Tariximizdagi buyuk va shonli sana - Vatanimiz Mustaqilligining 30 yillik bayramini viloyatimiz ahli ham ko‘tarinki ruhda kutib oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bayram munosabati bilan viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasining birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan turli tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, hozirgi vaqtda nafaqalik gashtini surayotgan mehnat faxriylari holidan xabar olindi.