Navoiy viloyat DSENM
/ / Gimenolepidoz kasalligi epidemiologiyasi va profilaktikasi
/ / Gimenolepidoz kasalligi epidemiologiyasi va profilaktikasi

    Gimenolepidoz kasalligi epidemiologiyasi va profilaktikasi


    Gimenolepidoz antroponoz ichak gelmintozi oshqozon-ichak traktining shikastlanishi bilan kechadi. Qozgatuvchisi - Pakana gijja (Hymenolepis nana) odam va bazi sichqonsimon kemiruvchilarda parazitlik qiladi. Morfologiyasi: mayda germofradit sestoda, uzunligi 0,5-5,0 sm, tanasi bogimlardan tuzilgan, boshchasi 4 ta sorgich va ilmoqchalardan iborat. Oxirgi bogimlari toliq yetilgan bogimlardan iborat. Parazitning odam organizmidagi hayoti davomiyligi 1-2 oy. Biroq, kop martalik ekzogen yuqtirish, ichak ichida oz-oziga yuqtirish (autoinvaziya) yoki takroran oz-oziga yuqtirish (autosuperinvaziya) hisobiga invaziya birmuncha uzoq davom etishi mumkin. Odam organizmida yuzlab jinsiy yetilgan gijjalarni aniqlash mumkin.

    Gimenolepidoz qozgatuvchisi pakana gijjaning hayot sikli

    Gimenolepidozning patogenezi

    Gimenolepidozning patogenezida quyidagi omillar muhim rol oynaydi: Parazitning mexanik tasiri lichinkalar ichak vorsinkalarini shikastlaydi, yetilgan gijjalar ichak shilliq pardasini jarohatlaydi. Toksik tasiri parazit toqimalarni lizis qiluvchi modda ishlab chiqaradi. Xojayin organizmining parazit ishlab chiqargan mahsulotlariga sensibilizatsiyasi fermentativ jarayonlarning buzilishi va oqibatda disbakterioz rivojlanadi.

    Gimenolepidozning klinikasi

    sosan subklinik kechadi. Ogriq sindromi: qorinning ong yonbosh sohasida joylashgan simillovchi yoki kesuvchi, xurujli, ovqat istemol qilishga bogliq bolmagan ogriqlar, steatoreya rivojlanadi. Dispeptik sindrom: ishtaha kamayishi, kongil aynish, noturgun botqasimon najas. steno-nevrotik sindrom: bosh ogrishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik va kuchli charchash, tasirchanlik, xotiraning susayishi, parishonxotirlik, mushaklarda talvasali tirishishlar, epileptik tutqanoqlar, teri qoplami oqargan, ozib ketish, tana haroratining kotarilishi. Enterokinaza, ishqoriy fosfataza, fosfolipazalarning aktivligi oshadi. Bazan gipovitaminoz (RR, S, V2)lar rivojlanishi mumkin. Qonda transaminazalar faolligining ortishi jigar faoliyatining buzilganligidan, jigar kattalashuvidan darak beradi, palpatsiyada ogriqli, asosan yosh bollarda. Jigarning antitoksik faoliyati susayadi.

    Gimenolepidozning asoratlari va tashhisoti

    soratlari oshqozon va 12-barmoqli ichak yara kasalliklarining qozishi, mezenterial limfadenit. Tashxisi: najasda gijja tuxumlarining topilishiga asoslanadi. Birmuncha aniq natija beruvchi usullar: Kalantaryan, Fyulleborn, Kato. Nativ surtma kam effektiv. Tashhis sifatini oshirish maqsadida najasni 3 marta kunlik interval bilan tekshirish tavsiya qilinadi. Shu bilan birgalikda bemorga fenasal 0,5-1 g va yengil ich suruvchi dori berish lozim.

    Epidemiologiya va profilaktikasi

    Davolangandan keyin 6 oy mobaynida axlatning 4-6 martalik nazorat tahlilida gelmint tuxumlari topilmagan hollarda bemor sogaygan hisoblanadi. Birinchi tekshiruv davo kursi tugagandan 15 kundan keyin. Invaziyaning barqaror kechgan hollarida (3 va undan ortiq davo kurslaridan keyin samarasizlik) kuzatuv muddati 12 oygacha choziladi, nazorat tahlillari soni 8-10 marta (6 tahlil yilning 1 - yarmida, qolganlari yilning 2-yarmida)ni tashkil etadi. Invaziya tarqalishining sabablari sanitariya-gigiena qoidalarining qopol buzilishi, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik. Profilaktika tadbirlari jamoa (kollektiv)ga yangi kelayotganlarni gimenolepidozga tekshirish.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79)2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz; nvi.vil.dsenm@minzdrav.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
16 aprel

- ()

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish