Navoiy viloyat DSENM
/ / 28 sentyabr Butunjahon quturishga qarshi kurash kuni!
/ / 28 sentyabr Butunjahon quturishga qarshi kurash kuni!

    28 sentyabr Butunjahon quturishga qarshi kurash kuni!


     

     

    Quturish bedavo dard ekanligini bir lahza ham unutmaylik!

    Quturish barcha issiqqonli hayvonlarda va odamlarda uchraydigan bedavo ota xavfli yuqumli kasallikdir. Ushbu kasallik odamlarga asosan quturgan itlar va mushuklarning, shuningdek yovvoyi hayvonlarning (bori, chiyabori, tulki va boshqalar) tishlashi (tirnashi, solaklashi) natijasida xayvonlarning solagi orkali odamlarga yukadi. Kasallikni kozgatuvchi virus quturgan xayvonlar solagida boladi.

    Respublikamizda odam uchun kasallikning yetakchi manbai itlar hisoblanadi. Oxirgi yillarda quturish kasalligiga chalingan odamlarning 95 foizida itlar va 5 foizida esa boshqa hayvonlar kasallik manbai bolgan. Kasallik hayvonlardan hayvonlarga va hayvonlardan odamlarga yuqadi. Quturish odamdan odamga va odamlardan hayvonlarga yuqmaydi. Quturgan itda kasallik alomatlari royobga chiqishidan 10 kun oldin, yani kasallik yashirin davrining oxirgi 10 kunida hamda kasallik boshlanganidan toki olgunga qadar yuqumli hisoblanadi. Bugungi kungacha quturish kasalligining davolash usullari ishlab chiqilmagan. Quturish kasalligi juda ogir kechib, kasallik 100 foiz olim bilan tugaydi. Quturish kasalligida qiynoqli va dahshatli olim qayd etiladi.

    Bu togrida mashhur rus olimi Danilo Samoylovich quyidagicha fikr bildirgan "insoniyat dunyoga kelibdiki, qanchadan-qancha kasalliklarni boshidan kechirgan va korgan, ammo quturish kasalligiga mubtalo bolgan bemor ahvolini korishdan ortiq qorqinchli va dahshatliroq holat bolmasa kerak". Shuningdek rus yozuvchisi Anton Chexov quturish kasalligiga duchor bolgan nabirasini kuzatib, uni juda qiynalib jon berganini korgach, "Bir haftacha ozimga kelolmadim, telbanoma bolib yurdim, shundan keyin, dunyodagi barcha itlardan ham, itboqarlardan ham konglim qolib ketdi" degan sozlarni oz esdaliklarida yozib qoldirgan.

    Tib ilmining sultoni Ibn Sino ozining "Tib qonunlari" asarida suvdan qorqa boshlagach birorta ham bemorni davolash yoli bilan olimdan olib qolib bolmasligini takidlagan, bu kasallikda boshqa yuqumli kasalliklarda kuzatilmaydigan suvdan qorqish, havodan qorqish kabi kasallik alomatlari kuzatiladi va bemor juda qiynalib vafot etadi. Otmishda bu kasallikka "suvdan qorqish", yani gidrofobiya deb bejiz nom berilmagan.

    Haqiqatdan ham quturish bilan hayvon kasallanadimi yoki odam kasallanadimi, yakuni aniq-dahshatli olim.

    Shu bois ham biz kasallikni davolashni emas, balki uni oldini olishni oylashimiz kerak.

    Quturish kasalligining oldini olish bilan nafaqat veterinariya va tibbiyot sohalari xodimlari, balki barchamiz, har birimiz shugullanishimiz kerak va shart.

    Quturish kasalligining oldini olishda, hayvonlarni, ayniqsa itlarni saqlash qoidalariga rioya qilish, odamlarda quturish kasalligining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ming afsus bilan takidlash joizki, aksariyat fuqarolarimiz it saqlash qoidalariga rioya qilishmaydi, itlarini oz vaqtida veterinariya korigidan otkazib, quturish kasalligiga qarshi emlatishmaydi.

    Itlar tishlashidan jabr tortayotganlarning 80 foizidan koprogi aynan egali itlarga togri kelayotganligi ham fuqarolarimizning it saqlash qoidalariga rioya qilmayotganliklaridan dalolat beradi.

    Bazi fuqarolar uylaridagi iti kasal bolsa yoki uni boqa olmasa, yoki bolmasa biror bir kishini tishlasa, itlarini kochaga haydashadi yoki yashab turgan joyidan uzoqroq joyga itni adashtirib keladi. Shundan keyin bu itlar qarovsiz, daydi itlarga aylanib qoladi. Bu daydi itlar esa quturish kasalligining asosiy manbai sifatida atrofdagilarga juda katta xavf tugdiradi.

    Hozirgi kunda ayniqsa qishloqlarda belgisi bor va egasi kalta ipda itini sayr kildirib yurgan fuqaroni kuzatish amri mahol. Itlar aksariyat xonadonlarda bogliqsiz yurishadi, ularning egalari bir aylanib kelsin deb tunda kochaga ham chiqarib yuborishadi.

    "Tishlanish"larni 50 foizdan ortigi bolalarga va osmirlarga togri keladi. Ota-onalar bolalarini itlar bilan, ayniqsa kochadagi daydi qarovsiz itlar bilan uynashlariga, ularni uyga olib kelishlariga zinhor yol qoymasliklari kerak, zero etiborsizlik va loqaydsizlik songi pushaymonga aylanmasin.

    Kochadagi qarovsiz, daydi itlar odamlar uchun quturish kasalligining asosiy manbai ekanligini unutmasligimiz kerak. Hadis va Hayot kitobining 11-juzida "Kim ov iti, chorva iti va ziroat iti bolmagan itni ushlab tursa, albatta, uning ajridan har kuni ikki qiyrat noqis boladi" deyilgan.

    Islomda it bokishga uchta sabab tufayli ruxsat berilgan:

    Ov uchun it boqsa boladi.

    Ekinzorlarni koriqlash uchun it boqsa boladi.

    Qoy va boshqa hayvonlarni qoriqlash uchun it boqsa boladi.

    Boshqa maqsadlarda it ushlab turish shariatga xilof sanaladi.

    Odamni it tishlaganida odam nafaqat jismoniy, moddiy va manaviy zararlar koradi, balki eng yomoni bu holat olim bilan tugaydigan quturish kasalligining yuqish xavfini tugdiradi.

    Bu bedavo quturish kasalligidan saqlanish uchun nimalar qilish kerak?

    Javob oddiy, faqat har bir fuqaro quturish kasalligining oldini olish boyicha qoyidagi "Oltin qoidalar"ga amal qilsa bas:

    it saqlash qoidalariga puxta va muntazam amal qilish;

    itlarni hududiy veterinariya xizmatiga oz vaqtida hisobga qoyib, quturishga qarshi emlatish;

    egasiz, daydi itlarni paydo bolishiga yol qoymaslik;

    imkoni boricha it va boshqa hayvonlar tishlashidan saqlanish choralarini korish;

    bordi-yu biror bir hayvon tishlasa, u zudlik bilan tibbiy
    yordamga murojat etishi va mutaxassis vrachning tavsiyasiga kora quturish kasalligiga karshi emlatish.

     

    Yuqorida zikr etilgan tavsiyalarga amal qilingan taqdirdagina, biz daxshatli ota xavfli yukumli kasallik hisoblangan quturish kasalligidan ozimizni asragan bolamiz.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79) 2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: navdsenm@exat.uz; nv.vil.dsenm@ssv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 2203016

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish