9-may "Xotira va qadrlash kuni" bayram munosabati bilan Navoiy viloyati Navbahor tuman markazida joylashgan "Xotira va qadrlash" maydonida tadbir tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi L.Oblaqulov, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot, korxona, muassasa xodimlari, yoshlar. nuroniy otaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi.
Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining «Assalom, Yangi Kun!» dasturida Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri Ravshan Ergashev bilan "Aholi o‘rtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olish” mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi.