Vatanimiz Mustaqilligining 30 yillik bayramini viloyatimiz ahli ko‘tarinki ruhda kutib oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bayram munosabati bilan viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasining birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan turli tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, Xatirchi tuman SEOvaJS bo‘limi xodimlari bayram kunlarida ichki turizm sifatida Samarqand viloyatiga, Navoiy shahar SEOvaJS bo‘limi xodimlari esa Buxoro viloyatining ziyoratgoh joylariga tashrif buyurdilar. Zero xalqimiz bejizga aytmagan "Yaxshi dam, mehnatga hamdam" deb.