Navoiy viloyat DSENM
/ / Virusli gepatit nima?
/ / Virusli gepatit nima?

    Virusli gepatit nima?


    Virusli gepatitlar yuqumli kasallik hisoblanib, tibbiyotda uning , V, S, D, Ye, F va G kabi turlari aniqlangan.

    Virusli gepatitning turi qadim zamonlardan beri maʼlum boʼlgan oʼtkir yuqumli ichak infektsiyalari guruhiga kiradigan antrapanoz (odamdan odamga yuqadigan), qoʼzgʼatuvchi RNKni oʼzida saqlovchi virus hisoblanadi. Bu virus pikarnavirus oilasiga mansub va enteroviruslar avlodiga kiradi. Qaynatilganda 5 daqiqada halok boʼladi. Ultrabinafsha nurlari taʼsirida ham virus tezda nobud boʼladi.

    Virusli gepatit  qanday yuqadi?

    Virusli gepatit  ning yashirin davri 30-45 kun. Gepatit  fekal -oral yoʼli bilan, yaʼni virus bemor kishidan sogʼ organizmga  virusi bilan zararlangan oziq-ovqatlar, suv va sut mahsulotlari hamda iflos qoʼl orqali yuqishi mumkin. Virus bemor yoki virus tashuvchi qonida uzoq vaqt saqlanadi hamda uning najasi, peshobi, soʼlagi orqali tashqariga chiqadi va tarqalishiga sabab boʼladi. Gepatit  asosan bogʼcha va boshlangʼich maktab yoshidagi bolalar va 14 yoshgacha boʼlgan bolalarda koʼp uchraydi. 1 yoshgacha boʼlgan bolalarda gepatit  uchramaydi. Sababi ularda onasidan oʼtgan immunitet boʼladi. Gepatit  ning boshlangʼich davrida, yaʼni bemor badani sargʼayguniga qadar koʼpincha tashxis qoʼyish qiyin boʼladi. Binobarin bemorlar kasallikning eng yuqumli davrida kasalxonaga yotqizilmaydi va ulardagi kasallik boshqalarga yuqaveradi. Gepatit  kuz va qish oylarida koʼp uchraydi.

    Virusli gepatit  qanday belgilar bilan namoyon boʼladi?

    Gepatit  ning klinikasi inkubatsion (yashirin ), boshlangʼich, sargʼayish va sogʼayish davrlariga ajratiladi. Gepatit  ning boshlangʼich davri oʼrta hisobda 7-10 kun davom etadi. Bu davrda bemorning badani sargʼaymaydi, eti uvishib qaltiraydi, boshi ogʼriydi, aʼzoyi badani qaqshaydi, tumov belgilari paydo boʼladi, burni bitib tamogʼi ogʼriydi, madori qurib ishtahasi boʼgʼiladi. Gepatitning boshlangʼich davrida bemorning madori qurib, behollik kuchaya boradi. Viruslar bemor organizmidan xastalik yashirin davrining oxirgi kunlari va kasallikning dastlabki 7-10 kuni davomida juda koʼp miqdorda ajraladi. Bemorlarda sariqlik belgilari paydo boʼlishi bilan virusning organizmdan ajralishi ancha kamayadi. Kasallikning bu turi aksariyat hollarda 3-7 yoshgacha boʼlgan bolalarda uchrab, har xil klinik belgilar bilan namoyon boʼladi. ksariyat bemorlarda kasallik oʼtkir boshlanadi. Bemor tana haroratining 38-39 darajagacha koʼtarilishi, ishtahasi yoʼqolib, 2-3 marta ich ketishi, oʼng qovurgʼa ostida ogʼriq paydo boʼlib holsizlanishi va bolalarning yotagʼon boʼlib qolishi kuzatiladi. Koʼngli aynib, 1-2 marta qayt qilishi ham mumkin. sta- sekinlik bilan bemorning peshobi qizaradi, najasi rangsizlanadi, koʼzi va terisida sariqlik paydo boʼladi, jigari kattalashadi. Taʼkidlash lozimki, bemorda sariqlik paydo boʼlishi bilan uning ahvoli yaxshilanadi, harorati meʼyorlashib, ishtahasi yaxshilanadi. Gepatit  aksariyat bemorlarda yengil kechadi va kasallikning surunkali turiga oʼtishi kuzatilmaydi, ayrim hollardagina kasallik ogʼir kechishi mumkin.

    Kasallikning oldini olish

    Bunda quyidagilarga rioya qilish lozim :

    -shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;

    -bolalarni ochiq suv xavzalarida choʼmilishlariga yoʼl qoʼymaslik;

    -meva va sabzavotlarni yuvib isteʼmol qilish;

    -faqat kafolatlangan ichimlik suvidan isteʼmol qilish muhim ahamiyatga ega.

    Virusli gepatit kasalligining oldini olish maqsadida sogʼliqni saqlash vazirligining 2014 yil 25 apreldagi 149- sonli buyrugʼiga asosan 18 oylikdan 7 yoshgacha boʼlgan bolalarni virusli gepatit  kasalligiga qarshi emlanishi yoʼlga qoʼyilgan.

    Virusli gepatitning qaysi turi bilan kasallanishdan qatʼi nazar, xastalikning ilk belgilari paydo boʼlishi bilanoq, shifokorga murojaat qilish kasallik oqibatlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79)2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz; nvi.vil.dsenm@minzdrav.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish