Navoiy viloyat DSENM
/ / TRIXOFITIYA
/ / TRIXOFITIYA

    TRIXOFITIYA


    Zamburug‘lar o‘zining tuzilishi va ayrim xususiyatlariga ko‘ra tuban o‘simliklarga juda o‘xshab ketadi. Ammo xlorofildan mahrum, shuning uchun ham ko‘payish uchun kislorod talab qiladi. Ular havo tarkibidagi ugleroddan organik moddalarni sintez qila olmaydilar shu sababdan, shu sababdan, mahsulotlarni tayyor, ya’ni parchalangan holda oladilar. Demak, birovning hisobiga, ya’ni parazit zamburug‘lar odam yoki hayvonlar tanasida parazitlik qilib faoliyat ko‘rsatishga odatlanishgan. Ayrimlari o‘simliklar yoki daraxtlar bag‘rida tekinxo‘r parazitlik qilib yashashga moslashishgan.
     

    Ayniqsa, ham odamlarga, ham hayvonlarga ayrim paytlari yuqib qoladigan "trixofitiya” kabi kasalliklarni o‘rganish, xalq orasida uning profilaktikasini targ‘ibot qilish tibbyot mikologiyasining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

     

    TRIXOFITIYA QANDAYPAYDOBO‘LADI? – eng keng tarqalgan terining yuqumli-zamburug‘li xastaliklaridan xisoblanadi. Trixofitiya xalq tilida "qo‘tir” kasalligi deb ham ataladi. Uning kelib chiqishiga "trixofiton” turkumiga mansub zamburug‘lar sabab bo‘ladi. Kasallikka aksariyat maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari,ba’zan kattalar ham chalinishi mumkin. Bunda boshning sochli qismi, teri va tirnoqlar zararlanadi.

    Trixofiton turkumiga mansub zamburug‘lar odamlarning sochini,hayvonlarning esa junlarini zararlashiga qarab ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisi, sochlarning tashqa- risida joylashib ularni parchalaydi va shu tariqa keyinchalik terini ham yallig‘lantiradi.

    Trixofitiya kasalligida teri za va chuqur yoki maddalangan-infiltrativ ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Xastalikning yuza ko‘rinishi odamdan-odamga,aksincha, chuqur xili hayvonlardan odamlarga maishiy muloqot paytida yuqib qoladi. Trixofitiya kasalliining yuza yoki chuqur xilini ajratib lish uchun shifokor, albatta, labarotoriya tadqiqot ishlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

     

    KASALLIKYUQUMLIMI? – Yuza trixofitiya aksariyat hollarda bemor bilan bevosita muloqotda bo‘lganda yuqadi.

    Shuningdek, bemor ishlatgan har xil buyumlar taroq, bosh kiyim, sochiq, o‘rin- ko‘rpa va boshqalardan patogen zamburug‘lar yuqishi amaliyotda ko‘p kuzatiladi. Kasallikka asosan bolalar chalinadi, ular xastalikni yillab surunkali trixofitiya bilan og‘rigan kattalardan yuqtirib oladilar. Bunda bolalar boshining sochli qismida kattaligi olchadek keladigan bir nechta kasallik o‘choqlari vujudga kelib,shu soha terisi po‘st tashlab,sochlari siyraklashib qoladi. Zararlangan sochlar mo‘rtlashib, teri dami barobarida sinib tushadi va shu joylar qora nuqtalarga o‘xshab qoladi. Singan sochlar mo‘rtlashib, teri dami barobarida sinib tushadi va shu joylar qora nuqtalarga o‘xshab qoladi, singan sochlar o‘z rangini yo‘qotib, xira tortadi. Kasallik o‘chog‘idagi teri po‘stlari orasidan ilmoqqa o‘xshagan bo‘laklari ko‘rinib turadi. Bolalar boshining zararlangan o‘choqlari qichiydi va qashlayverishi oqibatida zaharli zamburug‘lar terining boshqa joylaridagi tuklariga o‘tib ketadi.

    Keyinchalik bemorning terisida chetlari sal ko‘tarilgan och qizil rangli oval yoki dumaloq yallig‘langan dog‘lar vujudga keladi. Dog‘lar chet tomoni o‘sib bir biriga qo‘shilib,turli ko‘rinishdagi shakllar hosil qilishi mumkin. Chuqur maddalangan infiltrativ trixofitiyada kasallik odamlarga asosan hayvonlardan yuqadi. Bolalarda ko‘proq boshning sochli qismi,kattalarda esa soqol,mo‘y- lovlar zararlanadi. Kasallik o‘choqlari keskin qizarib shishadi. Boshning sochli qismida shishlar paydo bo‘lib,ularni ushlab ko‘rganda qo‘lga hamirdek yumshoq unnaydi,bu o‘choqlar yiringli yallig‘langan soch piyozchalaridan iborat bo‘ladi. Yiringli ushbu o‘choqlardan mog‘or hidi kelib turadi va qo‘l bilan bosilganda yallig‘langan soch ildizlaridan yiring tomchisi chiqadi. O‘choqlarda sochlar tag-tubi bilan yiringlab ketganligi sababli ham sochlar tagidan to‘kilib,ketadi va qayta chiqmaydi. Ayrim bemorlarnig oyoq-qo‘llari va badan terisida qizarib turadigan allergik toshmalar paydo bo‘ladi. Bemorlarning ba’zida tana harorati ko‘tarilib,boshi og‘riydi,shuningdek,bo‘yin va ensa sohasidagi limfa tugunlari shishadi,lohaslik kuzatiladi.

     

    DAVOSIODDIY! – Terining zamburug‘li kasalliklarini davolash mutaxassisga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Hozirgi paytda zamburug‘larga qarshi qator malham,krem va tabletkalar mavjud, hatto, antimikotik shampunlar ham keng qo‘llanilmoqda. Eng muhimi tozalikka va shaxsiy gigienaga rioya qilinsa kasallik hech qachon yuqib qolmaydi.

    Profilaktikasi - Yuqorida ta’kidlaganimizdek, yuza trixofitiyasi odamlardan odamlarga, kasallikning chuqur xili esa uy hayvonlari (qo‘y, sigir, it, mushuk va b.) dan yuqadi. Demak asosiy profilaktik ishlarini mana shu yo‘nalishlarga qaratish lozim.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79)2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz; nvi.vil.dsenm@minzdrav.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
14 iyul

TRIXOFITIYA

12 iyul

O‘LAT

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish