Navoiy viloyat DSENM
/ / Ich ketishi (diareya): nima u, nima keltirib chiqaradi va diareya belgilari bolganda nima qilish kerak?
/ / Ich ketishi (diareya): nima u, nima keltirib chiqaradi va diareya belgilari bolganda nima qilish kerak?

    Ich ketishi (diareya): nima u, nima keltirib chiqaradi va diareya belgilari bolganda nima qilish kerak?


    Diareya bu oshqozon-ichak kasalliklarida eng kop uchraydigan simptom hisoblanadi. Bir yoshdan katta bolalarda va kattalarda axlatning sutkasiga 3 martadan kop kelishi va suyuq kelishi diareyahisoblanadi. Diareya kasalligi qorinda ogriq va noxush his bilan birga kuzatilishi mumkin. Bir yoshgacha bolgan ona suti bilan oziqlanadigan bolalarda odatda axlat kelishi necha mahal emizishga bogliq boladi, shuning uchun ularda axlat kelish mahaliva axlat konsistensiyasi odatdagidan ozgarishiga qarab diareya deb xulosa qilinadi.

    Shuni etiborga olish kerakki diareya bu kasallik emas, balki kasallikning bir belgisidir. Qaysi kasallik sababli diareya kelib chiqqanligiga qarab kongil aynishi, qayt qilish, tana haroratini kotarilishi kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin.

    Diareya sabablari

    Kattalarda diareya kasalligining kelib chiqishi sabablari juda kop, lekin asosiy sabab infeksiyadir. Bu yerga iflos qol diareyasi, sayyoh diareyasi, otkir respirator kasallikka bogliq diareyalarni qoshish mumkin. Diareya davolashda odatda muammo bolmaydi, bu albatta davo choralari va dori-darmonni togri tanlashga bogliq.

    Diareyani kop uchraydigan sabablaridan biri bu dizbakteriozdir. Dizbakteriozda ichaklarda organizm uchun foydali bolgan bakteriyalar tashqi tasirlar natijasida kuchsizlanib, kamayib ketadi va natijada ichakda patogen bakteriyalar kopayib ketadi. Dizbakteriozga olib keluvchi tashqi tasirlar juda kop. Ulardan kop uchraydigani antibiotik qabul qilish, notogri ovqatlanish, gormonal preparatlar qabul qilish va boshqalar.

    Diareyani kop uchraydigan sabablardan yana biri bakteriyalardir. Infeksion diareya uchun mavsumiylik xosdir. Kasallik avjiga chiqish oylari may-sentabr oylariga togri keladi. Bu yoz oylarida pishgan meva va sabzavotlarni yaxshi yuvmasdan istemol qilish, ochiq suvhavzalarida chomilish orqali infeksiya yuqtirib olishga bogliq.

    Kattalarda diareya kelib chiqishining sababi bu sayohat paytida, ayniqsa tropik mamlakatlarga sayohat qilgan paytda u yerga xos taomlarni, mevalarni istemol qilishdir. Natijada ich ketishi va qorin sohasida noxushlak bolib mehmonxonadan chiqa olmay butun sayohatni otkazib yuborish mumkin. Shuning uchun sayohat vaqtida notanish taomlarni va mevalarni istemol qilishga ehtiyot bolish, faqat qadoqlangan suv istemol qilish, chontakda doim qol uchun antiseptik bolishi, dori qutisida diareya uchun dori bolishi tavsiya etiladi.

    Infeksion diareyada tana haroratini kotarilishi, qorinda ogriq, dam bolishi, kongil aynishi va qayt qilish, holsizlik kabi simptomlar ham bolishi mumkin. Lekin kop hollarda ich ketishi yagona belgi bolishi ham mumkin.

    Bazi ozuqa moddalarni tugma ozlashtirolmaslik ham diareyaga sabab bolishi mumkin. Masalan, tugma laktaza fermenti yetishmovchiligi bor odam sut mahsulotlari istemol qilsa diareya kelib chiqadi.

    Diareya organizmga qanday xavf tugdiradi?

    Patogen mikroorganizmlar oshqozon-ichak yoliga tushgach tezda kopaya boshlaydi. Ular hayot faoliyati davomida ichak shilliq qavatini yalliglantiruvchi, suv va ozuqa moddalar sorilishiga tosqinlik qiluvchi zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Shuningdek patogen mikroblar organizmda ichak sogligini va mahalliy immunitetini taminlovchi, foydali bolgan bakteriyalar (normal flora)ni kuchsizlanib ketishiga olib keladi. Bular kasallikni yanada ogir kechishiga sabab boladi. Shuning uchun infuksion diareyada ososiy asoratlar quydagilar:

    • Suvsizlanish;
    • Elektrolitlar yoqotilishi (tuzsizlanish);
    • Otkir ozuqa yetishmovchiligi;
    • Diareya bartaraf etilgandan keyin ichaklar normal funksiyasini buzilishi.

    Davolash

    Bolalarda eng katta xavf tugdiruvchi asorat bu suv-elektrolit balansi buzilishidir. Suv-elektrolit balansi buzilishi natijasida barcha azo va toqimalar ishi buziladi. Shuning uchun bemorga elektrolitga boy suvni kop miqdorda ichish tavsiya etiladi. Regidratatsion suyuqlik tayyorlash uchun kukunni dorixonadan sotib olish mumkin. Yoki uyda tayyorlash ham mumkin. Buning uchun qaynatilgan 1 litr suvga bir choy qoshiq tuz va 8 choy qoshiq shakar solib tayyorlanadi.

    Ichaklar faoliyatini buzilshini davolashda bir necha guruhga kiruvchi dori vositalari birga qollaniladi.

    Diareya davolashda Ekobiotik juda yaxshi samara beradi. Ekobiotik tarkibida laktuloza va rux (sink) bor.

    Laktuloza bu yaxshi organilgan prebiotiklik xususiyati kuchli moddadir. Laktuloza organizm uchun foydali bolgan lakto- va bifidobakteriyalar rivojlanishi va kopayishini taminlaydi, ularga bevosita ozuqa modda bolib xizmat qiladi va yashashi uchun qulay muxit yaratadi. Soglom mikroflorani tiklanishi patogen bakteriyalar osishini toxtatadi va ular ajratayotgan endotoksin miqdorini kamaytiradi. Normal mikroflora tiklanishi hisobiga xar-xil patogen mikroblardan himoya qiluvchi mahalliy immunitet mustahkamlanadi.

    Sink (rux) esa bevosita bakteriostatik tasir qiladi. Ichak shilliq qavati regeneratsiyasini kuchaytiradi. Enterotsitlar kiprikchalarini aktivligini oshiradi.

    Enterosorbentlar buyurilishi ham yaxshi samara beradi. Enterosorbentlar oziga patogen bakteriyalar hayoti davomidahosil bolgantoksinlar va gazlarni oziga yutib bemor ahvoli yaxshilanishiga yordam beradi.

    Agar bemorda intoksikatsiya belgilar (isitma, holsizlik, kongil aynishi, qayt qilish) kuchli bolsa davoga qoshimcha antibiotiklar ham beriladi.

    Eslatma! Kichik yoshdagi bolalarda diareya bilan birga isitma, injiqlik, bolani emishi kamayishi, axlatida qon yoki yiring bolishi kuzatilsa yoki bola ahvoli vaqt otgan sari yomonlashayotganligini sezsangiz zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!
    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79)2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz; nvi.vil.dsenm@minzdrav.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
27 may

: , ,

26 may

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish