Navoiy viloyat DSENM
/ / Talim muassasalarida COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish boyicha profilaktik va epidemiyaga qarshi choralar majmuasi
/ / Talim muassasalarida COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish boyicha profilaktik va epidemiyaga qarshi choralar majmuasi

    Talim muassasalarida COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish boyicha profilaktik va epidemiyaga qarshi choralar majmuasi


    Maktabgacha talim tashkilotlari, umumtalim va oliy talim muassasalarida (keyingi matnda talim muasasalari) epidemiyaga qarshi tadbirlar muassasa turiga bogliq.

    COVID-19 infeksiyasining pandemiyasi davrida ushbu infeksiyani oldini olish va COVID-19ga shubhali bemorlarni erta aniqlash maqsadida talim muassasalarida talabalar/oquvchilar/tarbiyalanuvchilar va xodimlarning termometriyasi bilan kunlik ertalabki filtr otkaziladi.

    COVID-19 belgilari bolgan bemorlar bilan muloqotda bolgan shaxslarni aniqlash, izolyatsiya qilish va shoshilinch profilaktika qilish muassasaning tibbiy xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. COVID-19 belgilari bolgan bemor aniqlanganda darhol uni izolyatsiya qilish uchun choralar koriladi (buning uchun talim muassasalarida izolyatorlar tashkil etiladi), 103 telefon raqami orqali tez yordam brigadasi chaqiriladi, zaruriyatga kora ular shifoxonaga yotqiziladi yoki uy sharoitida davolanishga yonaltiriladi.

    Ushbu muassasalarning tibbiy punktida izolyatsiya qilingan bemorlar uchun patogenetik va simptomatik dori-darmonlar, shuningdek, dezinfeksiya vositalari bolishi kerak.

    COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorning izolyatsiya qilinishi klinik belgilar yoqolgunga qadar va kasallik yoqligi laboratoriya usulida tasdiqlanishiga qadar amalga oshiriladi. Kasallik qayd qilingan talim muassasasidagi izolyator bemor olib ketilganidan song 20 daqiqa va keyin smena yakunida 30 daqiqa davomida shamollatish amalga oshiriladi, havo kvars yordamida dezinfeksiya qilinadi. Talim muassasalarida dezinfeksiyalovchi vositalarning yetarlicha zaxirasi bolishi shart, ishchi eritmalarni tayyorlash qoidalariga rioya qilish va preparatlardan metodik korsatmalariga muvofiq foydalanish kerak.

    Niqoblarni har 3 soatda va respiratorlar har 6 soatda almashtirish kerak.Ishlatilgan niqoblar aloxida kopga yigiladi, ogzi boylanib chiqindilar uchun konteyneriga tashlanadi.

    COVID-19 belgilari bolganlarni talim muassasalarga kirishiga ruxsat berilmaydi.

    Talim muassasalarining barcha xonalarida shamollatish amaliyoti togri tashkil etilishi kerak.

    Talim muassasalarda amaldagi sanitariya meyor va qoidalariga toliq rioya qilinishi lozim.

    Pandemiya davrida talim muassasalarda "1 ta sinf/guruh - 1 ta xona tizimidagi guruhlanish tamoyillariga rioya qilinishi tavsiya etiladi. Epidemik vaziyatga kora cheklovlar bolganda ommaviy tadbirlar bekor qilinadi (sport tadbirlari, majlislar va boshqa tadbirlar). Bundan tashqari, bolalar tomonidan shaxsiy gigienaga (qol yuvish) amal qilinishi konikmasini kuchaytirish kerak, buning uchun: talim muassasalarida toza suv, sovun, qol uchun antiseptik moddalar mavjudligini taminlash zarur.

     

    COVID-19 profilaktikasida talabalar/oquvchilar/tarbiyalanuvchilar va ota-onalar bilan oz vaqtida korsatilgan tibbiy yordamning axamiyati va oz-ozini davolashni zarari togrisida tushuntirish ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega. Rejalashtirilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi choralar hududiy
    sanitariyaepidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan uvofiqlashtirilishi kerak.

     

    Ushbu profilaktik va epidemiyaga qarshi choralar majmuasi Ozbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi B.Q.Yusupaliev tomonidan 2021 yil 21 avgustda tasdiqlangan "maktabgacha talim tashkilotlari, umutalim, orta maxsus, professional va oliy talim muasssalarida "SOVID-19 koronovirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish boyicha profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni belgilash tartibi buyicha 34-12-sonli uslubiy qollanma asosida tayyorlandi.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79)2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz; nvi.vil.dsenm@minzdrav.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish