Navoiy viloyat DSENM
/ / Epidemiologik barqarorlik taminlanmoqda
/ / Epidemiologik barqarorlik taminlanmoqda

    Epidemiologik barqarorlik taminlanmoqda


    Jahon sogliqni saqlash tashkiloti va Hayvonlar sogligini himoya qilish xalqaro tashkiloti malumotlariga kora, ayrim mamlakatlarda bir qator xavfli yuqumli kasalliklar, xususan, kuydirgi, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi boyicha vaziyat murakkab bolib turibdi. 

    Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda sanitariya-epidemiologiya muhiti barqarorligini taminlash, yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilayotgan doimiy etibor aholi salomatligini asrashda muhim omil bolayotir. Ayni kunlarda bu yonalishdagi chora-tadbirlar yanada kuchaytirilmoqda. 

    Ozbekiston Respublikasi sogliqni saqlash vazirining orinbosari, bosh davlat sanitariya vrachi Saidmurod Saidaliyev bu xususda OzA muxbiriga quyidagilarni sozlab berdi: 


    Mamlakatimizda sanitariya-epidemiologiya xizmatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etishga qaratilayotgan doimiy etibor epidemiologik barqarorlikni saqlash va yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim omil bolayotir. 

    Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya sohasi mutaxassislari, jamoat tuzilmalari ishtirokida profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar rejasi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda joylardagi sanitariya nazorati, veterinariya punktlari faoliyatini yanada takomillashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini qatiy nazoratga olishga alohida etibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy ishlar natijasida kuydirgi kasalligi va boshqa xavfli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi tabiiy ochoqlar ustidan doimiy laboratoriya monitoringi yuritilmoqda. 

    Bu yil qish odatdagidan ancha iliq keldi. Bu xavfli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi hasharotlarning kopayishiga zamin yaratdi. Bunday vaziyatda ushbu hasharotlar yashaydigan hududlarda kuzatuv, monitoring nazorat ishlarini kuchaytirish, dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya ishlarini tizimli asosda tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Olimlar va mutaxassislar arbovirusli infeksiyalarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, epizootologiyasini organish yuzasidan ilmiy izlanish olib bormoqda. 

    Aytish joizki, kuydirgi va Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qozgatuvchilarining asosiy manbalari chorva mollari hisoblanadi. Shu bois profilaktika chora-tadbirlarini avvalo chorva mollari ortasida otkazish, veterinariya punktlari va laboratoriyalarining salohiyatini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Ana shu vazifalarni bajarish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir. Chorva mollarini oz vaqtida veterinariya korigidan otkazish, yuqumli kasalliklarga qarshi emlash yolga qoyilgan. Mol soyiladigan zamonaviy kushxonalar, maydonchalar barpo etilib, ular zarur vositalar bilan jihozlangan. Sifatli gosht va gosht mahsulotlarini ishlab chiqarish, istemolchiga sanitariya talablariga mos holda yetkazish tizimi shakllangan. 

    Kuydirgi va boshqa xavfli yuqumli kasalliklarning insonlar orasida uchrashining oldini olish borasida sanitariya-epidemiologiya sohasi va tibbiyot xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilayotir. Chegara hududlarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorati punktlarida chetdan kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar tibbiy korikdan otkazilmoqda. Tibbiyot xodimlari hushyorligini oshirish maqsadida joylarda malaka oshirish mashgulotlari, seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Bu jarayonda kasallikning etiologiyasi, epidemiologiyasi, diagnostikasi, klinikasi, profilaktika va davolashning samarali usullari yuzasidan tajriba almashilmoqda. 

    Ilmiy manbalarda kuydirgi kasalligi bakteriyasining sporali shakli tashqi muhitga ota chidamli ekani qayd etilgan. Olimlar uning uzoq yillargacha tuproqda tirik saqlanish xususiyati borligini aniqlagan. Hayvonlar kasallikni tuproqda yotgan ana shu sporalar orqali yuqtiradi. Qrim-Kongo gemorragik isitmasi chorva mollarida uchraydigan kanalar orqali tarqaladi. 

