Aholi salomatligini mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida botulizm hamda turli ko‘rinishdagi ovqatdan zaharlanish kabi holatlarning kelib chiqishining oldini olish borasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati Navoiy shahar bo‘limi mutaxassislari hamda jamoatchilik hamkorligida Navoiy shahridagi ayrim savdo nuqtalarida sotilayotgan oziq-ovqatlarning sifati va xavfsizligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.