Navoiy viloyat DSENM
/ / Gripp kasalligini davolash va oldini olish
/ / Gripp kasalligini davolash va oldini olish

    Gripp kasalligini davolash va oldini olish


    Gripp- [frans. grippe], inflyuensa keng tarqalgan otkir yuqumli kasallik. Yaqqol intoksikatsiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir tizimi faoliyati buziladi. Grippni viruslar kozgatadi; ularning A, Ap,A2, B, S turlari malum. Viruslar vaqti-vaqti bilan antigen tuzilishini ozgartirib turadi. Jumladan, A turining ozida antigen xususiyatiga qarab A (H1N1), A (H1N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Ozbekistonda, asosan, A, ayrim hollarda, B turi uchraydi.

    Gripp viruslari juda beqaror; xona sharoitida bir necha soatdan song yuqish ehtimoli yoqoladi, quyosh nuri tasirida tez nobud boladi. Past haroratda, ayniqsa, havo harorati 0 dan past bolganda virus uzoq saqlanadi. Shu sababli gripp kasalligi sovuq mavsumda koproq kuzatiladi. Dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin, xlorli ohak eritmalari, formalin, kislota va ishqorlar) tasirida viruslar tez nobud boladi. Isiriq tutuni ham gripp virularini oldiradi.

    Gripp butun dunyoga tarqalgan, har 2-3 y. da bu kasallik epidemiyasi qayd etiladi. Infeksiya manbai bemor, u aksirganida, yotalganida, gaplashganida virus havo zarrachalari va solak tomchilri bilan atrof muhitga tarqaladi. Ayniqsa, kasallikning dastlabki kunlarida virus bemor organizmidan koplab ajralib yaqin atrofdagi odamlarga nafas yollari orqali tushadi.

    Aholining barcha tabaqalari (bolalar va keksalar ham) bu kasallikka moyil. Nimjon, turli xastaliklarga chalingan odamlarga gripp tez yuqadi. Jismonan baquvvat, chiniqqan odamlarda kasallik kam kuzatiladi.

    Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri juda qisqa bir necha soatdan 1-2 kungacha. Kasallik tosatdan boshlanadi.

    Soglom yurgan odam birdan mazasi qochib eti uvishadi, lohas boladi, harorati kotarila boshlaydi. Oradan 1-2 soat otgach, kasallikning asosiy alomatlari namoyon boladi. Isitma qisqa vaqt ichida 39 40 gacha kotariladi, bemor junjikib, sovqotadi, qaltiraydi. Harorat kotarilib bolgach, bemorning badani qiziydi, betoqat boladi. Azoi badani, boshi, qol-oyoq mushaklari zirqirab ogriydi.

    Ayniqsa, peshona va chakka sohasida ogriq kuchli boladi. Bazan bemorning boshi aylanib, kozi tinadi. Koz yoshlanadi, qizarib ketadi. Burun bitib qoladi, nafas olish qiyinlashadi, tomogi ogriydi, ogzi qaqraydi, quruq yotal paydo boladi. Gripp yengil, ortacha va juda ogir otadi. Kasallik ogirroq kechganda kongil aynishi, qusish, burun qonashi ham mumkin.

    Gripp keksalar va bolalarda ancha ogir kechadi, organizmda ilgaridan mavjud bolgan surunkali kasalliklar, odatda, zorayadi, bazan boshqa kasalliklar zotiljam qoshiladi. Kasallikdan keyin opka shamollashi, buyrak, miya pardalari nerv tugunlari va tolalarining yalliglanishi kabi asoratlar kuzatiladi.

    Davolash.

    Gripp bilan ogrigan bemorni kasalxonaga yotqizish shart emas, uyda alohida xonada yotgani maqul. Faqat kasallik ogir kechgan hollarda bemor kasalxonaga yotqiziladi. Kasallikning ogir-yengil otishidan qatiy nazar, bemor yotishi lozim. Viruslarga tasir etuvchi remantadin, interferon kabi dorilar faqat dastlabki kunlarda qollanilsa yaxshi naf beradi. Shirchoy, limonli murabbo (ayniqsa, malina, smorodinali), qatiq, qokurum ichib terlash bemor ahvolini yaxshilaydi. Shifokor tavsiyasi bilan ogriq qoldiruvchi dorilar va antibiotiklar tavsiya etiladi.

    Oldini olish.

    Gripp tarqalish ehtimoli bolgan kezlari maxsus profilaktika maqsadida virusga qarshi vaksina bilan emlash otkaziladi. Asosan, bolalar va keksa yoshdagilar aylanadi; vaksina burunga tomiziladi. Grippga qarshi gammagloblin qilinadi. Burunga profilaktika maqsadida interferon tomizib turish, oksolin moyi surtish, bemor bor xonada isiriq tugatib turish maqsadga muvofiq.

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(79) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (79) 2203015,
Faks: (79) 2203016; (79) 2203499
Ishonch telefoni: (79) 2203015
Elektron pochta: navdsenm@exat.uz; nv.vil.dsenm@ssv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (79) 2203016

KO`P KO`RILGAN
VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish