Navoiy shahridagi "Kamilla” mehmonxonasida 13-14 sentabr kunlari viloyatimizdagi shahar va tuman tibbiyot birlashmalari bosh immunologi, pediatrlari hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi epidemiologlari ishtirokida 5-11 yoshdagi bolalarni "Pfeyzer” vaksinasi bilan xavfsiz emlashni tashkil etish bo‘yicha seminar yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminar yig‘ilishidan ko‘zlangan maqsad,bugungi kunda koronavirus infeksiyasi mutatsiyaga uchrab shtammlarinig o‘zgarishi natijasida bolalar o‘rtasida ham koronavirus kasalligi ko‘p qayd etilmoqda. Shu sababdan JSSTashkilotining tavsiyasi, SSVazirliginig ko‘rsatmasiga asosan bolalarda ushbu kasallikni kamaytirish, oldini olish maqsadida, aynan bolalar uchun COVID-19 vaksinasi kirib keldi va bu vaksinani bolalarda xavfsiz emlash ishlarini amalga oshirish uchun barcha tibbiyot xodimlari o‘rtasida tayyorgarlik tadbirlari olib borilmoqda.