    Bunday kasalliklar odamlarga yuqqanda, yashirin davri bir necha kungacha davom etadi. Kuydirgida badanda yara paydo boladi. Qrim-Kongo gemorragik isitmasida harorat kotarilib, badanga toshmalar toshadi, zaharlanish alomatlari namoyon boladi, qon ketadi. Bunday holatlarda zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qilish zarur. Uyda ozi bilganicha davolanish ogir asoratlarga olib kelishi mumkin. Shifoxonalarda bunday xastaliklarni barvaqt aniqlash va samarali davolash uchun barcha sharoit yaratilgan.

    Bunday muammolar kelib chiqishining oldini olish har bir insondan tibbiy madaniyat va oz salomatligiga etiborli bolishni talab etadi. Buning uchun soglom turmush tarziga, sanitariya-gigiyena qoidalariga tola rioya etish lozim. Uylarda qoramol boqishda molxonalarni toza tutish, gong va boshqa chiqindilarning yigilib qolishi oqibatida turli infeksiyalarning paydo bolishiga yol qoymaslik hamda dezinfeksiya, dezinseksiya tadbirlarini otkazish, hayvonlarni yiliga bir marotaba kuydirgi kasalligiga qarshi profilaktik emlatish, hayvonlarda biror-bir kasallik alomatlari kuzatilganda darhol hududiy veterinariya xizmatiga murojaat etish darkor. 

    Bugungi kunda aholiga bu borada qulaylik yaratish va epidemiyaga qarshi tadbirlarni oz vaqtida tashkil etish maqsadida tumanlarda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya xodimlari, shifokorlar, mahalla faollari hamkorligida maxsus guruhlar tuzilib, ular xonadonlarda chorva mollarini korikdan otkazish, hududlarda sanitariya-epidemiologiya holatini barqaror saqlash boyicha ish olib bormoqda. 

    Aholining tibbiy madaniyatini va hushyorligini oshirish maqsadida mahallalarda tibbiy targibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Mobil telefonlarga ota xavfli yuqumli kasalliklardan himoyalanish boyicha sms-xabar jonatish yolga qoyildi. Ommaviy axborot vositalarida mutaxassislarning chiqishlari, maxsus korsatuv, eshittirishlar tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlardan kozlangan maqsad yuqumli kasalliklar boyicha malumot berish, epidemiologik barqarorlikni taminlash, pirovard natijada inson salomatligini asrashdir. Bu borada yaratilayotgan zamonaviy sharoitlardan oqilona foydalanish, mamlakatimizda sanitariya-epidemiologiya holati barqarorligini taminlashga hissa qoshish har birimizning burchimizdir. Binobarin, hech qanday xavotirga orin yoq. 
    :Uza.uz

    print

    O`xshash maqolalar

ISHONCH TELEFONI

(0-436) 220-30-15
Manzil: Navoiy shahar, Navoiy ko`chasi, 8-uy.
Pochta indeksi: 210100
Ish vaqti: 08:00 - 17:00
Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo`limi: 08:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
Aloqa raqami: (0-436)2203015,
Faks: (0-436) 2203016; (0-436) 2203499
Ishonch telefoni: (0-436) 2203015
Elektron pochta: dsenm@nv.uz
Qabul kunlari: har haftaning chorshanba va shanba kuni 10:00 dan 12:00 gacha
Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Zarifa K. Boboyeva, tel.: (0-436) 220-30-16

KO`P KO`RILGAN
26 sentyabr

25 sentyabr

. . .

VIDEOLAVHALAR
MA`LUMOTLAR ARXIVI
Navoiy viloyati DSENM ishini qanday baholaysiz?
Ovoz berish

MAXSUS IMKONIYATLAR

eye

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish