orqali tomoq va og'izga tushadi. U yerdan so'lak bilan yutilib, ingachka ichakka qayta tushadi va rivojlanib, yetilgan askaridalarga aylanada. Lichinkalarning mitratsiyasi 2-3hafta davom etadi. Umuman olganda odamga yuqqanidan boshlab, to askaridalar yetilib tuxum ajrata boshlaguncha – 2,5-3 oy vaqt o'tadi.

    Epidemiologiyasi.

    Gijja tuxumining invazion lichinka darajasigacha rivojlanishi asosan tuproqda, mo'tadil harorat (13030°S daraja), namlik va kislorod mavjudligida 12-14 kun davom etadi. Askarida tuxumlari bemalol qishlay oladi – 30°S daraja sovuqda ham nobud bo'lmaydi.

    Askaridozning birdan bir manbai odam hisoblanadi. Ayniqsa maktabgacha va maktab yoshida bo'lgan bolalarning epidemiologik ahamiyati katta. Yuqish asosan og'iz-najas yo'li bilan sodir bo'ladi. Ko'pincha odam axlatini go'ng sifatida ishlatib yetkazilgan sabzavot, ko'katlarni va ayniqsa qulupnayni iste'mol qilish oqibatida yuqadi. Ko'proq bolalar va sabzavot yetishtiruvchi dehqonlar kasallanadi.

    Klinikasi.

    Kasallikning migratsion bosqichi 5-7 kun davom etib ba'zan belgilarsiz o'tadi. Kasallik yuqqanidan 2-3 kun keyin bemorda quvvatsizlik, ba'zan isitma, terida urtikar toshma, yoki eshakemi ko'riladi, qo'l va oyoq barmoqlarida mayda pufakchalar toshadi. Limfatik tugunlar, jigar va taloq kattalashadi. Bu bosqichda asosan o'pka sindromi xos: bemor quruq yoki balg'amli yo'taladi, hansirab nafas oladi, kukragida og'riq sezadi, ba'zan bo'g'ilib, ko'karadi,qon tupuradi. Eshitib ko'rilganda bronxopnevmoniyaga xos belgilar ko'rinadi. Bu o'zgarishlar qonda eozinofillarning ko'payishi (30-40% gacha) va ECHT ning ortishi bilan kuzatiladi.

    Kasallikning keyingi (ichak) bosqichi ko'pincha oshqozon-ichak va nerv sistemalari faoliyatining buzilishi alomatlari bilan namoyon bo'ladi. Bemorning ishtahasi buziladi, tez-tez ko'ngli ayniydi, so'lak ajralishi ko'payadi, qorni og'riydi, uyqusi buzilib ish qobiliyati pasayadi. Injiq va tajang bo'lib qoladi. Ichining kelishi ba'zan suyuq, ba'zan esa qabziyat bo'ladi. Kamdan-kam hollarda tutqanoq xurujlari va hatto meningial alomatlari kuzatiladi. Qonda biroz eozinofiliya, ba'zan gipoxrom anemiya va trombotsitopeniya bo'ladi.

    Asoratlari

    Pariantlar ichakda ilgari o'tkazilgan operatsiya choklarini yirtishi va oqibatda peritonit rivojiga sabab bo'lishi mumkin. O'rmalab kirishi oqibatida o'tkir appenditsit, obturatsion (safro dimlanib qoladigan) sariq kasalligi, yiringli xoleststit, jigar absessi va og'ir pankreatit rivojlanishi mumkin. ichak tutilishi, ayrim hollarda bolalar uyqusi vaqtida, askaridalarni o'rmalab oshqozon, qizilo'ngach, tomoq orqali traxeyaga o'tib, bo'g'ilib qolishi oqibatida o'lim hollari ham kuzatiladi.

    Tashhisi

    Askaridozni migratsion davrida aniqash ancha mushkul. Epidemiologik anamnezi mos kelgan taqdirda, yuqori eozinofiliya hamda o'pka jarohatlanishi alomatlari bo'lgan har bir bemor askaridozga shubha qilinmog'i kerak. Ayrim bemorlarning balg'amida askarida lichinkalarini topish mumkin.

    Askaridozning ichak bosqichida bemor ahlatida gijja tuxumini topilishi eng oson va eng samarali usul hisoblanadi. Ichakni rentgen orqali ko'rish usuli ham ba'zan qo'l kelishi mumkin.

    Profilaktikasi

    Askaridozga qarshi olib boriladigan choralar bir vaqtda, kompleks ravishda olib borilgan taqdirdagina samara barishi mumkin. Ular kasallik manbaini zararlantirish (bemorni davolash) va yuqish yo'llarini qirqishga (tuproqqa, suvga va ulardan sabzavot, ho'l mevalar va qo'lga askarida tuxumlari tushmasligiga) qaratilmog'i kerak. Umuman olganda aholining sanitariya madaniyatini hamda ichak kasalliklari (ayniqsa ularning yuqish yo'llari) haqidaga ma'lumotini oshirish juda mug'im ahamiyatga ega.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79)2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz; nvi.vil.dsenm@minzdrav.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish