Kasallikni iksod kanalari chaqiradi, ularni qo'llar bilan ezganda (qon bilan aloqa qilish yo'li), shuningdek qon ketish belgilari bo'lgan bemorlarni parvarish qilish paytida (muloqot yo'li) yuqadi. Kasallik mavsumiy xarakterga ega bo'lib, may - avgust oylarida ko'payadi.
Fermerlar, cho'ponlar, veterinariya shifokorlari, shuningdek qo'y va echkilarni junini qirqish bilan shug'ullanadiganlar QKGI bilan kasallanish ehtimoli ko'proq.
QKGI kasalligining kechishi:
Qrim-Kongo gemorragik isitmasi (QKGI) o'zining klinik ko'rinishida bir qator bosqichlarni bosib o'tadi. Shunday qilib virusni organizimga kirgandan so'ng, yashirin davr fazasi boshlanadi (inkubatsiya davri), bu bir necha soatdan 2-7 kungacha davom etadi. Kasallikni boshlanish davri bir necha soatdan 3 kungacha, o’rtacha 2-4 kun davom etadi. Qayta tiklanish (tuzalish) davrining davomiyligi o'rtacha 2-3 hafta yoki undan ko'proq bo’ladi. Kasallikning klinik ko'rinish bosqichlari va inkubatsiya davrining davomiyligi organizimga kirgan virusning miqdori va kasallik qo’zg’atuvchanligiga (patogenligi) bog'liq.
QKGIning asosiy klinik belgilari:
·Umumiy ahvolning yomonlashuv; tana haroratining ko'tarilishi;
·bosh og'rig'i;
·tanada og'riq;
·burun, tish milki va ichki organlardan qon ketish; gemorragik toshma;
·ko'p qusish (ko'pincha qonli)
QKGI profilaktikasi:
Muayyan profilaktika yo'qligi sababli, asosiy e'tiborni individual himoya qilishga qaratilgan tadbirlarga, xususan kana chaqishini oldini olishga, qo'llaringiz bilan ezmaslikka, QKGI bilan kasallangan bemorlar dilan muloqotda do’lganda (doka niqoblar, rezina qo'lqoplardan foydalangan holda, bemorning qoni tananing ochiq qismlariga tushishini oldini olish zarur) ehtiyotkorlik choralarini ko'rish kerak.
Kasalliklarning oldini olish bo‘yicha o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi