Navoiy viloyat DSENM
/ / Exinokokkoz
/ / Exinokokkoz

    Exinokokkoz


    Ogir parazitar kasallik hisoblangan exinokokkozning kistoz (pufakcha) va alveolyar (kop uyali) turlari mavjud. Har ikkala turini ham tasmasimon gijjalar turkumiga kiruvchi biogelmentlar paydo qiladi.

    Tabiatda exinokokkning kistoz turi kop tarqalgan. U ichida gijja pufakchalarini, skoleks deb ataladigan lichinka boshchalarini saqlagan exinokokk suyuqligi bilan tolgan pufakdir. Pufakning devori bir necha qavatlar (tashqi fibroz, ichki xitin va germenativ)dan iborat. Tibbiyotda kistoz turi kam uchraydi, unga tashxis qoyish ancha qiyin.

    Exinokokkozning har ikkala turi ham kasallik yuzaga chiqquncha bolgan vaqtda ikki davrni otaydi. Birinchi davrida, asosiy sababchisi hamda egasi hisoblangan goshtxor hayvonlar (masalan, mushuk,it, bori, tulki)ning ichagida tasmasimon gijja holida yashaydi, ikkinchi davrida esa oraliq egasi hisoblangan odam, qoramol yoki qoylarning ichki azolarida pufakcha shaklida rivojlanadi.

    YUQISH YOLLARI

    Exinokokk gijjasining odamga yuqish yoli quyidagicha: avvalo, exinokokk bilan kasallangan hayvonning zararlangan azolarini goshtxor hayvonlar yeganidan keyin, exinokokk pufagi ichidagi gijja lichinkasi boshchasi hayvon ichagining devoriga sorgichlari bilan yopishib rivojlana boshlaydi va tasmasimon bolib, uzunligi 5-6 millimetrga yetadi, 3-4 ta bogindan tashkil topadi.

    Gijjaning oxirgi bogini ozida bir necha yuzlab tuxumlarni yetiltirib, tanadan uzilib, najas bilan tashqariga chiqib turadi. Uzilib chiqqan gijja bogini mustaqil harakatlanish qobiliyatiga ega bolib, osimliklar poyasiga ham chiqadi. Tasmasimon gijja jinsiy yetilgan davrida 500-800 ta gacha tuxum ajratadi, bu tuxumlar ham hayvon najasiga aralashib tashqariga chiqadi.

    Exinokokk gijjasi tuxumlari bilan ifloslangan suv, sabzavot, meva va kokatlarni odam istemol qilganda yoki otxor hayvonlar yeganda tuxumlar ovqat hazm qilish yoliga otadi. Medaga tushgan gijja tuxumining ustki qobigi meda shirasi tasirida erib, ichidan onkosfera deb ataladigan gijja lichinkasi ichak boshligiga chiqadi, ana shu vaqtdan boshlab exinokokkning ikkinchi davri boshlanadi.
    Tuxumdan ajralib chiqqan lichinka ichak devorini teshib, qon tomir ichiga yoki limfaga otadi, qon orqali tananing har qanday azosiga borib joylashishi mumkin. Kopincha darvoza orqali jigarga, qon aylanish tizimi orqali opkada ornashadi.

     

    RIVOJLANISH BOSQICHLARI

    Zararlangan azoda, exinokokk lichinkasining keyingi hayoti boshlanib, finna deb ataluvchi pufakchaga aylanadi. Dastlabki davrlarda, pufakchaning diametri 1-2 millimetrdan oshmaydi, qariyb 5-6 oydan song diametri 2-3 santimetrgacha yetadi.
    Pufakchaning ichki devorlari exinokokkning xususiy germenativ va xitin qobiqlaridan tashkil topadi, tashqi qobigi esa organizmning parazitga javoban reaksiyasi natijasida rivojlangan biriktiruvchi toqimali zich fibroz pardadan iborat boladi. Bu parda yani exinokokk pufagining ichi suyuqlik bilan tola boradi, yillar otgach u 10 litrdan ham ortishi mumkin.

    Odatda, jigar exinokokkozi ham bir necha yillar mobaynida rivojlanadi va dastlabki davrlarda kasallik belgilari yashirin holda kechadi. Exinokokk pufagi kattalashgan sari biqin, yani ong qobirga osti ogrib, ogriq yelkaga va belga otadi, bemorning holi quriydi, tez charchab qoladi, nafasi qisadi, ishtahasi yoqoladi, zardasi qaynaydi, kongli aynaydi, qusadi, ozib ketadi va badaniga eshakem toshadi.

    Kopincha exinokokk pufagi kattalashib ot yollarini ezib qoyishi natijasida safro dimlanib qoladi va har xil darajadagi sariqlik paydo boladi. Bordiyu, exinokokk pufagi opkada joylashsa, osib kattalashganda bemorning borgan sari nafasi qisadi, quruq yotaladi va kokrak qafasi sanchib ogriydi.

    Oxirgi vaqtlarda, shahar aholisi orasida ham exinokokkozga chalingan bemorlar uchramoqda. Bunda kasallik ularga daydi itlar orqali, exinokokk tuxumlari bilan ifloslangan sabzavot, meva va oshkoklarni istemol qilganda yuqishi mumkin. Shuning uchun ham bozordan xarid qilingan poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib, keyin tanovul qilish lozim.

    Exinokokk gijjalar atrofga tarqalishining oldini olish maqsadida qushxonalarda va uylarda soyilgan hayvonlarning kasallangan azolarini kuydirish, daydi itlarni yoqotish kerak.

    Uyda boqilayotgan it, mushuk va boshqa goshtxor hayvonlarni veterinariya tekshiruvidan otkazib, lozim topilsa, gijjasini tushirish tadbirlarini amalga oshirish zarur boladi.
    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79)2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz; nvi.vil.dsenm@minzdrav.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
16 aprel

- ()

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish