Navoiy viloyat DSENM
/ / Salmonellyoz u qanday xastalik?
/ / Salmonellyoz u qanday xastalik?

    Salmonellyoz u qanday xastalik?


    Salmonellyoz otkir ichak infeksiyasi hisoblanib, kasallanish holatlari yil davomida kuzatiladi. Lekin yoz-kuz oylarida bu kasallik bilan zararlangan bemorlar soni ortadi. Bunga sabab birinchidan yoz kunlari respublika aholisining kundalik ratsionida termik ishlov berilmasdan istemol qilinadigan turli xil sabzavot, meva va kokatlar kop boladi. Cuv, sabzavot, meva va kokatlar kasallik chaqiruvchi bakteriyalar bilan ifloslangan bolishi mumkin. Shu jumladan, salmonellyoz qozgatuvchilari ham bundan mustasno emas. Bu esa soglom insonlarning turli infeksiyalarni yuqtirish xavfini oshiradi. Sutli va goshtli mahsulotlarda salmonella bakteriyalari kopayish xususiyatiga ega. Shu bilan birga u tashqi muhitga tezda moslashib oladi. Ikkinchidan atrof-muhitning yuqori harorati organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish kuchiga salbiy tasir qiladi. Chanqov bosish uchun haddan tashqari kop suv va ichimliklarni ichish oshqozon shirasi suyuqlashishiga olib keladi. Natijada uning himoyalash vazifasi susayadi.Salmonellyoz otkir ichak infeksiyalari qatoriga kirib, tana haroratining kotarilishi, kongil aynishi, qusish, ich ketishi, najasning oziga xos yashil rangda bolishi, umumiy zaharlanish, baktremiya bilan tavsiflanadi.Infeksiyaning yagona manbai salmonellyoz bilan kasallangan bemor, bakteriya tashuvchi inson va uy hayvonlari (yirik shoxli hayvon, chochqalar, ordak, goz va tovuqlar, kamdan-kam hollarda echki va otlar) hisoblanadi. Kasallanishga sabab bolgan asosiy omillar bu ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilish, zararlangan ochiq suv havzalarida chomilish va suv istemol qilish, bemor bilan muloqotda bolish va shaxsiy gigiena qoidalarga rioya qilmaslik hisoblanadi.Salmonellyoz kasalligi ogiz orqali yuqadi. Bu mikrob goshtli mahsulotlardan sosiska va kolbasada 100-130 kungacha, mol gongida 6 oygacha, xona haroratida 80 kungacha saqlanishi mumkin. Salmonellyoz bakteriyalari 70 darajada 5-10 daqiqada nobud boladi. Bundan xulosa qilish mumkinki bakteriya yuqori haroratga chidamli hisoblanadi.Salmonella bakteriyalari sovuq haroratga chidamli bolib, 0 darajada 115 kungacha, muzlagan gongda 150 kungacha saqlanishi mumkin.Kasallik yosh bolalarda, homilador va qariyalarda nisbatan ogirroq kechadi. Salmonellyoz bilan ogrigan bemorlar davolash profilaktika muassasalari yuqumli kasalliklar statsionarlarida, shifokor kuzatuvi ostida davolanishlari shart.Xastalikning oldini olish uchun uni erta aniqlash va bemorlarni alohida joylashtirish muhim ahamiyatga ega. Aholi yashash joylarini oz vaqtida tozalash, suv va ochiq suv havzalarini ifloslantirmaslik, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish (doimo qollarni sovun bilan yuvish, tirnoqlarni toza saqlash) zarur.Ovqat uchun sifatli mahsulotlarni ishlatishkerak.Meva-sabzavot va kokatlarni toza suv yoki qaynatilgan suv bilan yuvishlozim.Tez buziladigan mahsulotlarni saqlash qoidalariga rioya qilish. Faqat qaynatilgan suvni istemol qilish shart.Ochiq va ifloslangan suv havzalarida chomilish, undan foydalanish taqiqlanadi.Agar tana haroratingiz 38-40 darajagacha kotarilsa, boshingiz ogrib bezovtalansangiz va ishtahangiz pasaysa, shuningdek, intoksikatsiya (zaharlanish) (kongil aynishi, qusish, ich ketish) qorinda ogriq kuzatilsa turar joyingizdagi shifokorga zudlik bilan murojaat qiling.Bemorlarni boshqalardan ajrating va yotqizib qoying. Koproq suyuqlik (qaynatilgan suv yoki "Regidron eritmasi) ichiring. Idish-tovoq, kiyim-kechak, korpa va yostiq jildlarini yuvayotganda zararsizlantiruvchi, xlorli va boshqa dezinfeksiya vositalaridan foylananing. Tezda bemorni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizish va tegishli davo muolajalarini otkazish zarur.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79)2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz; nvi.vil.dsenm@minzdrav.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
27 may

: , ,

26 may

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish