Navoiy viloyat DSENM
/ / Otkir yuqumli ichak kasalliklarini oldini olish
/ / Otkir yuqumli ichak kasalliklarini oldini olish

    Otkir yuqumli ichak kasalliklarini oldini olish


    Yilning issiq kunlarida ayniqsa meva, sabzavotlar pishgan faslida aholi, ayniqsa bolalar ortasida otkir yuqumli ichak kasalliklari tez-tez uchrab turadi. Bu kasalliklarni turli mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Kasallikning qozgatuvchisini turiga qarab, kasalliklar ichterlama, salmonelyoz, ichburug, iersineoz, rotavirus, enterovirus kabi nomlar bilan yuritiladi.

    Bu kasalliklarni aksar hollarda bakteriyalar va viruslar qozgatadi.

    Otkir yuqumli ichak kasalliklarida kasallik qozgatuvchilarining manbalari bemor va bakteriya tashuvchilar hisoblanadi.

    Ichburug kasalligi bilan ogrigan bemorning 1 gr. axlatida 1 milliongacha, qorin tifi bilan ogrigan bemor yoki bakteriya tashuvchining 1 gr. axlatida esa 10 million donagacha kasallik tarqatuvchi bakteriyalar bolishi mumkin.

    Ichak infeksiyalari qozgatuvchilarining barchasi tashqi muhitga ancha chidamli boladi. Masalan, qorin tifi mikroblari oqar suvda, sabzavot va mevalarda 5 kundan 10 kungacha, kolmak suvda 1 oygacha, non va non mahsulotlari yuzasida 50 kungacha tirik saqlansa, vabo qozgatuvchilari oqar suvda 18 kundan 5 oygacha, non va non mahsulotlari yuzasida bir necha kun davomida tirik saqlanadi. Vabo qozgatuvchilari suvda, salmonellyoz qozgatuvchilari oziq-ovqat maxsulotlarida qulay sharoitlarda xattoki kopayishi ham mumkin.

    Otkir yuqumli ichak kasalliklarining yuqish yollari bir-biriga oxshash bolsada, ularning har birini yetakchi yuqish omillari bor. Masalan, qorin tifi va vabo kasalliklarida yetakchi yuqish omili suv hisoblansa, ichburug va salmonellyoz kasalliklarida esa yetakchi yuqish omillariga oziq-ovqat mahsulotlari kiradi. Bu guruh yuqumli kasalliklar maishiy-muloqot yoli bilan ham yuqadi.

    Otkir yuqumli ichak kasalliklari mavsumiy yuqumli kasalliklar hisoblanib, bu kasalliklar asosan yilning yoz va kuz fasllarida koproq uchraydi. Kasalliklarning yoz va kuz oylarda koproq uchrashiga bir qancha omillar sabab boladi.

    - Issiq vaqtlarda insonlarning qaynatilmagan suvlarni kop miqdorda ichishlari natijasida oshqozondagi xlorid kislotasining konsentratsiya pasayib ketishi va buning oqibatida organizmning immunobiologik xususiyati (immunitet) pasayadi va kasalliklarga chalinishga zamin yaratadi.

    - Yaxshi saqlanmagan va uzoq muddat turib qolgan ovqatlarni istemol qilganda,

    - Hol mevalarni yaxshi yuvmasdan istemol qilinganda,

    - Shu kasallik bilan ogrigan bemor bilan muloqotda bolganda,

    - Ochiq suv havzalarida chomilgan paytlarda suv bilan mikroblarning organizmga tushishi natijasida,

    - Yosh bolalar istemol qilishi uchun moljallangan suniy ovqatlarni tayyorlash qoidalariga rioya qilinmaganda,

    - Otkir yuqumli ichak kasalliklarining tarqalishida pashshalar ham katta rol oynaydi. Ular iflos joylarga tuxum qoyib, kopayib, kasallik qozgatuvchi mikroorganizmni oziga ilashtirib oladi hamda oziq-ovqat mahsulotlariga qonib, ularga mikroblarni tarqatadi.

    Kasallik qozgatuvchilarining odam organizmiga tushib, toki kasallikning ilk alomatlari paydo bolgunicha malum bir vaqt otadi. Bu davr belgilarsiz kechadi va uni kasallikning yashirin davri deyiladi. Otkir yuqumli ichak kasalliklarida bu davr bir necha soatdan 21 kungacha davom etadi. Salmonellyoz kasalligida yashirin davr 6 soatdan 2 kungacha, ichburug kasalligida 2 kundan 7 kungacha, qorin tifida 7 kundan 21 kungacha va virusli gepatitning "A turida 7 kundan 35 kungacha davom etadi. Bu davr ayrim holatlarda qisqarishi va chozilishi mumkin.

    Otkir yuqumli ichak kasalliklari bilan ogrigan bemorlarda tana haroratining yuqori bolishi, kongil aynishi, qayt qilish, qorin sohasida ogriq bolishi, ishtaxasizlik, umumiy holsizlik, ich ketishi va buning natijasida bemor tanasi suvsizlanib, ogir asoratlar, kuzatilishi mumkin.

    Agarda qayd qilish, ich ketish tana harorati kotarilishi kabi kasallik belgilari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilishlari zarur. Aks holda oz bilganicha, notogri muolaja qilish, antibiotiklardan noorin foydalanish yoki oz vaqtida davo-choralari korilmasligi oqibatida ogir asoratlar kelib chiqishi mumkin.

    Aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash, sanitariya tozaligi va obodonlashtirish ishlarini muntazam amalga oshirish, umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi bilan shugullanadigan korxonalarda sanitariya qoida va talablariga rioya qilish hamda aholini sanitariya madaniyatini kotarish, otkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Bu kasalliklarning oldini olishda shaxsiy gigienaning roli ham juda katta. Otkir yuqumli ichak kasalliklari "iflos qol kasalliklari deb bejiz aytilmagan.

    Ovqatlanishdan oldin, xojatxonadan song, qollarni sovunlab yuvish, tirnoqlarni oz vaqtida olish, qollarni doimo pokiza saqlash, oilada oz sochigidan, toy marakalarda shaxsiy dastromolchadan foydalanish, otkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olishda muhim rol oynaydi.

    Bugungi kunda ham toymarakalarda, oshxonalarda yuzlab kishilar 1-2 ta sochiqqa qol artishadi, kopincha ovqat pishirishga, salat va salqin ichimliklar, sharbatlar tayyorlashda, idish-tovoqlar, qoshiq-sanchqilar, piyola va stakanlar yuvishga tibbiy korikdan otmagan, gigienik bilimlari yetarli bolmagan kishilar jalb etiladi. Bazida idish-tovoqlar shunchaki sovuq suvda chayilib, sochiqlarga artiladi.

    Dexqon bozorlarda yakka tartibda sotilayotgan sifati kafolatlanmagan tayyor oziq-ovqat maxsulotlarining istemol qilinishi va kochalarda sifati kafolatlanmagan qolbola tayyorlangan salqin ichimliklar, sharbatlar, ayron va boshqa ichimliklarni istemol qilish ham otkir yuqumli ichak kasalliklarining qayd etilishiga sabab bolishi mumkin.

    Tashqi muhitni, ayniqsa ochiq suv havzalari ifloslanishining oldini olish, aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash, sifatli suv va oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilish hamda shaxsiy gigiena qoidalariga puxta amal qilish otkir yuqumli ichak kasalliklar oldini olish garovidir.

    Kasallikni davolashdan kora, uning oldini olish ming bor afzal ekanligini unutmasligimiz kerak.

    Kasallikni oldini olish tavsiyalari:

    - Suvni qaynatilgan holda ichish kerak.

    - Birinchi galda ozodalikka rioya qilish, ayniqsa qollarni ovqatdan oldin va hojatdan keyin sovunlab yuvish zarur. Umuman ishda, jamoat joylarda oromgoxlarda shaxsiy gigiena qoidalarga rioya qilish kerak.

    - Har narsani bilib bilmay ogizga solishdan saqlanish kerak. Ayniqsa bozorlardan hol mevalarni xarid qilganingizda tozaligini bilmasdan istemol qimaslik, aksincha mevalarni yaxshilab yuvib istemol qilish.

    - Yaxshi saqlanmagan va uzoq vaqt turib qolgan ovqatlarni yoki salatlarni istemol qilmaslik,

    - Ochiq suv havzalarida chomilganda suvlarni tozaligiga va chomilish jarayonida suv yutmaslikka etibor berish kerak.

    - Sovutgichlarni toza tutish, undagi mahsulotlarni oz vaqtida istemol qilish va tez-tez yangilab turish;

    - Chaqaloqlarni ovqatlantirishda suniy ovqatlarni bolalarga yetarli miqdorda tayyorlab, uzoq muddat saqlamaslik.

    - Kundalik turmushni togri rejalashtirish jismonan faol bolish kerak. Chunki jismoniy harakat insonni qarshilik kuchini (imunitet) chidamli qiladi;

    Atrof-muhitni, yashash xonalarni va aholi umumiy foydalanadigan joylarni doimo ozoda bolishini taminlash kerak.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79)2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz; nvi.vil.dsenm@minzdrav.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish