Navoiy viloyat DSENM
/ / Gripp kasalligiga beparvo bo‘lmang!
/ / Gripp kasalligiga beparvo bo‘lmang!

    Gripp kasalligiga beparvo bo‘lmang!


    Gripp eng keng va tez tarqaladigan o‘tkir yukumli kasallik bo‘lib, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi. Bu kasallik uchun mavsumiylik xos bo‘lib, asosan kuz va qish oylarida ko‘p holatda ro‘yxatga olinadi. Gripp kasalligi ko‘rsatkichlarini mavsumiy ko‘tarilishi yilning noyabr - mart oylariga to‘g‘ri keladi.

    Gripp virusining A, V va S turlari mavjud. Kasallik manbai fakat bemor odam hisoblanadi. Kasallik atrofdagi sog‘lom odamlargaasosanhavo-tomchi yo‘li bilanbemoraksirganda, yo‘talganda, gaplashgandatez yuqadi. Havoda saqlanib turgan gripp virusi sog‘lom odamga tezda yuqadi. Kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lgunga qadar bir necha soatdan 3 kungacha vaqt o‘tadi. Kasallik to‘satdan, o‘tkir boshlanadi.Gripp kasalligiga barcha yoshdagilar moyil, ayniqsa zaif (nimjon, ya’ni immun xolati past) bolalar, keksa yoshdagi kishilar, xomilador ayollar hamda surunkali xastaliklari bo‘lganlarda ya’ni immuniteti past kishilarda tez rivojlanadi va og‘ir kechadi.Gripp nafas yo‘llarini yallig‘lanishi bilan boshlanib, keyinchanlik bemorda tana xarorati 38-40 darajagako‘tarilishi, bosh va tomoq og‘rishi, burun bitishi, burundan suyuklik ajralishi, yo‘tal, mushaklarda og‘riq, holsizlik, ishtahani buzilishi ba’zi hollarda qusish xolatlari kuzatiladi. Kasallik bemorlarda yengil, o‘rta va og‘ir shakllarda kechadi. Kasallikning eng xafli asoratlari o‘pka to‘qimalarini yallig‘lanishi pnevmoniya (zotiljam), meningit (miya pardasining yallig‘lanishi), meningoensefalit (miya pardasini va moddasining yallig‘lanishi), otit (o‘rta quloqning yallig‘lanishi, sinusit (burun yondosh bo‘shliklarning yallig‘lanishi), nefrit, pielonefrit (buyrakning yallig‘lanishi). Shuning uchun ham, xalq orasida grippning o‘zi emas, balki uning asoratlari yomon degan fikr bejiz aytilmagan. Ba’zida, ya’ni grippning yengil shakllari bilan og‘rigan bemorlar atrofdagilar uchun ko‘proq xavf tug‘diradi, chunki bunday bemorlar aksariyat hollarda uyida davolanmasdan, kasalligiga yetarli darajada e’tibor bermay, oyokda o‘tkazadilar. Ularni kasal holatida jamoat joylarda, barcha trasportlarda, o‘qish va ish joylarda uchratish mumkin.

    Grippni oldini olishda quyidagilarni tavsiya etamiz : - grippga qarshi emlanish

    mavsumga xos kiyinish

    o‘z vaqtida ovkatlanish va dam olish

    xonalarni

    vaqti-vaqti bilan shamollatib turish va kunda namli tazolov ishlarini o‘tkazish.

    ishlab chiqarish korxonalari, davolash profilaktika va o‘quv muassasalari, bolalar va qariyalar uylari, tashkilot va idoralarda hamda turar joy binolarida issiqlik rejimiga rioya qilish barcha xonalarning issiqlik harorati 22 darajadan past bo‘lmasligi

    kasallikni erta aniklash maksadida maktabgacha muassasalar, maktablarda kirish joylarida ertalabgi filtrni tashkil etishni va ertalabki filtrlar o‘tkazilishiga e’tibor qaratilishini,

    gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga xos bo‘lgan simptomlar aniqlangan shaxslarni jamoaga qo‘ymaslikni;

    gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga gumon kilingan bolalarni izolyatorga joylashtirish xamda ota-onasiga va xududiy poliklinikaga xabar berishni;

    ertalabgi filtr ishini amalga oshiradigan gripp va o‘tkir respirator kasalliklarga gumon kilinib izolyatorga yotkizilgan bemorlarni parvarish kiladigan xodimlarni respirator (nikoblar) bilan ta’minlanishini;

    o‘kuv-tarbiya muassasalarida tanaffus paytida shamollatish rejimini tashkil kilishni;

    maktabgacha tarbiya muassasalarida xar kuni bolalarni kamida 2 marotaba toza xavoga sayrga chikarishni;

    barcha o‘kuv-tarbiya muassasalarida sanitariya-targ‘ibot ishlarini olib borishni

    uyushgan jamoalarda konsert zallari kinoteatr, o‘quv va ish joylarda kuniga vaqti bilan 3-4 marotaba shamollatib turish, xonalarda dezinfeksiya moddalarini qo‘llangan holda namli tozalov ishlarini olib borishdir

    O‘zingiz va atrofdagilar sog‘lom bo‘lishini xoxlasangiz, gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga gumon qilinsa, darhol shifokorga murojat qiling va doimo quyidagilarga amal qiling:

    gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) bilan og‘rigan barcha bemorlar isitma davrida albatta yotishi va shifokorni uyiga chaqirishni

    Kasallikni oyokda o‘tkazmaslikni

    Shifokor maslahatlari va tavsiyalari asosida ish tutishni

    Agar bemor uy sharoitida davolansa, unga alohida xona, idish, sochiq, o‘rin-ko‘rpa ajratilib, kam harakat qilishni

    Bemorga qarayotganlar burun va og‘izlarini respirator yoki dokali niqob bilan to‘sishlari va qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvib turishlarini

    Bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, namli tazalov ishlarini amalga oshirishni

    Bemorlar ko‘proq suyuqlik — quruq mevalar qaynatmasi, meva sharbatlarini ichirish hamda oson hazm bo‘ladigan oqsil va vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qilinishi tavsiya etiladi

    kasallangan davrda jamoat joylariga (ishxonaga, o‘qishga, kinoteatlarga, konsert zallariga, yig‘ilishlarga, mehmonga) bormaslikni

    yo‘talganda va aksirganda og‘iz-burninni ro‘molcha bilan yopishni

    o‘zboshimchalik bilan davolanish kasallikning og‘ir asoratlarga olib kelishini unutmaslikni!

    Kasallikni oldini olishda tanani chiniqtirish, badantarbiya bilan muntazam shug‘ullanish, ochiq havoda yurish, o‘z vaqtida ovkatlanish alohida ahamiyatga ega. Ko‘prok sovuq kunlarda issiq kiyinish, albatta bosh kiyim kiyish, oyoqlarni issiq bo‘lishi muhimdir. Kasallik avj olgan paytda (dekabr, yanvar, fevral) oylarida nafaqat epidemik jihatdan muxim bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar ishchi-xizmatchilariga balki barcha fuqoralarimizga niqob taqish tavsiya etiladi.

    Kasallik qanday bo‘lishidan qat’i nazar, inson salomatligi va turmush farovonligiga jiddiy putur yetkazadi. Shu bois, sog‘ligimizga bo‘lgan mas’uliyatni chuqur his qilgan holda, mavsumiy kasalliklardan ehtiyot bo‘laylik. Unutmang, kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79)2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz; nvi.vil.dsenm@minzdrav.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish