Navoiy viloyat DSENM
/ / Ich ketishi (diareya): kasalligidan saqlaning!
/ / Ich ketishi (diareya): kasalligidan saqlaning!

    Ich ketishi (diareya): kasalligidan saqlaning!


     

    Diareya bu oshqozon-ichak kasalliklarida eng kop uchraydigan belgi hisoblanadi. Bir yoshdan katta bolalarda va kattalarda axlatning sutkasiga 3 martadan kop kelishi va suyuq kelishi diareya kasalligi hisoblanadi. Diareya kasalligida qorinda ogriq va noxush his bilan birga kuzatilishi mumkin. Bir yoshgacha bolgan ona suti bilan oziqlanadigan bolalarda odatda axlat kelishi necha mahal emizishga bogliq boladi, shuning uchun ularda axlat kelish muddati va axlat konsistensiyasi odatdagidan ozgarishiga qarab diareya deb xulosa qilinadi. Shuni etiborga olish kerakki diareya bu kasallik emas, balki kasallikning bir belgisidir. Qaysi kasallik sababli diareya kelib chiqqanligiga qarab kongil aynishi, qayt qilish, tana haroratini kotarilishi kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin.

    Diareya sabablari

    Kattalarda diareya kelib chiqishi sabablari juda kop, lekin asosiy sabab infeksiyadir. Bu yerga iflos qol diareyasi, sayyox diareyasi, otkir respirator kasallikka bogliq diareyalarni qoshish mumkin. Diareyani davolashda odatda muammo bolmaydi, bu albatta davo choralari va dori-darmonni togri tanlashga bogliq.

    Diareyani kop uchrashi asosiy sabablaridan yana biri bakteriyalardir. Infeksion diareya uchun mavsumiylik xosdir. Kasallik avjiga chiqish oylari may-sentabr oylariga togri keladi. Bu yoz oylarida pishgan meva va sabzavotlarni yaxshi yuvmasdan istemol qilish, ochiq suv havzalarida chomilish shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmasligi orqali infeksiya yuqtirib olishga bogliq.

    Diareya organizmga qanday xavf tugdiradi?

    Patogen mikroorganizmlar oshqozon-ichak yoliga tushgach tezda kopaya boshlaydi. Ular hayot faoliyati davomida ichak shilliq qavatini yalliglantiruvchi, suv va ozuqa moddalarsorilishiga tosqinlik qiluvchi zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Shuningdek, patogen mikroblar organizmda ichak sogligini va mahalliy immunitetini taminlovchi, foydali bolgan bakteriyalar (normal flora)ni kuchsizlanib ketishiga olib keladi. Bular kasallikni yanada ogir kechishiga sabab boladi. Shuning uchun infeksion diareyada asosiy asoratlar quyidagilar:

    Suvsizlanish;

    Elektrolitlar yoqotilishi (tuzsizlanish);

    Otkir ozuqa yetishmovchiligi;

    Diareya bartaraf etilgandan keyin ichaklar normal funksiyasini buzilishi.

    Epidemiologiyasi. Kasallik manbai ushbu kasallikning otkir davrida bemor, rekonvalessent yoki bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. Kasallikning yuqumlilik davri 5-7 kunni tashkil etadi.

    Yuqish mexanizmi - fekaloral, yani ogiz orqalidir.

    Yuqish omillari oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik maishiy buyumlar, bolalarni parvarish qilish vaqtida qol maishiy va turmush buyumlari (onalar, bolalar muassasalari va shifoxona xodimlari qollari) kiradi.

    PROFILAKTIKASI

    Ovqatdan oldin qollarni sovunlab tozalab yuvish;

    Qaynatilmagan suvni ichmaslik;

    Eski va muddati otgan oziq-ovqat mahsulotlarni istemol qilmaslik;

    Sabzavot va mevalarni istemol qilish va ovqatga ishlatishdan oldin tozalab issiq suvda yuvish;

    Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish;

    Ochiq suv havzalarida chomilmaslik.

    Profilaktika sifatida tabiiy sorbentlar, masalan, Filtrum preparatini kurs tariqasida qabul qilish mumkin. Shuningdek, uy dori qutisida ehtimoliy diareyadan himoyalanish sifatida, mazkur dori vositasini doim saqlash foydadan xoli emas. Salomatlik haqida vaqtincha qaygurib hamda shaxsiy gigiena talablariga doimo rioya etib, har qanday kishi turli noxush holatlar, masalan, diareyadan ozi va oila azolarini ishonchli himoya qila oladi.

    Davolash

    Bolalarda eng katta havf tugdiruvchi asorat bu suv-elektrolit balansi buzilishidir. Suv-elektrolit balansi buzilishi natijasida barcha azo va toqimalar ishi buziladi. Shuning uchun bemorga elektrolitga boy suvni kop miqdorda ichish tavsiya etiladi. Regidratatsion suyuqlik tayyorlash uchun kukunni dorixonadan sotib olish mumkin. Yoki uyda tayyorlash ham mumkin. Buning uchun qaynatilgan 1 litr suvga bir choy qoshiq tuz va 8 choy qoshiq shakar solib tayyorlanadi.

    Ichaklar faoliyatini buzilishini davolashda bir necha guruhga kiruvchi dori vositalari birga qollaniladi.

    Diareyani davolashda ekobiotik juda yaxshi samara beradi. Ekobiotik tarkibida laktuloza va rux (sink) bor.

    Laktuloza bu yaxshi organilgan prebiotiklik xususiyati kuchli moddadir. Laktuloza organizm uchun foydali bolgan lakto- va bifidobakteriyalar rivojlanishi va kopayishini taminlaydi, ularga bevosita ozuqa modda bolib xizmat qiladi va yashashi uchun qulay muhit yaratadi. Soglom mikroflorani tiklanishi patogen bakteriyalar osishini toxtatadi va ular ajratayotgan endotoksin miqdorini kamaytiradi. Normal mikroflora tiklanishi hisobiga har xil patogen mikroblardan himoya qiluvchi mahalliy immunitet mustahkamlanadi.

    Sink (rux) esa bevosita bakteriostatik tasir qiladi. Ichak shilliq qavati regeneratsiyasini kuchaytiradi. Enterotsitlar kiprikchalarini aktivligini oshiradi.

    Enterosorbentlar buyurilishi ham yaxshi samara beradi.Enterosorbentlar oziga patogen bakteriyalar hayoti davomida hosil bolgantoksinlar va gazlarni oziga yutib bemor ahvoli yaxshilanishiga yordam beradi.

    Agar bemorda intoksikatsiya belgilar (isitma, holsizlik, kongil aynishi, qayt qilish) kuchli bolsa davoga qoshimcha antibiotiklar ham beriladi.

     

    Agar, Sizda diareya alomatlari aniqlansa zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat eting?

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79) 2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: navdsenm@exat.uz; nv.vil.dsenm@ssv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 2203016

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish