Aziz va qadrli hamkasblar!
Barchangizni uyg‘onish va yasharish, poklanish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Nafosat fasli odamlar qalbida sof va huzurbaxsh tuyg‘ularni uyg‘otib, yashash va yaratishga ruhlantirmoqda.
Xalqimizda «Tinch yurtga bayramlar, to‘ylar yarashadi» degan hikmatli ibora bor. Maftunkor bahor fasli ajoyib bayramlari bilan ham ajralib turadi. Ayniqsa, sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy udumimiz–Navro‘zi olam o‘ziga xos beqiyos jihatlariga ega. Navro‘z tinchlik, totuvlik, bag‘rikenglik, qut-baraka timsoli, mehr-muhabbat ayyomidir. Asl milliy bayramimizda xalqimizning qadimiy urf odatlari, an’analari, umrboqiy qadriyatlari o‘z ifodasini topgan. Necha ming yillar davomida azaliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etib, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan Navro‘zning istiqlol yillaridagi o‘rni va mohiyati oshib bormoqda. Xalqimiz uchun tabiat uyg‘onishi, sharqona yangi yilning boshlanishi, asl milliy, eng ardoqli bayram bo‘lmish Navro‘z ayyomini yurtimizning barcha hudud va mintaqalarida har tomonlama chuqur tayyorgarlik bilan kutib olish va nishonlash ezgu, bir so‘z bilan aytganda, tabiiy an’anaga aylanib qoldi. Umumxalq bayrami tarixining uch ming yilliklar bilan bog‘lanishi Sharq xalqlari dunyo tamaddunida katta o‘rin va mavqega ega ekanligidan nishona sifatida har birimizning qalbimizda faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Aziz hamkasblar!
Sizlarni Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan yana bir bor qutlayman. Barchalaringizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, farovonlik tilayman. Bahor bayramingiz muborak bo‘lsin!
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi qo‘mitasining