Navoiy viloyat DSENM
/ / Quturish - bedavo dard ekanligini bir lahza ham unutmaylik!
/ / Quturish - bedavo dard ekanligini bir lahza ham unutmaylik!

    Quturish - bedavo dard ekanligini bir lahza ham unutmaylik!


    Quturish-barcha issiqqonli hayvonlarda va odamlarda uchraydigan bedavo oʼta xavfli yuqumli kasallikdir. Ushbu kasallik odamlarga asosan quturgan itlar va mushuklarning, shuningdek yovvoyi hayvonlarning (buri, chiyaburi, tulki va boshqalar) tishlashi (tirnashi, soʼlaklanishi) natijasida hayvonlarning soʼlagi orqali odamlarga yuqadi. Kasallikni qoʼzgʼatuvchi virus quturgan hayvonlar soʼlagida boʼladi.

    Respublikamizda odam uchun kasallikning yetakchi manbai itlar hisoblanadi. Oxirgi yillarda quturish kasalligiga chalingan odamlarning 95 foizida itlar va 5 foizida esa boshqa hayvonlar kasallik manbai boʼlgan. Kasallik hayvonlardan hayvonlarga va hayvonlardan odamlarga yuqadi. Quturish odamdan odamga va odamlardan hayvonlarga yuqmaydi. Quturgan itda kasallik alomatlari royobga chiqishidan 10 kun oldin, yaʼni kasallik yashirin davrining oxirgi 10 kunida hamda kasallik boshlanganidan toki ulgunga qadar yuqumli hisoblanadi. Bugungi kungacha quturish kasalligining davolash usullari ishlab chiqilmagan. Quturish kasalligi juda ogʼir kechib, kasallik

    100 foiz oʼlim bilan tugaydi. Quturish kasalligida qiynoqli va daxshatli oʼlim qayd etiladi.

    Bu toʼgʼrida mashxur rus olimi Danilo Samoylovich quyidagicha fikr bildirgan "insoniyat dunyoga kelibdiki, qanchadan-qancha kasalliklarni boshidan kechirgan va koʼrgan, ammo quturish kasalligiga mubtalo boʼlgan bemor ahvolini koʼrishdan ortiq qorqinchli va daxshatliroq holat boʼlmasa kerak".

    Tib ilmining sultoni Ibn Sino ham oʼzining "Tib qonunlari" asarida suvdan qoʼrqa boshlagach birorta ham bemorni davolash yoʼli bilan oʼlimdan olib qolib boʼlmasligini taʼkidlagan, bu kasallikda boshqa yuqumli kasalliklarda kuzatilmaydigan suvdan qoʼrqish, xavodan qoʼrqish kabi kasallik alomatlari kuzatiladi va bemor juda qiynalib vafot etadi. Oʼtmishda bu kasallikka "suvdan qoʼrqish", yaʼni gidrofobiya deb bejiz nom berilmagan.

    Haqiqatdan ham quturish bilan hayvon kasallanadimi yoki odam kasallanadimi, yakuni aniq daxshatli oʼlim.

    Shu bois ham biz kasallikni davolashni emas, balki uni oldini olishni oylashimiz kerak.

    Quturish kasalligining oldini olish bilan nafaqat veterinariya va tibbiyot sohalari xodimlari, balki barchamiz, har birimiz shugʼullanishimiz kerak va shart.

    Quturish kasalligining oldini olishda, hayvonlarni, ayniqsa itlarni saqlash qoidalariga rioya qilish, odamlarda kuturish kasalligining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ming afsus bilan taʼkidlash joizki, aksariyat fuqarolarimiz it saqlash qoidalariga rioya qilishmaydi, itlarini oʼz vaqtida veterinariya koʼrigidan oʼtkazib, quturish kasalligiga qarshi emlatishmaydi.

    Itlar tishlashdan jabr tortayotganlarning 80 foizidan koʼprogʼi aynan egali itlarga toʼgʼri kelayotganligi ham fuqarolarimizning it saqlash qoidadariga rioya qilmayotganliklaridan dalolat beradi.

    Baʼzi fuqarolar uylaridagi iti kasal boʼlsa yoki uni boqa olmasa, yoki boʼlmasa biror bir kishini tishlasa, itlarini koʼchaga xaydashadi yoki yashab turgan joyidan uzoqrok joyga itni adashtirib keladi. Shundan keyin bu itlar qarovsiz, daydi itlarga aylanib qoladi. Bu daydi itlar esa quturish kasalligining asosiy manbai sifatida atrofdagilarga juda katta xavf tugʼdiradi.

    Xozirgi kunda ayniqsa qishloqlarda belgisi bor va kalta ipda itini sayr qildirib yurgan fuqaroni kuzatish amri maxol. Itlar aksariyat xonadonlarda bogʼliqsiz yurishadi, ularning egalari bir aylanib kelsin deb tunda koʼchaga ham chiqarib yuborishadi.

    "Tishlanish"larni 50 foizdan ortigʼi bolalarga va oʼsmirlarga toʼgʼri keladi. Ota-onalar bolalarini itlar bilan, ayniqsa koʼchadagi daydi qarovsiz itlar bilan oynashlariga, ularni uyga olib kelishlariga zinhor yoʼl qoʼymasliklari kerak, zero eʼtiborsizlik va loqaydsizlik soʼngi pushaymonga aylanmasin.

    Koʼchadagi qarovsiz, daydi itlar odamlar uchun quturish kasalligining asosiy manbai ekanligini unutmasligimiz kerak. Xadis va Hayot kitobining 11- juzida "Kim ov iti, chorva iti va ziroat iti boʼlmagan itni ushlab tursa, albatga, uning ajridan har kuni ikki qiyrat noqis boʼladi" deyilgan.

    Islomda it boqishga uchta sabab tufayli ruxsat berilgan:

    1 .Ov uchun it boqsa buladi.

    2.Ekinzorlarni koʼriqlash uchun it boqsa boʼladi.

    3.Qoʼy va boshqa hayvonlarni qoʼriqlash uchun it boqsa boʼladi.

    Boshqa maqsadlarda it ushlab turish shariatga xilof sanaladi. Chunki it najas narsa, u yalagan, hidlagan narsalarni ham najasga aylantiradi. It bor joyga farishtalar kirmaydi.

    It vaqti-bemahal hurib, kishilarni bezovta qiladi. Bushalib ketgan itlar esa, kishilarni qopib olishi, turli jaroxatlarga, kasalliklarga va xatto quturish kasalligiga chalinishiga sabab boʼlishi mumkin. Xonadonlarda saqlanayotgan itlar odamlarni tishlashi katta gunoh hisoblanadi. It baʼzida odamlar uchun "ajal" quroliga aylanadi.

    Odamni it tishlaganida odam nafaqat jismoniy, moddiy va maʼnaviy zararlar koʼradi, balki eng yomoni bu holat oʼlim bilan tugaydigan quturish kasalligining yuqish xavfini toʼgʼdiradi.

    Bu bedavo quturish kasalligidan saqlanish uchun nimalar qilish kerak?

    Javob oddiy, faqat har bir fuqaro quturish kasalligining oldini olish boyicha quyidagi "Oltin koidalarga amal qilsa bas:

    - itni saqlash qoidalariga puxta va muntazam amal qilish;

    - itlarni hududiy veterinariya xizmati idorasiga oʼz vaqtida hisobga qoyib, quturishga qarshi emlatish;

    - egasiz, daydi itlarni paydo boʼlishiga yol qoʼymaslik;

    - imkoni boricha it va boshqa hayvonlar tishlashidan saqlanish choralarini koʼrish;

    - bordi-yu biror bir hayvon tishlasa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat etish va mutaxassis vrachning tavsiyasiga koʼra quturish kasalligiga qarshi emlatish.

    Yuqorida zikr etilgan tavsiyalarga amal qilingan taqdirdagina, biz daxshatli oʼta xavfli yuqumli kasallik hisoblangan quturish kasalligidan oʼzimizni asragan boʼlamiz.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79)2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz; nvi.vil.dsenm@minzdrav.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
16 aprel

- ()

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish