2022 yil 29 mart kuni viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining "Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar (zilzila)da harakatlari" mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqida jami 73 nafar xodimlar va 8 ta texnika ishtirok etdi.
O‘quv mashqi 2-bosqichda o‘tkazildi.
1-bosqichda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi fuqaro muhofazasi tuzilmalariga xabar berildi hamda tuzilmalar yoyildi, saf ko‘rigi o‘tkazildi, ularning asbob-anjomlar bilan ta’minlanganlik holati tekshirildi va tegishli topshiriqlar berildi.
2-bosqichda tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarda Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tarkibidagi fuqaro muhofazasi tuzilmalarining qutqaruv otryadi shaxsiy tarkibi harakatlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha bilimlarini oshirish va ularda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida qutqaruv yordam otryadi mutaxassislarining zilzila oqibatida bino ichida qolib ketgan ishchi-xodimlarni aniqlash, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va bino ichidan olib chiqilib, belgilangan shifoxonalarga evakuatsiya qilish amalda ko‘rsatib berildi.